Fidokorlar milliy-demokratik partiyasidir.
U mazkur partiyaning 1998-yil 28-dekabrda bo„lib o„tgan 1-ta‟sis Qurultoyida
tuzilgan. Ushbu Qurultoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilingan. Unga
O„zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan siyosiy partiya sifatida ro„yxatga
olinganligi to„g„risida 1999-yil 4-yanvar kuni 354-raqamli guvohnoma berilgan.
«Partiyaning vujudga kelishi va faoliyat ko„rsatishidan bosh maqsad –
deb
ta‟kidlanadi partiya Nizomida
– partiya dasturida belgilanganidek, ko„p ukladli
iqtisodiyotga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan fuqarolik
jamiyatini qurish jarayoniga hamda unga xizmat qiladigan demokratik-huquqiy
davlatni barpo etish ishiga amaliy hissa qo„shishdir»
. Ushbu bosh maqsadni
ro„yobga chiqarish uchun hozirgi vaqtda joylarda mazkur partiyaning 2000
boshlang„ich hududiy tashkilotlari, 202 ta tuman va shahar partiya tashkilotlari hamda
14 viloyat maqomiga ega partiya tashkilotlari faoliyat ko„rsatayapti. Partiyaning
«Fidokor» nomli ijtimoiy-siyosiy gazetasi mavjud.
1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
saylangan deputatlardan 34 nafari Fidokorlar milliy demokratik partiyasi a‟zolaridir.
2000-yil 9-yanvar kuni bo„lib o„tgan Prezident saylovida Islom Abdug„aniyevich
Karimovning O„zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi ham aynan
Fidokorlar milliy-demokratik partiyasidan ko„rsatildi. Ma‟lumki, O„zbekiston Xalq
demokratik partiyasi ham o„z vakili Abdulhafiz Marahimovich Jalolovni O„zbekiston
Respublikasi Prezidentligiga nomzod qilib ko„rsatgan edi. Xalqaro miqyosda umum
e‟tirof etilgan demokratik tamoyillarga to„liq rioya qilingan holda xorijiy va mahalliy
kuzatuvchilarning nazorati ostida odilona tarzda, muqobillik asosida o„tkazilgan
mazkur saylovda Fidokorlar partiyasidan ko„rsatilgan nomzod Islom Karimovning
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi respublika tarixida muhim voqea
158
bo„ldi. Bu bir tomondan, Fidokorlar milliy-demokratik partiyasining respublika
ijtimoiy-siyosiy hayotidagi nufuzi kun sayin oshib borayotganligini bildirsa, ikkinchi
tomondan, respublika mustaqilligining poydevori va ishonchli tayanchi hisoblanmish
yosh, iqtidorli kadrlarning siyosiy kuch sifatida birlashib, ko„pfikrlilik,
ko„ppartiyaviylik mavjud bo„lgan sharoitda xalqaro andozalarga mos keladigan
demokratik tamoyillarga to„liq rioya qilgan holda o„zining bosh maqsadini ro„yobga
chiqarishga, kelajagi buyuk davlat qurishga qodir ekanligidan dalolat beradi.
2000-yil 14-aprel kuni
Do'stlaringiz bilan baham: |