Huvaydoning yuqorida nomi tilga olingan devonining 174-175 sahifasida Huvaydoning tavallud topishi bilan bog‘liq quyidagi muhim ma’lumot berilgan ( bu ma’lumot devonni nashr etishga azmu qaror qilgan Huvaydoning o‘shlik chevarasi Salohiddin Soqib (1838-1910) tomonidan tuzilgan bo‘lsa, ajab emas). Unda shunday deyiladi: “Oftobi tobon, falaki hidoyat, mehtari vohid, duraxshon sipehri, jalolat va sarvari Hidoyatulloh Hojam, ya’ni janobi hazrati Ofoq Xojam nafasi mutabarruklari eshoni Huvaydo otalari Gʻoyibnazar so‘fiyg‘a joriy bo‘lib, bayt: - Huvaydoning yuqorida nomi tilga olingan devonining 174-175 sahifasida Huvaydoning tavallud topishi bilan bog‘liq quyidagi muhim ma’lumot berilgan ( bu ma’lumot devonni nashr etishga azmu qaror qilgan Huvaydoning o‘shlik chevarasi Salohiddin Soqib (1838-1910) tomonidan tuzilgan bo‘lsa, ajab emas). Unda shunday deyiladi: “Oftobi tobon, falaki hidoyat, mehtari vohid, duraxshon sipehri, jalolat va sarvari Hidoyatulloh Hojam, ya’ni janobi hazrati Ofoq Xojam nafasi mutabarruklari eshoni Huvaydo otalari Gʻoyibnazar so‘fiyg‘a joriy bo‘lib, bayt:
- Sening naslingdin aslo qutbu avtod o‘lmasun kanda,
- Charog‘ing o‘chmasun olamda to ro‘zi jazo so‘fim – deb holoti istig‘roqda joriy bo‘lib, sandin farzand tavallud qilsa, otini Xojamnazar qo‘y, mani nazrim andadur, deb iltifoti bag‘oyat qilib, ul janob o‘g‘ullari hazrati Xojam poshshoni nazar va nafaslarini topib, Huvaydo laqab bo‘lib, humoyun xosiyat fayzi inoyatlarini topkon sababdin fayzi suxanni Alloh taolo ato qildi”.
- Huvaydo so‘fiy Gʻoyibnazar eshon xonadonida voyaga yetdi. Avvalo, otasidan islom dini asoslarini, fiqh ilmini, hol ilmini chuqur o‘rgandi. Bu haqda shoirning o‘zi:
Ham o‘qub ilmu adab, bo‘ldum “Aqoyid”xoni ishq, - Ham o‘qub ilmu adab, bo‘ldum “Aqoyid”xoni ishq,
- Mushkilotu ilmi fiqhdin so‘rsalar berdim javob
deb yozdi. “Aqoyid” iymon haqidagi ilm bo‘lib, shoir bu yerda ilohiy ishq ilmini, ya’ni tasavvufni nazarda tutyapti. Tasavvuf tarixidan ma’lumki, so‘fiylar ilohiyot nazariyasini egallash, buning uchun madrasa ilmini egallash haqida qayg‘urgan emaslar. Tariqat yo‘liga kirish uchun tolib (so‘fiy)dan birinchi navbatda fiqh ilmini chuqur va puxta bilish talab etilgan. Buni ilmi qol, ya’ni zohiriy fiqh deyilgan. Ilmi hol esa tasavvuf ilmi bo‘lib, murid o‘z piri nazorati ostida tavhid kalomini zikr qilish orqali egallagan. Binobarin, Xojamnazarning otasidan tasavvuf ilmini egallaganligi, o‘zi mustaqil ravishda badiiy ijod sirlarini kashf etganligi shubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |