2013-yili V. Yanukovich Yevroittifoq bilan kelishuvni imzolashdan bosh tortishi siyosiy inqirozga sabab 2014-yil bo‘lib o‘tgan saylovlarda Pyotr Poroshenko Ukraina prezidenti
Qrim Avtonom respublikasi va Sevastopol shahri Rossiyaga qo‘shib
2014-yil sentabr oyida Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida Rossiya, Ukraina hamda Donetsk va Lugansk viloyatlari vakillari o‘rtasida harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Ammo
2015-yil yanvar oyining o‘rtalaridan janglar yana boshlanib ketdi. 2015-yil fevral oyida Germaniya, Fransiya, Rossiya va Ukraina davlat rahbarlari Minsk shahriga yig‘ilib, Ukraina sharqida harbiy mojaroni hal etish to‘g‘risida yangi kelishuv imzoladi (Minsk - 2). Ammo urush to‘xtamayapti.
2017-yil noyabr oyida artilleriyadan o‘zaro otishmalar yangidan boshlanib ketdi.
1930-yilda sodir bo’lgan voqealar?
1930-yili SSSRda majburiy boshlang‘ich ta’lim joriy qilindi.
1930-yili de Rivera iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Ispaniya.
1930-yili Argentinada harbiy to‘ntarish amalga oshirilib, Ipolito Irigoyenning ikkinchi hukumati ag‘darib tashlandi, hokimiyatga konservator guruhlar qaytdi.
1930-yilgi burjua inqilobi Braziliyada oligarxiya rejimini ag‘darib tashladi.
1930-yili O‘zbekistonda yalpi kollektivlashtiriladigan 19 ta tumanMarkaz tomonidan belgilab berildi.
1930-yil avgust oyida Samarqand shahrida O‘zbekiston SSR Maorif xalq komissarligida bir guruh rahbar xodimlar hibsga olindi. “Narkompros” ishida O‘zSSR Maorif xalq komissari Mannon Ramziy - Mannon Abdullayev uning o‘rinbosari Botu - Mahmud Hodiyev, shuningdek, Oltoy - Bois Qoriyev, Nodir Saidov va boshqalar bor edi. Ular maorif tizimini “millatchilik og‘usi” bilan zaharlaganlikda ayblanib, bu holat “maorif frontida qosimovchilikning namoyon bo‘lishi” deb qoralandi.
1930-yillarning oxiriga kelib Versal-Vashington tizimiga Yevropada hech bir davlat amal qilmay qo‘ydi.
1930-yillar oxiriga kelib rivojlangan mamlakatlar sanoatining katta qismi elektrlashtirildi.
1930-yili 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Fransiyada 1930-yili boshlandi. Shu yili ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari susayib, sanoat ishlab chiqarishi keskin pasayib ketdi. Metallurgiya, mashinasozlik, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoatida inqiroz yuz berdi.
1930-yillarning ikkinchi yarmida AQSH va uning ortidan butun kapitalistik dunyo iqtisodiy inqirozdan chiqib oldi.
1930-yil 20-sentyabrda POYTAXT Toshkent shahriga ko‘chirildi. O‘zbekiston SSR tashkil topgan paytda qisqa muddat (1925-yil fevral-aprel) davomida Buxoro shahri poytaxt bo‘ldi. So‘ngra 1925-yil apreldan 1930-yil sentyabrgacha Samarqand shahri O‘zbekiston SSR poytaxti sanalgan.