Soliqlarning ma’lum qismini yig‘ib olish huquqiga ega bo‘lgan.
X asrda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar in’om qilina boshlaydi. Bunday mulk “iqto”.
Iqto tarzida esa ayrim viloyat yoki shaharlar va tumanlar hadya etilgan. Iqto dastavval asosan oliy tabaqa zodagonlar: sulola a’zolari - amirzodalar va yirik mansabdorlarga in’om etilgan. Iqto mulklari avvalda bir umrga emas, balki ma’lum muddatga berilib, nasldan naslga o‘tkazilmagan. Iqtodorlar o‘ziga in’om qilingan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlarning ma’lum qismini yig‘ib olish huquqiga ega bo‘lganlar.
|
|
Arab xalifaligiga qarshi qo’zg’olonlarni moslashtiring?
|
720-yil Sug‘dda Qo‘zg‘olon boshlandi. Rahbari Sug‘d ixshidi G‘urak va Panjikent hokimi Divashtich. Sug‘dliklarga yordam berish uchun Yettisuvdan turk lashkarlari keladi.
769-783-yillarda Movarounnahrda “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tgan. Hoshim ibn Hakim.
747-749-yillarda Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olon Xuroson va Movarounnahrda bo‘lib o‘tdi. Qo‘zg‘olon natijasida xalifalikda umaviylar hokimiyatdan ag‘darilib, abbosiylar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi.
815-yilda Ozarbayjonda Bobak boshchiligidagi qo'zg'olon ham 20 yildan ortiq davom etadi. Tarixda «qizil ko'ylaklilar» nomini olgan bu qo'zg'olon qatnashchilarining shiori quyidagicha edi: «Qirq yil qul bo'lib yashagandan bir kun ozod bo’lib yashagan ma'qul».
|
|
Neolit davri kashfiyotlari????
|
O'rta Osiyoda neolit davri mld. Avv. 6-4-ming yilliklar
Ishlab chiqaruvchi xo'jalik - dehqonchilik va chorvachilikka o'ta boshlaydi - Qadimgi sharqning turli voyatlarida ishlab chiqaruvchi xo'jalik - dehqonchilik va chorvachilikka o'ta boshlaydi.
Chorvachilik va dehqonchilik neolit davrining eng katta ixtirosi
Arxeologlar neolit davri boshlanishini sopol idishlar yasashning kashf etilishi bilan belgilaydilar.
Toshga ishlov berishning oldin ma'lum bo'lmagan silliqlash va parmalash usullarini kashf qilishgan.
qabilalar o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar qura boshlaganlar.
paxsadan uylar qurila boshlangan.
Asta-sekin urug' jamoalarining manzilgohlari shakllanib borgan.
Kulolchilik, to'quvchilik neolit davrining muhim kashfiyot va ixtirolaridir.
Neolit davrining oxirida odamlar misdan foydalanishga, undan mehnat qurollari yasashga o'tishdi.
|
|
O‘rta Osiyodagi ilk ilmgoh – madrasa??? Farjak madrasasi.
|
Buxoro shahrida O‘rta Osiyodagi ilk ilmgoh - madrasa bunyod etiladi. Farjak madrasasi X asrda bino qilingan.
XII asrda esa Buxoroning Darvozai Mansur mahallasida, qonunshunoslar uchun “Faqihlar madrasasi” qurilgan.
|
|
Jaloliddin Manguberdiga taslim bo’lgan joylar? Marog‘a, Tabriz va G‘azna.
|
1225-yil mayda Jaloliddin Manguberdi Marog‘a shahrini jangsiz qo‘lga kiritadi. Tabriz va G‘azna ham Xorazmshohga taslim bo‘ldi.
|
|
“Jaloliddin Manguberdi" tarixiy dramasini yozgan kim yozgan?
|
Maqsud Shayxzoda 1944-yilda “Jaloliddin Manguberdi" tarixiy dramasini yozgan. Shihobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy qalamiga mansub “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni” (“Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi”)
|
|
Jaloliddin Manguberdini “Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o‘z tengqurlarining sarvari ekan” deb kim aytgan? Taynol no‘yon.
|
Taynol no‘yon Jaloliddin Manguberdini jangdagi mardligiga qoyil qolib “Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o‘z tengqurlarining sarvari ekan”, degan.
|
|
Ibn al-Asir tomonidan Jaloliddin Manguberdi faoliyatiga bag‘ishlab yozilgan asarni yozing.
|
Ibn al-Asirning “al-Komil fit-tarix” (“ Tarix haqida mukammal kitob)” asaridir. “Al-Komil fit-tarix” Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari tarixining islom tarqalishidan to 1231-yilgacha bo‘lgan davr haqida ma’lumot beruvchi eng qimmatli manbalardan biri sanaladi. Muallif Jaloliddinning faoliyatiga keng o‘rin ajratadi va ko‘pincha o‘zining muhim va aniq ma’lumotlari bilan boshqa manbalarni sezilarli darajada to‘ldiradi.
|
|
Nasaviyning 1241-yilda yozishni boshlagan asari qaysi? Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni.
|
Shihobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy qalamiga mansub “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni” (“Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi”) nomli asar alohida o‘rin tutadi. Muallif o‘z asarini bitishga Jaloliddin vafotidan qariyb 10 yil o‘tgandan so‘ng 1241-yilda kirishgan.
|
|
1241-yilda yozilgan asar?
|
Shihobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy qalamiga mansub “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni” (“Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi”)
|
|
Jaloliddin o‘z qo‘shini bilan dastlab Kirmon, keyin Sheroz va Isfahonga borib, mahalliy hukmdorlar bilan kelishib, biroz mustahkam kuchga ega bo‘ladi. Ammo bu yerlar kimga tegishli edi? Ukasi G’iyosiddinga.
|
Ukasi G’iyosiddinga.
|
|
Jaloliddin mo’g’ullar bilan qaysi janglarda to’qnashgan???
|
|