Hurmatli senator va deputatlar! Qadrli yurtdoshlar!


Beshinchidan, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlar jadal davom ettiriladi



Download 82,24 Kb.
bet5/17
Sana27.06.2022
Hajmi82,24 Kb.
#710000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Dinora 101

Beshinchidan, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlar jadal davom ettiriladi. Buyuk alloma Najmiddin Kubro hazratlari “Muvaffaqiyatni – saʼy-harakatda, muvaffaqiyatsizlikni esa – loqaydlik va dangasalikda koʻrdim”, deb bejiz aytmaganlar.
Haqiqatan ham, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz. Jahon bankining biznes yuritish sohasidagi reytingida mamlakatimiz qurilish boʻyicha 134-oʻrinni egallagan. Bu esa sohada koʻplab muammolar borligidan dalolat beradi. Misol uchun, qurilish sohasida ruxsat berishga oid 17 ta tartib mavjud boʻlib, ularni olish uchun oʻrtacha 246 kun sarflanadi. Bu adolatsizlik emasmi?
Vazirlar Mahkamasi zudlik bilan ushbu sohaga doir norma va qoidalarni takomillashtirish choralarini koʻrib chiqishi kerak.
Oltinchidan, iqtisodiyotni boshqarishda davlat aralashuvinikeskin kamaytirish lozim.
Bugungi kunda mamlakatimizda 603 ta aksiyadorlik jamiyati faoliyat yuritayotgan boʻlsa, ularning 486 tasida davlat ulushi 52 trillion soʻmni tashkil etmoqda.
Yoqilgʻi-energetika, neft-gaz, kimyo, transport va bank sohalarida davlat ishtiroki yuqori darajada saqlanib qolayotgani ularni bozor mexanizmlari asosida rivojlantirish, investitsiyalar jalb etishga toʻsqinlik qilmoqda. Ayrim vazirliklar oʻzi nazorat qiladigan sohadagi korxonalarda taʼsischi ekani erkin va sogʻlom raqobatga yoʻl bermayapti, buniyam bugun ochiq aytish kerak. Bunday tizimni endi oʻzgartirmasak, ushbu tarmoqlarda ham va umuman, iqtisodiyotda barqaror rivojlanishga erishib boʻlmaydi.
Davlat aktivlari tartibsiz boshqarilayotgani ham samaradorlikka salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda 972 ta davlat korxonasi aktivlarining atigi 21 foizi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan, qolgan 79 foizi vazirlik va idoralar hamda xoʻjalik birlashmalari tomonidan boshqarilmoqda. Bunday yondashuv soʻnggi 27 yil davomida davlat korxonalarini qanday ahvolga olib kelgani hech kimga sir emas. Aviasozlik sanoati kabi butun bir soha yoʻq boʻlib ketdi. Mavjud tizimni tartibga solish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tubdan takomillashtirish, uni mustaqil agentlik etib qayta tashkil qilish lozim. Bu Agentlik davlat mulkini boshqarish, davlat korxonalarini isloh qilish, aksiya va obligatsiyalar chiqarish yoʻli bilan ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish, xususiylashtirish jarayonlariga bosh-qosh boʻladi.
Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda mazkur taklifni amalda joriy etish vazifasi topshiriladi.
Yettinchidan, biz erkin bozor tamoyillarini oʻrnatmoqchi ekanmiz, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini isloh qilish va rivojlantirish orqali sogʻlom raqobat muhitiniyaratishimiz shart.
Bu borada birinchi qadam sifatida “Oʻzbekenergo” va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” tizimini tubdan isloh qilish haqida qarorlar qabul qildik.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi qayta tashkil etilib, parvozlarni amalga oshirish, aeroportlarni boshqarish va aeronavigatsiya xizmatlari bir-biridan ajratildi.
Kelgusi yilda boshqa strategik tarmoqlarni ham, jumladan, “Oʻzbekneftgaz”, “Oʻzkimyosanoat” jamiyatlari, Navoiy kon-metallurgiya kombinatini bosqichma-bosqich isloh qilishni davom ettiramiz. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va uning narxini belgilash amaliyotini butunlay qayta koʻrib chiqib, bozor tamoyillarini joriy etish zarur.
Vazirlar Mahkamasiga ushbu masalalar yuzasidan ikki oy muddatda Hukumat dasturlari va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish topshiriladi.

Download 82,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish