25-mavzu: O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasi (1 soat)
Reja:
1. Prokuratura organlari tushunchasi va uning danlat organlari tizimida tutgan ro’li
2. O’zbekiston Respublikasi Prokuratura organlarining tizimi
3. O’zbekiston Respublikasi Prokuratura organlarining vakolatlari, va faoliyat tartibi.
4. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo’ysinuvchi prokurorlarning huquqiy maqomi
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining tizimi O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasiprokuraturasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar,tumanlararo va boshqa hududiy prokuraturalardan iboratdir. Unga,
shuningdek, transport, harbiy, tabiat muhofazasi prokuraturalari va boshqaixtisoslashtiril
gan prokuraturalar ham kiradi.O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi (yangitahriri) qonunning 18-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashishidepartamenti tashkil etildi. Departamentga lavozimiga ko‘ra O‘zbekistonRespublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosariga tenglashtirilgan, O‘zbekistonRespublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Departament boshlig‘i rahbarlik qiladi. Departamentni hamda uning joylardagi bo‘linmalarini tashkil etish vaularning faoliyat ko‘rsatish tarkibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan viloyatlar vatumanlar prokuraturalariga tenglashtirilgan boshqa prokuraturalar, tuman prokuraturalariga ega bo‘lgan shaharlarda esa, tuman prokuraturalari bo‘ysunadigan shahar prokuraturalari tuzilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tuziladigan transport, tabiat muhofazasi prokuraturalari, boshqa ixtisoslashtirilgan prokuraturalar viloyatlar, tumanlar prokuraturalari, tumanlararo prokuraturalari yoki shahar prokuraturalari vakolati bilan faoliyat ko‘rsatadi.O‘zbekiston Respublikasi ichki qo‘shinlari va FVV bo‘linmalari harbiy prokuraturasini tashkil etish va uning ish tartibi «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonun, boshqa qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining harbiy prokuraturasi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi. Jumladan, 1993 yil 7 mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining harbiy prokuraturasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, harbiy prokuratura «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajara turib, o‘z faoliyatini Qurolli Kuchlar, chegara va ichki qo‘shinlarda, qorovul qo‘shinlarida, shuningdek FVV bo‘linmalarida qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga qaratadi. U quyidagilarni muhofaza qiladi:
– harbiy xizmatchilar, harbiy quruvchilar va yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, ularning oila-a’zolari va Qurolli Kuchlar ichki qo‘shinlar qo‘shinlari va FVV bo‘linmalari xizmatchilarining, shuningdek, boshqa fuqarolarning huquq va erkinliklarini;
– O‘zbekiston Respublikasi xavfsizligini, Qurolli Kuchlarning, chegara qo‘shinlari, ichki qo‘shinlarning va qorovul qo‘shinlarining hamda FVV bo‘linmalarining harbiy qobiliyati va harbiy tayyorgarligini, harbiy intizom va harbiy xizmatni o‘tashning belgilangan tartibini;
– harbiy qismlar, Qurolli Kuchlarning muassasalari, harbiy o‘quv yurti, korxonalari va tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini. Harbiy prokuratura o‘ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, quyidagi asosiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi:
a) barcha harbiy boshqaruv organlari, harbiy qismlar, harbiy o‘quv yurtlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, ichki qo‘shinlar va FVV bo‘linmalarining komandirlari, boshliqlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan, harbiy chaqiruvdagilar, shuningdek, Qurolli Kuchlar, ichki qo‘shinlar va FVV bo‘linmalari ning ishchilari va xizmatchilari tomonidan o‘z xizma vazifalarini bajarish paytida qonun larga, nizomlarga va boshqa harbiy qonun hujjatlariga amal qilinishini nazorat qilish;
b) Qurolli Kuchlardagi surishtiruv, harbiy prokuratura tergovchilari organlari, shuningdek, MXX surishtiruv organlari, tergovchilari tomonidan harbiy sudlarga taalluqli jinoiy ishlarni tergov qilish paytida qonunlarga amal qilinishini nazorat qilish;
v) sudlarda ishlarni ko‘rib chiqish paytida ishtirok etish va sud ishlari to‘g‘risidagi qonunlarning bajarilishini nazorat qilish;
g) gauptvaxtalar, shuningdek, hibsga olinganlarni va qamalgan harbiy quruvchilarni saq lashning boshqa muassasalarida, intizomiy qismlarda hamda harbiy qismlarda harbiy sudlar belgilangan jazolarni o‘tashda qonunlar va harbiy nizomlarga amal qilinishini nazorat qilish. Harbiy prokuratura Qurolli Kuchlarda, chegara qo‘shinlari, qorovul qo‘shinlari hamda FVV bo‘linmalarida jinoyatlarga va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurash bo‘yicha qonunlarning ijrosini nazorat qiladi. Uning zimmasiga jinoiy ishlar bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirish, jinoyat qilganlarni javobgarlikka tortish, jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, ularning sabablari va sharoitlarini tugatish yuklangan. O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori boshchilik qiladi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan, keyin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tasdig‘idan o‘tadigan birinchi o‘rinbosariga,
o‘rinbosarlarga ega. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘z o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi. O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasida Bosh prokuror (rais), uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, O‘zbekiston Respublikasining harbiy prokurori, prokuratura idoralarining boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning shaxsiy tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi.
Respublika prokuraturasida bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlar tuzilib, ularda katta prokurorlar va prokurorlar bo‘ladi. Bosh prokuror katta yordamchilar, maxsus topshiriq bo‘yicha yordamchilar va yordamchilarga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlar boshliqlarini, boshliq o‘rinbosarlarini, Bosh prokurorning katta yordamchilarini, maxsus topshiriq bo‘yicha
yordamchilari va yordamchilarini, boshqarmalar va bo‘limlarning katta prokurorlari hamda prokurorlarini, O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilari va katta tergovchilarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |