Huquqiy ong huquqiy madaniyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Har bir shaxsning huquqiy ongi uning qo- nun me’yorlariga munosabatidan, ularni qabul qilish xis- latlaridan, o‘rnatilgan qonunni qo‘llash, unga rioya qi- lish tushunchalaridan kelib chiqadi.
«Biz, — deydi I. Karimov, — odamlarning eskicha psixologiyasini o‘zgartirib, ularda yangi huquqiy ongni
I b o b. Davlat va huquq nazariyasi 33
shakllantirmog‘imiz lozim. Shunday bo‘lsinki, har bir kishi erkinliklari — ayni vaqtda muayyan burch, maj- buriyat va mas’uliyat ekanligini chuqur his etib tursin»1.
Huquqiy ong — shaxslar tomonidan davlat organlari orqali qabul qilingan qonun hujjatlarini anglash, ularga rioya etish, ulardan ongli ravishda huquqiy munosabatga kirish jarayonida foydalanish qobiliyati, desak ham bo‘ladi. Har bir shaxs u yoki bu huquqiy munosabatga kirar ekan, ongli ravishda uning oqibatini biladi. U ongli ravishda bu munosabatlarni amalga oshiradi. Agar huquqiy ong shaxs ruhiyati orqali qonunning tub ma’nosini tushunib, uni qabul qilish xususiyatini o‘rnata olgan bo‘lsa, huquqiy madaniyat bu xususiyatni amalga oshirish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Agar huquqiy ong bilan huquqiy madaniyat bir xil ta’sir kuchiga ega bo‘lsa, huquqbuzarlik, qonunga rioya qilmaslik yoki boshqa no- jo‘ya harakat amalga oshmaydi. Lekin ong yetarli dara- jada qonuniy hujjatlar ma’nosini qabul qilsa-da, huquqiy madaniyat shaxsda past bo‘lsa, salbiy oqibat ro‘y beradi. Ongli, bir qarashda tarbiyali deb tanilgan shaxs har doim huquqiy madaniyatli bo‘lmaydi. Masalan, ayrim o‘qituv- chilar o‘z fanini mukammal bilishi, darslarni barbod qilmasligi, ongli ravishda o‘quv yurtida o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilishi bilan bir qatorda, huquqiy madaniyatsizligi tufayli tamagir, talabadan biron-bir narsa undirishga, dala hovlisida tekin ishlatishga yoki boshqa inson huquqiga putur yetkazadigan harakatlar qi- ladi.
Huquqiy madaniyat, huquqiy ong huquqiy bilim bi-
lan chambarchas bog‘liq. Huquqiy bilim bir necha bosqichdan iborat. Bunga misol qilib maxsus huquqiy bilim, umumiy huquqiy bilim, qisman huquqiy bilimlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
1 I. Karimov. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. T.: O‘zbe- kiston, 1997. 120-bet.
2 — Huquqshunoslik
34 Huquqshunoslik
Odatda, huquqiy bilimli shaxs qonun hujjatlarini ongli ravishda qabul qilib, huquqiy madaniyatli bo‘lganligi uchun ularni buzmasligi kerak. «Afsuski... huquqni muho- faza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan jinoyatga qo‘l urish holatlari ham mavjud. Bu hollar viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari, soliq va bojxona xizmati faoli- yatida jiddiy kamchiliklar borligidan dalolat beradi», degan edi Respublikamiz Prezidenti xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdan tashqari ses- siyasida (1997-yil 14-fevralda) so‘zlagan nutqida. Tinch- likni saqlash va xavfsizlikni ta’minlash uchun javobgar shaxslarni huquqiy bilimsiz deb bo‘ladimi? Yo‘q, albatta. Lekin ular orasida ayrimlarining huquqiy madaniyati sust bo‘lganligi tufayli ong salbiy oqibatga xizmat qiladi. Demak, huquqiy bilimli bo‘la turib, huquqiy madaniyatli yoki madaniyatsiz bo‘lishda huquqiy ong o‘z kuchini ijobiy yoki salbiy tomondan ko‘rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |