Prakurorning vakolatlari.
Prokuror o’z vakolati doirasida nazoratni amalgam oshirishi chog’ida:
Xizmat guvohnomasini ko’rsatib: vazirliklar,davlat qo’mitalari va idoralarning tobeligida kimga
Surishtiruv organlari.
Huquq-tartiboti muhofaza qilish organlari tizimida surishtiruv organlari shu kim ahamiyatga ega. Ular zimmasiga jinoiy ish belgilarini jinoyat etgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor qidiruv ishlarini hamda qonunda nazarda tutilgan chora tadbirlar ko’rish, jinoiy ishlarni oldini olish va ularni amalgam oshirmaslikka barcha chora tadbirlarni ko’rish vazifasi yuklatilgan.
Surishtituv organlari quyidagilar:
Militsiya
Davlat xavfsizligi xizmati organlari
Harbiy qismlarning kamandirlari, boshqalar
Axloq tuzatish, mehnat muassasalarining boshliqlari
Chegara qo’riqlash organlari
Surishtiruv ishlarini olib borish yuqorida sanab o’tilgan organlar va mansabdor shaxslar uchun asosiy vazifa hisoblanmaydigan qo’shimcha vazifadir.
Ammo milisiaya uchun surishtirish- uning faoliyatida muhim yo’nalishlaridan biridir.Milisiya tomonidan jinoiy ishlarni surishtirish shaklida o’tkaziladigan tekshiruvlar ko’pincha jamoat tartibini buzish, mulkka qasd qilish, bezorilik, o’z boshimchalik mayday o’g’rilik bilan shug’ullanish bilan bog’liq bo’ladi.
Jinoyat ish belgilari ma’lum bo’lganda surishtiruv organlari jinoiy ish qo’zg’aydilar va jinoiy prosesual qonunlariga amal qilgan holda jinoiy ishni aniqlab, uning izlarini aniqash bo’yicha ishonchli tergov ishlarini olib boradilar.
Dastlabki tergov o’tkazish shart bo’lgan ishlar bo’yicha surishtiruv maskur4 ish qo’zg’atilgan kundan boshlab kechiktirmay tugatilishi lozim.
Zarur ishlar bajarilib bo’lingandan so’ng surishtiruv organi prokurorning ko’rsatmalarini, 10 kunlik muddatda tugashini kutmay ishni tergovchiga topshirishi va bu haqda prokurorga xabar berish kerak. Surishturuv organi ishni tergovchiga topshirgandan so’ng tergovchining maxsus topshiriqlariga binoangina shu ish yuzasidan tergov qilinishi mumkin.
Dastlabki tergov shart bo’lmagan ishlar bo’yicha surishtiruv ushbu ish qo’zg’atilgan paytdan boshlab bir oydan kechiktirmay tugatilishi lozim.
Bunday ishlar yuzasidan surishtiruv materiallari ishning sudda ko’rib chiqilishi uchun asos bo’ladi.
Surishtiruv organining rahbari surishtiruv ishklarini olib boradi.Anashu surishtiruv ishlarini o’z qo’li ostidagi hodimiga va surishtiruvchiga topshirilishi lmumkin.Eng muhim masalalar surishtiruvchiga emas, surishriruv organiga topshiriladi.
Surishtiruvchining qarori rahbar tomonidan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.
Surishtiruv organi bilan surishtiruvchi shaxs o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bir tomindan xizmat yuzasidan biri ikkinchisiga bo’ysinishi, ikkinchi tomondan esa jinoyat – prosesual tusga ega bo’ladi.
O’zbekiston respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha tezkor qiduruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xuxusiy koperativ tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ularning bo’limlarini tuzish, faoliyat ko’rsatishi taqiqlandi.
Qonuniylik va huquq tartiboti, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, jamoat tashkilotlariga, fuqarolarga yordam ko’rsatishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |