Huquqiy tarbiyani insonparvarlik yo’nalishida takomillashtirish


XULOSA…………………………………………………



Download 132 Kb.
bet2/8
Sana31.12.2021
Hajmi132 Kb.
#249325
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUNDARIJA

XULOSA…………………………………………………........................................

FOYADALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………...

Kirish

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Muqaddimasida xalqimizning asosiy maqsadlaridan biri insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo qilish deb ko‘rsatilgan.

Xuquqiy davlat qurish uchun esa shu davlat poydevorini yaratuvchilar huquqiy jihatdan bilimli, tarbiyali, ongli bo‘lishlari kerak. konun-qoidalarni biladigan, ularga rioya qiladigan, jamiyat ishlarini bajarishda madaniy saviyasi yuqori bo‘lgan shaxslarni shakllantirish borasida huquqiy tarbiya alohida o‘rin egallaydi.

Xuquqiy tarbiya esa umumiy tarbiyaning ajralmas qismi bo‘lib, insonni jamiyatda o‘rnatilgan qonun-qoidalarga rioya etish, ularni hurmat qilishga chorlaydi. Xuquqiy tarbiyaga alohida e’tibor berib, hurmatli birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov, Iqtisodiy, siyosiy va eng avvalo huquqiy makonga tegishlicha bosqichma-bosqich ta’minlanib borilmas ekan, insonning barcha huquqlari- davlat ishlarini yuritishda qatnashishi, e’tiqod erkinligi, yig‘ilishlar, uyushmalar erkinligi va shu kabi huquqlar havoda muallaq bo‘lib qolaveradi, deb ta’kidlashi bejiz emas.

Xuquqiy davlatni barpo etishda qatnashuvchi shaxs: huquq va erkinliklarinigina bilib qolmasdan, demokratiyaning tub ma’nosini anglashi lozim. Chunki demokratiya huquqiy davlatning tarkibiy qismidir. Xuquqiy davlat inson shaxsini eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etishga va to‘la-to‘kis qabul qilishga asoslangan yaxlit amal qiluvchi tizimidir. Bu tizimni bilish, uning asoslariga rioya etishda, har bir shaxsning huquqiy savodxonligini oshirish - davr talabidir.

Xuquqiy tarbiyaning dastlabki bosqichi aslida bog‘chada, maktabda boshlanadi. Lekin tarbiya beruvchi shaxs uning metodini, yo‘llarini bilmasa, to‘g‘ri tarbiya bera olmaydi.

Xuquqiy tarbiya metodikasini tizimlashtirish va yanada takomillashtirish hozirda pedagoglar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Xuquqiy tarbiyani keng va tor ma’noda ko‘rish mumkin. Keng ma’noda butun jamoaning, ko‘rchilikning ongiga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan tarbiya, tor ma’noda esa alohida shaxsga, uning ongiga ta’sir etish yo‘llari tushuniladi.

Xuquqiy tarbiya natijasida keng omma yoki ayrim shaxs o‘z xatti-harakatining qonuniy ekanligini tushunsa, huquqiy tartibotni buzmaslikka harakat qilsa, o‘zini ongli ravishda, huquq normalariga rioya etgan holda boshqara olsa, maqsadga erishilgan bo‘lib hisoblanadi.

Demak, huquqiy tarbiya bu - tashkiliy ravishda muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko‘zlagan va shaxsga (guruh, shaxslarga) ta’sir qiladigan, ularga huquqiy ong, huquqiy bilim, qonunlarga rioya etish xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir.

Ma’lumki, qonunga rioya qilish uchun, eng avvalo uni bilish kerak. Xuquqiy tarbiya orqali har bir shaxsning ongiga, nima qilmoq mumkin, nima qilmoq mumkin emasligini, jamiyat, davlat undan nimani talab qiladi, qonunga rioya etish yo‘llari nimadan iborat ekanligi yetkazmoq lozim.

Tartib buzuvchilar orasida o‘z xatti-harakatini noqonuniyligini anglamaslik, noqonuniy ekan deb ham o‘ylamaslik va bunday harakatni jazoga loyiq emas deb tushunish ko‘p uchraydi. Shunday tushuncha hosil bo‘lmasligi uchun tarbiya jarayonida har bir jamoada o‘rnatilgan tartibni buzish, qonun normalariga rioya etmaslik natijasida intizomiy, ma’muriy, moddiy yoki jinoiy jazo kelib chiqishini tushuntirish, uqtirish zarur.

Shaxs va jamiyat o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarning jamiyat rivojlanish prinsiplariga mos bo‘lishi shaxs faoliyatining yo‘naltirib turuvchi hayotiy pozitsiyaga bog‘liq. Xayotiy pozitsiya esa tarbiya jarayonida shakllanadi. Shu sababdan ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq shaxs tarbiyasini jamiyat o‘z nazoratiga olgan va bu vazifani bajarishni eng dono kishilarga topshirgan.




Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish