1.2.Umuminsoniy va milliy qadriyatlar bilan boyitilgan tarbiya tizimini shakllantirish.
Respublikamizning mustaqillikka erishishi bilan ta’lim- tarbiya sohasiga qator yangiliklar va shu bilan birga xal etilishi zarur bo’lgan muammolar yuzaga keldi. Ayrim o’smir yoshlar orasida ahloqqa, mehnat, bilim olishga nisbatan munosabatning yuzakilashib borayotgani, ta’lim-tarbiya jarayonida ba’zi bir kamchiliklarga yo’l qo’yilishi sababli ular orasida bezorilik, ahloqsizlik kabi salbiy holatlar uchrab turibdi.
Tarbiya - bu shaxsning ijtimoiy, ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko’rsatish jarayonidir. O’rta ta’lim va yangi turdagi zamonaviy o’quv muassasalarida tarbiya jarayonini taxlil qilish, unda yuz berayotgan qarama-qarshiliklarni aniqlash, pedagogika va psixologiya fanlarining asosiy vazifalaridan biridir. Tarbiya jarayonining asosi bo’lgan ahloqiy tarbiya muammolari va ularning xal etish vazifasi esa bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi. «Ta’lim to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi, unda yangi turdagi o’quv muassasalari, milliy kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor berilishi yuqorida sanab o’tilgan vazifalar bilan uzviy bog’liqdir. Jumladan, O’zbekistan Res’ublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq IX sessiyasida milliy kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va faoliyat ko’rsatishning asosiy tamoyillarida ta’lim tizimining tuzilishi va mazmuni jihatidan isloh qilish uchun o’smir yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak ahloq, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash kabilarga aloxida o’rin ajratilgan.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ham umumlashtirilgan holda kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va bugungi kun talabiga javob bera oladiigan faoliyatni ta’minlashga alohida e’tibor beriladi.
Bugungi kunda ko’p yillik tarixga ega bo’lgan milliy ahloqimizning azaliy mezonlarini tiklash orqali xalollik, to’g’riso’zlik, or-nomuslilik, iffatlilik, insonparvarlik, hamjamiyatlilik, vatanparvarlik, fidoiylik, sadoqat kabi ko’pdan-ko’p go’zal insoniy fazilatlarni kamol toptirish vaqti keldi. Tarbiyaviy chora-tadbirlar, yo’l va usullarning markaziga o’z milliy manbalarimizga, iymonu-e’tiqodimizga, qadr-qimmatimizga muvofiq keladigan ahloqiy talablarni yosh avlod oldiga qo’yishimiz zarur.
Qadriyat – tevarak-atrofdagi narsalarning, kishining jamiyat uchun ijobiy yoki salbiy ahamiyatini ko’rsatuvchi tushuncha bo’lib, axloqiy tamoyillar, g’oyalar, yo’l-yo’riqlar va maqsadlarda ifodalangan ana shu tushunchaga baho berish mezoni va usullari hisoblanadi.
Qadriyatga umuminsoniy qadriyatlar – ma’lum bir axloq me’yorlari, ilg’or, taraqqiyparvar madaniy meroslar kiradi.
Qadriyat – qadr-qimmat ma’nosini anglatib, inson uchun qadrli bo’lgan barcha narsa va hodisalar (predmet va jarayonlar) majmuidir.
Qadriyat – voqyelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, ma’daniy –ma’naviy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha.
Qadriyat kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qiymatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqyelikning shakllarini, narsalar, voqyea hodisalar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi.
Qadriyatlar ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar o’rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar ijtimoiy guruhlar harakatini tartibga soladigan ma’naviy hodisaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |