Huquqiy munosabatlar



Download 1,59 Mb.
Sana14.01.2022
Hajmi1,59 Mb.
#361387
Bog'liq
2 5274152176573221355


Huquqiy munosabatlar

Автор:


8-sinf O’zbekiston davlati va huquqi asoslari fani 19-mavzu

Ayrim shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan va huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar deyiladi.

Ijtimoiy munosabatlar jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotida ro‘y bеradigan munosabatlar bo‘lganligi tufayli mutanosib ushbu ijtimoiy munosabatlarni huquqiy mazmun bilan munosib ravishda to‘ldiradi.

Masalan, jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyati jarayonida tabiatga bo‘lgan moddiy munosabatlari ekologik huquq tomonidan, iqtisodiy munosabatlar aksariyat hollarda yuridik mulk huquqi yoki tadbirkorlikka oid huquqiy normalar orqali, siyosiy munosabatlar esa Konstitutsiya orqali tartibga solinadi.

Milliy, diniy, oilaviy va davlatlararo munosabatlar kabi ijtimoiy munosabatlar ham huquq orqali tartibga solinadi.


Huquqiy munosabat, tuzilishiga ko‘ra obyekt, subyekt kabi elementlarni o‘z ichiga oladi.

Huquqiy munosabatning yana bir tarkibiy elementi bu huquqiy munosabat mazmunidir.

Mazmun o‘z navbatida subyektiv huquq va yuridik majburiyatni o‘z ichiga oladi.


Huquqiy munosabatlar mazmuni bu huquqiy munosabat subyektlarining o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq harakatlaridir.

Demak, huquqiy munosabatlarning elementlari to‘rtta ekan:

1. Obyekt,

3. Subyekt

2. Subyekt

4. Yuridik majburiyat.

Huquqiy munosabatlar subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning yuridik shakli bo‘lib, uning yordamida davlat va qonun talablariga binoan ijtimoiy munosabat ishtirokchilari xulq-atvorini me’yorlab beradi.

Huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchilar, ya’ni subyektlar huquq layoqatiga hamda muomala layoqatiga ega bo‘lishlari talab etiladi.

Huquqiy munosabat ishtirokchilarining harakati nimaga qaratilgan bo‘lsa, ushbu narsa huquqiy munosabatlarning obyekti hisoblanadi.


Huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari, ya’ni huquq va majburiyat egalari huquqiy munosabatlarning subyektlari hisoblanadilar.

Huquq manbai davlat irodasini muayyan huquqiy-normativ hujjatlar, qonun normalarida ifodalash, bayon qilish usuli va shaklidir.

Yuridik pretsedent sudning umummajburiy ahamiyatga ega bo‘lgan aniq bir ish bo‘yicha qaroridir. Yuridik pretsedentning o‘ziga xos jihati shundaki, u qabul qilingach, o‘sha masala bo‘yicha umummajburiy qoidaga

aylanadi.


Huquqiy odat — bu jamiyat a’zolari tomonidan uzoq vaqt qo‘llanilishi, doimiy takrorlanishi natijasida jamiyat tomonidan qabul qilingan xulq-atvor normasiga aylangan va keyinchalik davlat tomonidan tasdiqlangan qoidaga aytiladi.

Normativ-huquqiy hujjat – huquqning asosiy manbaidir.


Normativ huquqiy hujjat vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan yuridik huquqiy hujjati bo‘lib, umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi.

Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning ikki yoki bir necha subyekti tomonidan qabul qilingan bitim bo‘lib, huquq va majburiyatlarni belgilovchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatdir.

Savol va topshiriqlar:

1. Huquqiy munosabatlar deganda nimani tushunasiz? Misollar keltitring.

2. Huquqiy munosabatlar obyekti nima? Subyekti-chi? Misollar keltiring.

3. Huquqiy layoqat va muomala layoqati o‘rtasida qanday farqlar mavjud?

4. Huquqiy odat nima? Huquqiy pretsedent-chi?

5. Nima uchun oldingi savoldagi tushunchalar huquqiy manba sifatida qaralmaydi?

6. Umummajburiy xulq-atvor normalarini o‘z ichiga oluvchi hujjatlar qanday nomlanadi? Ular nima uchun kerak?


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish