55
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
55
55
1. Huquqning ustuvorligi.
Mamlakatdagi barcha shaxslar – fuqarolar, chet el fuqarolari, fuqaro
bo‘l magan shaxslar, mansabdorlar hammasi qonun talablariga bo‘ysunadilar.
Bun da, Konstitutsiya huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir.
2. Inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi va himoyalanishi.
Inson, uning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari hamda
man fa atlari oliy qadriyat ekanligi.
3. Davlat va fuqaroning bir-birlari oldida o‘zaro mas’uliyati.
4. Hokimiyatning qonuniyligi.
Hokimiyat demokratik saylovlar yo‘li bilan shakllantiriladi. Davlat
hokimiyati mamlakatning ichkarisida va xalqaro miqyosda tan olinadi.
5. Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi.
Davlat hokimiyati: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga
bo‘ li nadi. Davlat hokimiyati vakolatlari mana shu uchala hokimiyat o‘rtasida
taq simlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |