Siyosiy tartibot (rejim). Davlat organlari. Davlat mexanizmi Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar 1. Demokratiya so‘zini ko‘p marta eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bu so‘z ning mohiyati haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Fikringizni sinf doshlaringiz bilan o‘rtoqlashing. 2. “Nodemokratik” atamasining mag‘zini chaqishga harakat qiling. Bunda so‘zning tarkibiga e’tibor bering. 3. Fashistlar to‘g‘risida ko‘p o‘qigansiz yoki fi lmlar tomosha qil- gan siz. Fashistlarning xulq-atvoridan kelib chiqib “fashizm” to‘g‘ ri sidagi fi kringizni bayon qilib bering. 4. Sobiq ittifoqni ko‘pincha “totalitar davlat” deb nomlashgani qulo g‘ingizga chalingandir. Bu nimani anglatishi to‘g‘risida o‘y lab ko‘rganmisiz? Fikringizni bayon qiling. 5. Yuqoridagi chizmaga qarab nimalarni tushunganingizni ayting. 6. Chizmadagi atamalardan kelib chiqib, har bir davlat shaklini tav sifl ashga harakat qiling. Demokratik Nodemokratik