UMUMIY SAYLOV HUQUQI
— qonunda belgilangan yoshga yetgan barcha
fuqarolar hokimiyatning vakolat organlariga bo‘ladigan saylovlarda qatnashish
huquqini beradigan saylov huquqi sistemasi.
VASIYATNOMA
— mol-mulkini merosxo‘rlariga o‘tkazish haqidagi vasiyat
matni yozilgan hujjat.
VIJDON ERKINLIGI
— bu fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki
hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir.
XUSUSIY AJRIM
— sud muhokamasi davrida hukm bilan bir vaqtda
chiqariladigan qaror.
YURIDIK (HUQUQIY) AKT
— davlat organlari, mansabdor shaxslar
tomonidan o‘z vakolatlari doirasida chiqariladigan farmoyish.
YURIDIK (HUQUQIY) JAVOBGARLIK
— jazoga tortish, yuridik
majburiyatlarni buzgan shaxs, aybdorga nisbatan qonunda ko‘zda tutilgan
sanksiyalarni qo‘llash.
YURIDIK (HUQUQIY) FAKTLAR
— huquq va majburiyatlarni vujudga
keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish bilan bog‘liq holatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |