Normativ-huquqiy hujjat
– huquqning asosiy manbaidir. Normativ-
huquqiy hujjat vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan
yuridik huquqiy hujjati bo‘ lib, umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o‘z
ichiga oladi.
Qonunchilik
– vakolatli davlat organlarining qonun chiqarish
faoli yati hamda har bir vakolatli davlat organining qat’iy belgilangan
huqu qiy-normativ hujjatlarni chiqarish huquqiga egaligidir.
Normativ-huquqiy hujjatning belgilari:
– huquqiy normalarni mustahkamlaydi, rasmiylashtiradi;
– belgilangan qoidalarning mazmunini bayon etadi;
– belgilangan normalarga umummajburiy tus beradi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Qonun, shu jumladan, asosiy qonun hisoblangan – Konstitutsiya. Ular,
umumxalq ovoz berish yo‘li bilan yoki parlament tomonidan qabul qili nadi;
2. Farmon – davlat boshlig‘ining normativ-huquqiy hujjati;
3. Hukumat qarorlari va farmoyishlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |