Huquq va deontologiya asoslari



Download 0,84 Mb.
bet4/12
Sana18.02.2017
Hajmi0,84 Mb.
#2789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Nazorat savollari:

1. Pediatriya deontologiyasining kattalar deontologiyasidan farqi nimadan iborat?

2. O'smirlarga xos shifokor deontologik hususiyatini ayting.

3. Yoshiga qarab, bolalarni deontologik tarbiyalashning o'ziga xos hususiyatlari nimada?

4. Ota-onalar bilan janjalli holatlarda pediatrning deontologik qarashlari qanday baholanadi?

5. Maktab yoshidagi bolalar va o'smirlar orasidagi yomon odatlarni yo'qotishdagi deontologik tarbiyalash masalasini tushuntiring.

6. Bemor bolalar va ularning qarindoshlari bilan tibbiyotning barcha imkoniyatlari tugagandagi shifokor-pediatrning qarashlarini izohlang.

7. Og’ir bemorni qabul qilayotganda pediatrlar qanday hususiyatlarga ega bo'lishi kerak?

8. Bemor bolaning qarindoshlari va yaqinlari bilan aloqada shifokor-pediatrning yoshini ahamiyati bormi?

9. Bolalarni statsionarda davolanishida ota-onaning egoistik hususiyati nima bilan harakterlanadi?

10. Bemor bolani uyida davolashga qatnashuvchi uchastka pediatrining deontologik burchini ko'rsating.

11. Favqulotda holatlarda kasalxona qabul bo'limida bemorlarga yordam ko'rsatishning deontologik asoslarini izohlang.

12. Pediatrning amaliy faoliyatida psixologik qarashlarni baholang.

13. Pediatr faoliyatiga sotsial qarashlar va uning davlat dasturini bajarishdagi roli nimada?

14. Pediatr mutaxasisligi va deontologik nuqtai nazaridan pediatrning bosh vazifasi qanday baholanadi?
4.2. Tеrapеvt faoliyatining dеontologik asoslari

Охirgi o'n yillikda keng jamoatchilik orasida, jumladan har xil tibbiyot mutahassisliklari orasida deontologiya muammosi alohida o'rinlardan birini egallaydi. Buning isboti sifatida turli gazeta va jurnallar, monografiyalar, simpozium va konferensiyalarda muhokama qilingan materiallar ijtimoiy etika va deontologiyaga bag’ishlanganligi masalaning dolzarbligini tasdiqlaydi.

Hozirgi davrda mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish va kadrlar tayyorlash, mukammal mutaxasisni tarbiyalashda uning malaka darajasi va faoliyatining hususiyatlariga alohida ahamiyat beriladi.

Bunda tibbiyot deontologiyasi uni tushunishda muhim o'rin egallaydi. Birinchidan - tibbiyotning etika, sotsial psixologiya va boshqa fanlar (ularning tarkibiy qismi deontologiyaga kiradi) bilan bog’liqligi; Ikkinchidan - tibbiyotning shu sohasiga aloqador tibbiyot hodimlarining kasbiy burchini bajarishdagi deontologiyaning ahamiyati. Bunday yondashish oxirgi 20 yillikdagi ilmiy-amaliy muammoni amalga oshirishda deontologiyaning o'rni haqidagi tasavvurga javob beradi.

Ko’pchilik invaziv diagnostik va davolash muolajalari boshqalari kabi tibbiyot muolajalari arsenaliga mustahkam kirib boruvchi namuna bo'lib, bu masalaga oqilona yondashishni talab qiladi.

Bemor uchun hizmat qilish, uning manfaatlarini muhofazalash shifokor va boshqa tibbiyot hodimlarining tibbiyotdagi gumanistik qarashlari bo'lib, ular har bir holatda bemorning sog’lig’ini himoya qilish uning bo'ynidagi muhim mas'uliyati ekanligini his qilishlari, o'zlarida axloqiy sifatlar - rahmdillik, ziyraklilik, yaxshilik kayfiyatlari mujassamlantirishi zarurligini his etishlari maqsadga muvofiqdir.

Shifokorning kasbiy va axloqiy prinsipi “Ziyon keltirma!” va davolash-diagnostik muolajalar paytida bemorni jarohatlama degan qarashlardan iborat bo'lishi hisoblanadi. Gipokrat qasamiga asosan tibbiyotning hozirgi rivojlanish davrida shifokor va boshqa tibbiyot hodimlarining o'z burchlariga, birinchi navbatda bemorga nisbatan munosabatida umumiy strategik yondashishni taqozo qiladi.

Oxirgi o'n yillikda terapevtik amaliyotida qo'llanilayotgan ko’pchilik invaziv usullar birdan bir muhim foydali davolash va diagnostik usullardan biri bo'lib, qator qon tomiri va yurak kasalliklarini davolashda o'z samarasini bermoqda.

Deontologik nuqtai nazaridan tahlil qilinganda terapiya bo'limida yotgan kasallarga invaziv muolajalar qanday darajada yordamlashadi va bu asoslanganmi degan savollar qator holatlar (sharoitlar), asosan bemorlar sog’lig’ini saqlashni yaxshilash maqsadida hamda hotirjamligi va tinchligini ta'minlashda individual yondashishni talab qiladi.

Deontologik prinsip asosida klinik amaliyotidan misollar keltiramiz.

Masalan, bemorda stenokardiya hurujining tipik klinik belgisi bor. Barcha neinvaziv diagnostik usullar bu kasallikni ishonchli diagnostikasini ta'minlaydi. Shu bilan birgalikda hozirgi zamon qon tomirlariga ta'sir qiluvchi dorivor moddalar (nitritlar bilan Beta-adrenoretseptorlarni blokiatorlari birgalikda) ta'sirida bemorning sub'ektiv holati yaxshilanib, ish qobiliyati tiklanadi. Tasavvur qilinishicha, asosiy maqsadga erishilib to’g’ri tashxis qo'yilib, yaxshi davolash natijasiga erishilgan bo'lsa-da, klinik tajribalar va ilmiy axborotlar bunday bemorlarning kelajagiga javobgarlik bilan qarash zarurligini ko'rsatadi. Keyingi holat ko'pgina faktorlar bilan bog’liq bo'lib, bunda asosiy masala, aterosklerozning joylashish joyi, koronar aterosklerozining darajasi va ko'rinishi, koronar arteriyasining jarohatlanish soni, miokardning funksional holati, koronar rezervining imkoniyatlari, boshqa kasalliklarning borligi, masalan, arterial gipertoniya, qandli diabet, semirish, ayrim hatarli faktorlarning bo'lishi va b.q.lar.

Bunday holatlarda ushbu muammoning hozirgi davrdagi holatini tushunuvchi tajribali shifokor aniq ishonch bilan diagnostik va davolash taktikasi, kasalni hayotini saqlab qolish va kasallikni oqibatini yaxshilash uchun qaror qabul qiladi. Shubhasiz, shifokor, chap yurak koronar arteriyasi asosiy stvolini bekituvchi ateroskleroz, barcha effektiv davolash usullariga qaramasdan kasallikning oqibati juda noqulay holatda ekanligi va buni aortakoronar shuntlash orqaligina yaxshilash hamda bemorning hayotini saqlab qolish haqidagi fikrni ma'qullaydi.

Miokard funksiyasining yaxshi bo'lishida birgina toj arteriyasining boshqacha joylashuvi bemorlarni xirurgik davolash oqibatiga ozroq darajada ta'sir ko'rsatadi. Biroq bunda ham muolajani bemorning sub'yektiv holatini yaxshilashda tomirlar hurujini to'liq to'xtatilishi hisobga olinadi.

“Chegara holatlari” tushunchasi kardiologiya, onkologiya, gastroenterologiya, urologiya va boshqa holatlarda keng tarqalgan bo'lib, muhim deontologik mazmunga egadir. Bu aspekt hozirgi davrning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Aholi orasida kasalliklarning dastlabki shakllarini aniqlashda yillik dispanserizatsiya masalasi sog’liqni saqlash sistemasining muhim vazifalaridan biridir. Bunda shifokor kasbiy javobgarligining har xil tomonlari, moral-etik normalariga asoslangan shifokorning qarashlari, uning tekshiriluviga bo'lgan munosabati, shifokor tomonidan qabul qilingan qarorga bemorning reaksiyasi, shifokorning tavsiyalari va maslahatlari, davolash profilaktika chegaralari, mehnat aktivligi, oiladagi hulqi va boshqa masalalar aniq keltirilgan.

Terapevtik amaliyotida markaziy o'rinda chegara gipertoniya masalasi markaziy o'rinni egallab, bu holat o'zining mohiyati, aniqligi, namunaviy davolash - profilaktika muolajalari mezonlarining aniqligi bilan farqlanadi. Barcha keltirilgan masalalar hozirgi davrgacha intensiv ilmiy tekshirishda o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Bu holat qanday darajada odam sog’lig’iga havf tug’diradi? Mana shu bosh savolni yechishda shifokor bemorga imkoni boricha o'z javobini izohlashga harakat qiladi.

Bunday savollarga javob berishda kasallik tarixidagi ma'lumotlar, oilaviy anamnez, yosh va kasbiy statusidan tashqari mahsus tekshiruv natijalari (yurak, buyrak, markaziy nerv sistemasi, ko'z soqqasi va boshqalarning holatiga alohida ahamiyat beruvchi funksional sinamalar) hisobga olinadi. Faqatgina kasallikni keyinchalik rivojlanish imkoniyatiga olib keluvchi faktorlar kuzatilganda bemorlar va ularning sog’lig’iga xavf tug’diradigan holatlarda kerakli davolash-profilaktika tavsiyalari beriladi. Bunda yuqoridagi holatlar bemorning kasbiy va sotsial aktivligiga ta'sir qilmasligi, uning kundalik hayotiga noqulaylik bag’ishlamasligi va nihoyat, o'ziga, o'z rejimi va fizik holatiga e'tibor berishligi talab qilinadi. O'rta va keksa yoshdagi bemorlar bilan aloqa paytida shifokorlarda anchagina murakkab holat kuzatiladi. Bunda qon bosimining biroz va vaqtinchalik oshishi ateroskleroz kasalligining ko'rinishi bo'lib, bu anchagina aktiv davolash - profilaktika muolajalarini o'tkazishni talab qiladi. Bemorga nisbatan bunday vaziyatda shifokorning axloqiy taktikasi tibbiyot motivatsiyasi va bemorning individual hususiyati hisoblanilib, bunda qator psixologik, professional, sotsial-maishiy faktorlar, fizik rivojlanish darajasi va boshqalarni o'z ichiga oladi.

Yangi davolash usullari qo'llanilganda shifokorda muhim muammo paydo bo'ladi. Ma'lum etapda hayvonlarda tajriba o'tkazish yakunlanganda, ba'zan tajribada sinalgan usulni klinik amaliyotida sinab ko'rishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda deontologik qoidalarga amal qilish talab etiladi. Bu tekshiruvchidan muhim javobgarlikni talab qiladi.

Yangi davolash metodini havfsizligini tasdiqlash klinik tekshirish bilan bog’liq deontologik masalalar rolini kamaytirmaydi. Ba'zan bunda yangi usulning effektivlik darajasi yetarlicha bo'lmasligi va bemorlar ma'lum zarar ko'rishi mumkin. Agar ular yangi usulni sinashga qatnashmagan bo'lsa, boshqa dorilarni qabul qilganlarida (oldin sinalgan dorilar) tezroq effektiv yordam olgan bo'lardilar va b.q.lar.

Yangi davolash usullarini qo'llashdan maqsad qo'llanilayotgan usullarning talabga javob bermasligi tufayli eksperiment natijalarini klinik sinovdan o'tkazishda yangi usulning effektivligini tasdiqlashdan iboratdir.

Bemorni yangi foydalanilgan usul haqidagi ma'lumot bilan tanishtirishda, bu usulni amaliyotda sinab ko'rilishi to’g’risida xabardor qilish masalasi paydo bo'ladi. Ko’pchilik mamlakatlarda yangi preparat qabul qilayotganligi to’g’risida bemorni xabardor qiladilar. Biroq buning motivlari ma'lum darajada tibbiyot nuqtai nazaridan emas, balki yuridik fikrlashdan iborat bo'lib, shifokorning ekonomik va moddiy manfaatdorligiga qaratilgandir.

Haqiqatan ham davolovchi shifokor uchun bemorni ma'lum darajada jur'at qilishlilikka ishontirishga ko'p mehnat talab qilinmaydi. Preparatning klinik sinovigacha bo'lgan darajasi, uning ta'siri harakteri, kasallikning o'ziga xos hususiyati, yaxshi ma'lum bo'lgan va sinovdan o'tayotgan dorilarning davolash effektivlik darajasini bemor, shifokor tomonidan keltirilgan ma'lumotlarga asoslanadi.

Bizning mamlakatimizda shunga o'xshagan huquqbuzarliklar ta'qiqlangan, biroq bemorlarni sog’lig’ini saqlashni yaxshilashga qaratilgan fanning rivojlanishi uchun zarur bo'lgan bemorlarni davolashda davolash uchun olinadigan dorilar haqidagi ma'lumotlardan xabardorligi masalasi hozirgacha ochiqligicha qolmoqda.

Deontologiya nuqtai nazaridan qaralganda diagnostik usullar va davolash vositalari to’g’risidagi masalada amaliyot tibbiyoti va fanning rivojlanishiga yangi yangi tekshirish va davolash usullarini ishlab chiqilishini talab qiladi. Bunda shifokorning hozirgi zamon diagnostik usullariga munosabati uni baholash va davolashni amalga oshirishda xavflilik darajasiga qarashlari kasbiy xabardorligini o'zgartiradi. Shubhasiz, bunday usullardan foydalanish masalasi muhim diagnostik axborot olishga yo'naltirilgan bo'lib, bu ma'lum darajada effektiv davolash taktikasini tanlashga to’g’ridan to’g’ri bog’liq bo'ladi.

Masalan, yaqin davrgacha davolash muolajasining shakli sifatida patologik jarayon bilan bo'shlig’i toraygan qon tomirini yetarlicha effektiv mehanik kengaytirishini tasavvur qilib bo'lmas edi. Biroq hozirgi davrda ham ayrim mutaxasislar bu usulga sergaklik bilan munosabatda bo'lmoqdalar. Bu ularning yetarlicha amaliy tajribasiga ega emasligi, ushbu usulni qo'llanilishining texnik va klinik hususiyatlarini yetarlicha o'zlashtirmaganligi natijasida yurak va buyrak tomirlarida radikal davolash hamda diagnostik muolajalarni foydalilik darajasini to’g’ri baholay olmasligi bilan bog’liq bo'ladi.

Shifokorlarning to’g’ridan to’g’ri bemorlar bilan o'zaro aloqasida deontologik qoidalarga rioya qilinishi muhim ahamiyatga egadir. Biroq uni amalga oshirishning o'ziga xos hususiyatlari mavjud. Muammoning deontologik aspekti 2 etapda tasavvur qilinadi:

- qidiruv deontologik va davolash - reabilitatsion etap. Bu etapning asosiy klinik usuli - bemordan so'rash usuli. Bunda deontologik talab shifokor vazifasining birligi bilan aniqlanadi:

1) maksimal ishonchli aloqa o'rnatish orqali bemorning shaxsi haqida to’liq ma'lumotga ega bo'lish, kasallik tarixi, shikoyati, bemorning individual hususiyati, hayotidagi voqealar haqida aniq tasavvur hosil qilish;

2) bemorda ortiqcha hayajonlanishini kamaytiruvchi va muvaffaqiyatli davolanishga ishonch tug’dirishni amalga oshiruvchi umum-shifokorlarga xos psixoterapiyani amalga oshirish.

Ikkinchi etapda shifokor tomonidan qo'llaniladigan usullarning hajmi kengayadi. Bemor hulqining o'ziga xos hususiyatlari va shifokorga ma'lum bo'lgan bemorning odatlariga qarab shifokor o'z taktikasini belgilaydi. Bu bemorda yoqimsiz hissiyot uyg’otsada davolashda foydali effekt ko'rsatishi mumkin. Masalan, shifokor bemorning ovqatlanish xarakteri va oshqozon-ichak kasallari bilan o'zaro sababiy bog’liqlik nuqtai-nazardan qaralganda agar bemor davolashdan bosh tortganida kasallik holatining og’irlashuvi va ko'ngilsiz hodisalar sodir bo'lishligini izohlaydi.

Shifokor bilan bemorning suhbati imkoniyat boricha bemalol, erkin o'tkazilishi zarur. Shifokorning bemorga hurmatli munosabatda bo'lishi, e'tiborliligi, kasallik haqidagi his-tuyg’ulariga qiziquvchanligi muhim deontologik ahamiyatga egadir. Bunda shifokorning o'ziga ishonchliligi, bemorni hurmatlashi unga qo'shimcha kuch bag’ishlab shifokorga va umuman tibbiyotga ishonchini mustahkamlaydi.

Shifokorning vaqt yetishmasliligiga qaramasdan bemorni toqat bilan eshitishi uning deontologik qarashi bo'lib, bu bilan faqatgina psixoterapevtik vazifanigina bajarib qolmasdan, balki bemorga “to’liq gapirish” va undagi barcha hayajonlanishni kamaytirish hamda asoslangan klinik tashxis qo'yish imkoniyatini yaratadi. Bemor ko'pincha o'z shikoyatini bayon qilishida aniq ma'lumotlarni chalkashtirib gapiradi. Bu o'z navbatida shifokorning noto’g’ri xulosaga kelishiga sababchi bo'ladi. Biroq, bemor tomonidan aytilgan, har xil ko'rinishda gapirilgan holatlar shifokorga bir yoqlama xulosaga kelishni oldini olishga ko'maklashadi.

Bemorga nisbatan rasmiy munosabatda bo'lishlik ham shifokorlar xatosining ehtimollilik darajasini keskin oshiradi.

Oxirgi yillarda aktiv rag’batlantiruvchi shaxsiy qarashlar ham bemorlar o'zaro munosabatining kardinal deontologik prinsipi bo'lib, shifokor bilan bemor orasidagi aloqaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Tibbiyot hodimlarining bir-birlari bilan o'zaro munosabatlari deontologik aspekti prinsiplariga alohida to'xtalib o'tish ham maqsadga muvofiqdir. Oxirgi yillarda bu to’g’risida ko'p gapirilgan va yozilgan bo'lsa-da deontologik prinsiplarni buzilishi haqida hozirgacha aniq ma'lumotlar keltirilmagan. Rahbar bemorning ishtirokida o'z qarashlarini ular tomonidan o'tkazilgan davolash usullari to’g’risida obro'sizlantirmasligi zarur. Bunda shifokorning obro'sini tushishi keyinchalik kasallikni muvoffaqiyatli davolashga salbiy ta'sir qilib, bemorda shaxsiy xarakterlar bo'lgan taqdirda yatrogen kasalliklar shakllanishi mumkin.

Boshqa mutahassislardan farqli o'laroq ichki kasalliklar klinikasida bunday holatda shifokorning hamkasblariga konsultativ yordam uchun ko'rsatmasi muhim ahamiyatga egadir. Organizm butunligi prinsipini dialektik nuqtai nazaridan qaralganda tibbiyotning bo'limlarga bo'linishida mutahassislik yo'nalishining torayishi tufayli ularning bir-biri bilan o'zaro aloqasi ham mustahkam bog’langandir. Shifokor o'z obro'yini saqlanishi va shakllanishida shu soha bo'yicha murakkab savollarni yaxshi tushunadigan hamkasblariga murojaat qilmasdan deontologik prinsipga rioya qilmagani uchun ham shifokorlar xatosining ko'payish ehtimoli kuchayadi.

Deontologiya masalasi professional terapevt kabi uchastka terapevti faoliyatida ham muhim ahamiyatga egadir. Istagan odamning tibbiyot va sog’liqni saqlash amaliyoti bilan tanishuvi ilmiy-ommabop leksiya, radio yoki televizion eshittirishlar orqali tibbiyot sohasining yutuqlarini targ’ib qilishdan boshlanmasdan, balki sog’likni saqlashning birlamchi bo'g’inidagi uchastka terapevtining vazifasiga ko’proq to'xtaladi. Bunda ko'pincha bemorning sog’lig’i haqidagi bosh masalani yechishda javobgarlik shifokor-terapevtga yuklatilib, kasakllik qanday darajada bemorning mehnat va maishiy aktivligiga to'sqinlik qilishi, hayotiy odatlariga ta'sir qilishi, yaqinlari va tanishlariga o'zaro ta'siri har tomonlama uning e'tiborida bo'lishi zarur. Avvallari sog’lom hisoblangan odamning hayotidagi muhim psixologik burilishdan biri kasallikni tan olinishi bo'lgan. Bunda bemorda birinchi marta poliklinika, tibbiy-sanitariya bo'limi, qishloq shifokorlik punktiga murojaatida shifokor-terapevti bilan aloqasida qanday taassurot qoldirishligi ko'pincha davolash tibbiyoti, uning imkoniyatlari va sog’liqni saqlash sistemasiga bog’liq bo'ladi.

Sog’liqni saqlashning birinchi bo'g’ini etapida, xuddi ko'zgudagidek, barcha yutuq va kamchiliklar “shifokor-tibbiy hodim” sistemasida yaqqol ko'zga tashlanadi. Bunda shifokorni kasbiy tayyorlanish sifatiy tomonlari, uning diagnostik va davolash usullariga hozirgi zamon talablariga muvofiq yondashishi, kasal bilan kerakli aloqa bog’lashligi, shifokor bilan bemor o'rtasida normal psixologik muhit yaratilishi muhim deontologik prinsiplarning asosini tashkil qiladi.

Huddi shu tarzda bemorni davolashda muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik ko'zga tashlanib, faqatgina to’g’ri tashxis qo'yilishigagina emas, balki unga asosan davolash, shuningdek barcha profilaktik xarakterdagi tadbirlarni amalga oshirish hamda bemorning mehnat qobiliyati, aktivlik hayotiy pozitsiyasini aniqlashda o'z samarasini ko'rsatadi.

Shu nuqtai nazardan deontologik prinsiplar asosida ommaviy dispanserizatsiyaning maqsadi va sabablarini ishlab chiqishda sotsial va individual profilaktikaga ahamiyat beriladi.

Bunday hollarda kasalliklarni oldini olish muammolari ko’pchilik hollarda individual holatlarga bog’liq bo'lib, davolashning effektivligi bemorning shifokor topshiriq va tavsiyalarini qanchalik aniq hamda to’liq bajarishiga bog’liqdir. Bunga mehnat rejimi va dam olish, ovqatlanish, badan tarbiya kabilar kirib, shifokorlar hozirgacha anchagina qiyinchiliklarga uchraydilar.

Shunday qilib, kasalliklarni oldini olishda tibbiyot hodimlari oldida deontologik xarakterdagi murakkab muammolar ko'zga tashlanadi.

Terapevtlarga ko'pincha bemorlar va sog’lom odamlar har qanday odamni to'lqinlantiradigan, favqulotda muhim muammolar bilan murojaat qiladilar. Ularni aholiga to’g’ri tushuntirish haddan tashqari muhim ahamiyatga egadir. Masalan, keksalik muammosi. Tabiiyki, shifokor bilan uchrashgach, ko’pchilik u yoki bu axborotni olishga harakat qiladi. Bunda har bir odam hayotni o'limsiz tasavvur qilishlik mumkin emasligini albatta tushunadi.

Biroq, shifokor suhbat, ma'ruza va individual gaplashish paytida o'zining suhbatini shunday tuzishi kerakki, tinglovchi o'z hayot tarziga odilona yondashishda “yoshartiruvchi” parxez, “yoshlik eleksiri”ga alohida ahamiyat berishi, demokratik jamiyatda sog’lom turmush tarzining ta'siri haqidagi ma'lumotlarga ziyraklik bilan qarashligi talab etiladi.

Sog’lom turmush tarzini tashviqot qilish oddiy masala bo'lib qolmasdan, balki maxsus tibbiyot bilimlarini tinglovchilar e'tiboriga tushunarli ravishda ommabop holatda tushuntirishdan iboratdir. Afsuski, ba'zan shifokorlar quruq dabdabali so'zni aytilishi bilan chegaralanib, lektorlik ishi usuliga ahamiyat bermaydilar. Shuning uchun ham siyqasi chiqqan gaplarning “effektivlik darajasi” shifokorlar, olimlar tomonidan o’qilgan fikrlar, ilmiy asoslanmagan so'zlarning aytilishi deontologik nuqtai nazaridan ham odob-axloq qoidalariga to’g’ri kelmaydi.

Sanitariya-targ’ibot profilaktika ishlarini har bir shifokor, tibbiyot hodimi doimo o'rganib borishi zarur, chunki profilaktika, ayniqsa individual profilaktika tarbiyaviy muammo bilan chambarchas bog’liq bo'ladi. Faqatgina kasallikni oldini olishda emas, balki davolashda ham kerakli natijaga erishib bo'lmasligini tibbiy yordam olish uchun murojaat qilgan bemorni ongiga singdirib borilishi zarur.

Shifokor bemorni yoki profilaktik ko'rikdan o'tayotgan sog’lom odamni ishontirishda istagan imkoniyatlardan foydalanishi, bemorning sog’lig’i va hayoti uchun shifokorning tavsiyasiga engiltaklik bilan harashi, shifokorga kech murojaat qilishi, bemorning kam aktivligi, chekish va spirtli ichimliklar ichish, haddan tashqari ko'p ovqatlanish, tartibsiz hayot tarzi, nerv-psihik ortiqcha taassurotlarning muhimligi haqida ma'lumot berishi talab qilinadi.

Birlamchi tibbiy yordamning klinika, ilmiy tekshiruv institutlarining terapiyaga aloqador bo'limlari tomonidan ko'rsatiladigan yuqori malakali va mahsus hizmat ko'rsatishning bog’liqligi shifokorlar uchastkasidan boshlanadi. Shuning uchun ham asosiy talab uchastka shifokori - terapevtga qaratilib, u keng diagnostik, davolash va sotsial-profilaktik muammolarni hal qilishda yetarlicha malakaga ega bo'lishi zarur. Bunday sharoitda shifokorning aktivlik diapazoni jiddiy ravishda kengayadi va qiyinlashib, kasbiy faoliyatdan uzoqlashadi. Uchastka shifokorining vakolati kengayib, u davolash-diagnostik va profilaktik jarayonlariga qatnashadi. Ixtisoslashtirilgan kabinetlar, profilaktik bo'limlar profilli klinika va bo'limlar yordamiga tayangan holda ish olib boradi.

Sanoat korxonalarining tibbiy sanitariya bo'limlari o'ziga xos hususiyatga ega bo'lib, u qishloq shifokorlik punktlari faoliyatidan farqlanadi.

Shifokorning faoliyati va bemor bilan o'zaro munosabati umumiy deontologiya qoidalariga asoslangan bo'lib, uning maishiy faoliyati ma'lum darajada rejali ishlab chiqarishga bo'ysunadi va mavjud kompleks sog’lomlashtirish tadbirlarini hisobga olgan holda, profilaktoriya, kechki statsionar, shahardan tashqaridagi dam olish uylari va boshqa lar orqali amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan sharoitlar ular tomonidan tavsiya qilingan davolash-profilaktika usullarini amalga oshirishda katta ishonch bilan shifokorning pozitsiyasini jiddiy mustahkamlaydi va bemorda kasallik oqibatini yaxshi bo'lishi va mehnat faoliyatini saqlanishiga ishonch tug’diradi. Bunga oila a'zolari va atrofdagilarning kayfiyati hamda psixologik muhit sababchi bo'ladi. Shifokor-terapevt zo'r ehtiyotkorlik bilan ishlab chiqarishda yuzaga keladigan zararli faktorlar ta'sirida (agar ular bo'lgan taqdirda) kasbiy kasalligi mutahassisiga murojaat qilishligi zarur.

Qishloq shifokorlik uchastkasidagi shifokorning vazifasi ma'lum sababga ko'ra o'ziga xos bo'lib, bu ko'pincha qishloq aholisi mehnat va hayotining o'ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Qishloq uchastkasi - bu shifokorni tayyorlashda, uning axloqiy sifatlarini shakllanishi, dunyoqarashi va sezgi burchi, bemorning taqdiri uchun yuksak javobgarligi, diagnostik va davolash masalasida qator tashkiliy va kasbiy savollarni mustaqil amalga oshirishdagi muhim etapdir. Shuning uchun ham studentlik amaliyotini qishloq tuman kasalxonasi, poliklinikasi, feldsherlik-akusherlik punktida o'tkazilishi va shifokorga to’liq mustaqillik berilishi bejiz emas. Shubhasiz, davolash - diagnostik va davolash - profilaktikasini o'tkazishda barcha masalalarni yechishda javobgarlik shifokorning zimmasiga yuklatiladi.

Qishloq shifokor-terapevti kasbiy aktivligining diapozoni shahar shifokorinikiga qaraganda kengroq bo'ladi. Mahsus jihozlangan xirurgiya bo'limi bo'lganida qishloq shifokor-terapevti kasalxonada xirurg bo'lmagan taqdirda shoshilinch va kichik xirurgiya doirasida yordam ko'rsatishi mumkin. Qishloq shifokor-terapevtining ishtirokisiz akusherlik va ginekologiya hizmati bajarilmaydi. Qishloq kasalxonasidagi shifokorining aktivlik doirasi uchastkada profilaktik, sanitar-gigienik va boshqa shifokor faoliyatiga bog’liq bo'lmagan tadbirlar o'tkazilishini taqozo qiladi.

Yuqorida keltirilgan holatlarni hisobga olgan holda uchastka shifokor-terapevti faoliyatining deontologik tomonlarining o'rni va ahamiyatiga e'tibor qaratiladi.

Biroq bu faoliyat amaliyotda har doim ham to’lig’icha amalga oshirilaveradimi, agar bo'lmasa, uning bu jarayonni chegaralanishi yoki vazminligi, ob’yektiv qiyinligi nimaga bog’liq bo'ladi?

Ulardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz. Bizning fikrimizcha, bosh masala shaxsiy sifatlar, bemorni sog’lig’ini saqlash va ularga effektiv tibbiy yordam ko'rsatishdagi shifokorning kasbiy va fuqarolik burchi hisoblanadi. Bunday shifokorlarga Gipokrat qasamiga sodiq sog’liqni saqlash sistemasida ishlaydigan shifokorlar kiradi. Shunga qaramasdan qator sabablarga ko'ra, masalan, yetarlicha umumiy tayyorgarligi yo'q, shifokorlik mutahassisligi to’g’risida studentlik yillarida shakllantirilmagan aniq deontologik tushuncha to’g’risida tasavvurga ega bo'lmaslik uchastka shifokor-terapevti ishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Bu ko'pincha shifokorning ishi ko'pligi bilan baholanilib, tibbiyot hujjatlarini to'lg’azish uchun vaqt yetishmasligi, bemorni uyiga borish uchun transportni bo'lmasligi bilan bog’liq bo'ladi.

Bunday aspektlarni muhokamasi tibbiyot deontologiyasi sohasida shifokorlarni tayyorlashda talabalarni o'qitish jarayoniga yetarlicha ahamiyat berilmaganligi natijasi ekanligini ko'rsatadi.

Shifokorning kasbiy tayyorlanishida ishining oshib ketishligi yoki yiqilib qolishligi kuzatiladi. Ko'pincha bunday holat ma'lum darajada shakllanuvchi mutaxasisning tarbiyasiga deontologik nuqtai nazaridan rasmiyatchilik bilan yondashishni talab qiladi. Bu o'z navbatida shifokorlik jarayoni bilan uzluksiz va organik bog’langan bo'ladi. Haqiqatan ham shifokorning axloqiy hususiyatlari talabalik yillarida shakllanib, uning tarbiyasi bo'lajak kasbga qo'yilgan talablarga to’liqicha javob berishi, har tomonlama gormonik rivojlanuvchi mutaxasisni demokratik ruhda tarbiyalash asosiy vazifalardan biridir.

Deontologiya muammosi benihoya kengdir. Buni tushuna turib uning ayrim tomonlarini ma'lum ma'noda ta'riflash mumkin. Shifokor-terapevt faoliyatida deontologik muomalani amalga oshirishni ikki hususiyatiga e'tiborni jalb qilamiz.

Birinchi xususiyat - azoblanishning ko'p tarmoqliligi bo'lib, bu bilan bemorlar shifokor-terapevtga murojaat qiladilar, bu shifokorning chuqur sermulohazaligi hamda bemor organizmini to’lig’icha tasavvur qilishligini talab qiladi. Boshqa tibbiyot fanlariga qaraganda terapevtik kasalliklarining klinik ko'rinishi o'zining individualligi bilan farqlanib, davolash va diagnostika masalasida ko’proq deontologiya qoidalariga rioya qilinishini talab qiladi.

Ikkinchi hususiyati - ichki kasalliklar kasalxonasidagi kasalliklarning barcha ko'rinishlari bilan bevosita ifodalangan holatlari bilan bog’liqligidir. Bunda shifokorning psixoterapevtik malakasi uning kasbiy mahorati komponenti bo'lib, shaxsiy sifatlari darajasini belgilovchi muhim faktorlardan hisoblanadi.

Bemorning taqdiri uchun yuqori fuqarolik javobgarligi bilan yuqori kasbiy tayyorgarlikning bog’liqligi - bu ikki “daraja” har bir tibbiyot hodimi, birinchi navbatda shifokor uchun majburiy deontologik talab bo'lib, bu mamlakatimizda hozirgi zamon talabiga javob beradigan tibbiyot hodimlarni tayyorlashda doimo e'tiborga olinishini talab qiladi.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish