Huquq va deontologiya asoslari



Download 0,84 Mb.
bet7/12
Sana18.02.2017
Hajmi0,84 Mb.
#2789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Nazorat savollari:

1. Travmatologik va ortopedik bemorlar shaxslararo munosabatlarining deontologik hususiyatlarini ko’rsating.

2. Birlamchi ambulatoriya yordami uchun murojaat qilgan bemorga travmatologik punktida travmatolog-ortoped shifokorining deontologik o'rni nimada?

3. Davolash usulini ambulatoriya sharoitida tanlashda bemorning shaxsiy xususiyatlari, mehnat faoliyati, xarakteri va ijtimoiy reabilitatsiya usullari hisobga olinadimi?

4. Keksa va qari yoshdagi bemorlarni travmatolog-ortoped shifokori davolashida qanday deontologik taktika hisobga olinadi?

5. Bolalarni ambulatoriya sharoitida davolashda travmatolog-ortoped shifokorining deontologik burchini ko'rsating.

6. Harakat-tayanch apparatidagi kosmetik funksional buzilishini oldini olishda bola va uning qarindoshlarini tayyorlashda shifokor qanday deontologik masalalarga amal qilishi zarur?

7. Ommaviy jarohatlanish paytida voqea sodir bo'lishida tibbiyot hodimlarinig jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko'rsatishining deontologik hususiyatlari qanday bo'lishi kerak?

8. Kasalxonaning qabul bo'limida jarohatlanuvchini qabul qiluvchi shifokorning bemorni qarindoshlari bilan suhbatini deontologik asoslarini tasvirlang.

9. Reanimatsiya bo'limidagi travmatologik bemorlarni davolashda reanimatsiya jarayoning psixologik va etika- deontologik jihatlarini ko'rsating.

10. Bemorning harakat-tayanch apparatidagi patologik o'zgarishlarni davolash va baholashdagi deontologik hususiyatlarini ta'riflang.

11. Yuqori xirurgik havfi bo'lgan bemorlarni davolashda ortoped shifokoriga qanday deontologik talablar qo'yiladi?

12. Kasalxonada uzoq muddatda davolanishda bolalar shifokor - ortopediga xos deontologik hususiyatlarni ayting.

13. Bemorni operatsiyaga tayyorlashda qanday deontologik masalalar muhim rol o'ynaydi?

14. Tibbiy hamshira va sanitarkaning tayanch - harakat apparati kasalliklari va jarohatlanishlarini parvarishlashdagi deontologik prinsiplari qanday bo'lishi kerak?

15. Janjalli holatlarda axloqiy normalar buzilishi va deontologik xatoliklarda travmatolog-ortoped shifokorining vazifasi nimada?

16. Talabalarni mustaqil o'qitishda etika va deontologiya normalarini o'zlashtirish uchun kafedrada qanday sharoit yaratilgan bo'lishi kerak?

17. Amaliy mashg’ulotlar va mustaqil ishlashlari uchun talabalar qanday deontologik qoidalarga rioya qilishlari zarur?


4.5. Akushеrlik va ginеkologiyaning dеontologik asoslari.

Akusherlik va ginekologiya hizmati O'zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash sistemasida nihoyatda muhim o'rinni egallaydi. Uni tashkil qilish qator harakterli hususiyatlar bilan ajralib turadi. Bu akusherlik ginekologiya mutaxasisligi bo'yicha ishlaydigan barcha tibbiyot hodimlari ishining mazmuni va yo'nalishi bilan belgilanadi va bunga muhim talab qo'yiladi. Bunga faqat anchagina hozirgi zamon effektiv usullari, profilaktika, diagnostika hamda davolash vositalari kiribgina qolmasdan, balki sog’liqni saqlash sistemasida ayollar, onalar va bolalar sog’lig’ini saqlash sohasida ishlovchi shifokorlarning kundalik etik normalarga rioya qilishlari ham talab qilinadi.

Akusherlik va ginekologiya fani va amaliyotinig muhim hususiyatlaridan biri uning perinatologiya bilan bog’liqligi bo'lib, uning asosiy mazmuni homiladorlikning uchinchi trimestrida homila haqidagi, tug’ish payti va chaqaloqlikning birinchi kunidagi ma'lumotlardan iboratdir. Homilador va tuqqan ayolni kuzatish hamda ularga tibbiy yordam ko'rsatishda akusher - ginekolog (akusherka) bunday ishning har bir davrida ikki patsient bir vaqtning o'zida faqatgina onani emas, balki homilaning manfaatlarini ham hisobga olishi zarur. Bunday talab fiziologik va homiladorlikning asoratsiz o'tishi, tug’ish va tuqqandan keyingi davrda eng muhim hisoblanadi. Homilaning rivojlanishi va chaqaloqning sog’lig’i uchun akusher-ginekologik muassasasining tibbiyot hodimiga huddi onaning homiladorlik va tug’ishni yaxshi oqibati uchun javobgarligi singari vazifa qo'yiladi.

Akusherlik va ginekologiya ham pediatriya, terapiya va xirurgiya kabi tibbiyot fanlari qatoriga kiradi. Akusherlik va ginekologiya yordami ommaviy bo'lib, u respublikamizning har xil shaharlari va qishloq joylarida shu yordamga muhtoj ayollarga ko'rsatiladi. Barcha ayollar homiladorlik davrida akusher - ginekologlar va akusherkalar dispanser qaramog’ida turadi; barcha homilador ayollarga akusherlik shifokorlik statsionarida tug’ish imkoniyati ta'minlanadi; ginekologik bemorlar ambulatoriya yordami, kerakli paytda esa statsionar tibbiy yordami oladilar. Shu bilan birgalikda ko’pchilik hollarda akusherlik va ginekologiya yordami shoshilinch bo'lib, bu kasalxonaning akusherlik - ginekologiya bo'limi va tug’ruqxonalarda shoshilinch operativ muolajalar o'tkazishga doimo tayyor turishlikni taqozo qiladi. Akusherlik va ginekologiya yordamining ommaviyligi va shoshilinchligining harakteri aholiga maksimal yaqinlikni belgilashi uchun ham qishloq aholisi faoliyatida eng muhim ahamiyatga ega bo'lib, bu o'z navbatida doimiy takomillashtirilishni talab qiladi.

Homilador, tug’ayotgan, tuqqan ayollar va ginekologik kasalliklari uchun davolash - profilaktika yordami tug’ruqxonada, kasalxonaning akusherlik va ginekologiya bo'limida, boshqa davolash muassasasining tarkibiga kiruvchi ayollar konsultatsiyasida, qishloq joylarida ambulatoriya, fel’dsherlik-akusherlik punktlari va vaqtinchalik tashkil qilingan tuman tug’ruqxonalarida ko'rsatilishi mumkin.

Akusherlik-ginekologiya amaliyotida deontologik qoidalarga rioya qilish muhim ahamiyatga egadir. Bu avvalambor shu bilan xarakterlanadiki, bunda akusherlik-ginekologiya muassasalari hodimlari homilador ayollarga tug’ish paytida, shuningdek ginekologik kasalliklariga davolash profilaktika yordamini ko'rsatishda insonlar hayotidagi intim tomonlariga ham duch keladilar va ko'pincha qo'yilgan vazifalarga u yoki bu o'zgartirishlar kiritilishi talab qilinadi. Tabiiyki, bunday yordam ko'rsatishda tibbiyot hodimi yordami doirasi yuqori madaniyatli gapga tushunadigan, qobiliyatli, muhim odoblilik sezgisiga asoslangan bo'lishi kerak.

Akusherlik-ginekologik va akusherlik faoliyatida yuqorida keltirilgan moral-etik qoidalarga rioya qilinishi faqat to’g’ridan to’g’ri xotin qizlarni sog’lig’ini saqlashdagina emas, balki ularni oilasini mustahkamlash, onalik baxti va bolaning hotirjamligini ta'minlashning muhim garovidir.

Akusherlik va ginekologik yordamning o'ziga xos hususiyati ko’pchilik hollarda tibbiyot hodimi bilan bemor ayollarning bir-birini tushunishi masalasidir. Avvalambor shuni eslatish zarurki, har bir ayol akusher-ginekolog qabuliga borishda unda ma'lum darajada uyalish, noqulaylik, ba'zan qo’rquv sezgisi paydo bo'ladi. Bunday holat ko’proq tug’magan yosh ayollarda, ayniqsa ularning davolovchi shifokori yoshroq erkak kishi bo'lganida ko'zga tashlanadi. Akusher-ginekologik tekshiruvidan o'tuvchi ayollarning bunday hayajonlanishi terapevt, xirurg va boshqa tibbiyot mutaxasisligidagi tekshirishlarida o'zining hususiyatlari jihatidan keskin farqlanadi. Ginekologik tekshirishlar ayollar uchun, odatda, yoqimsiz, ba'zan “qo'rqinchli” va hatto og’riqli muolaja hisoblanadi. Ayrim hollalda ginekologik ko'rikni o'zi ham ayrim bemor ayollarda kuchli hayajonlanish tuyg’usini chaqiradi. Buni akusherlik va ginekologik muassasalarida ishlaydigan tibbiyot hodimlari unutmasliklari zarur. Bunday holat shifokorlarning amaliy faoliyatida yaxshilab o'ylangan va ginekologik tekshiruvdan o'tuvchi ayollar uchun barcha yetarli imkoniyatlar yaratilgan bo'lishi kerak.

Ginekologik bemorlarni shifokorning kabinetidagi ko'rigi paytida akusherkaning qatnashishi shart hisoblanilib, u shifokorning ish faoliyatida yordamlashadi va uning qatnashuvi bemorni tinchlantiradi. Albatta, bu shifokorning ayol kishi bilan yolg’iz, guvohsiz, shuningdek akusherkasiz gaplashishidan istisno emas. Bunday hollarda akusherka qanday holatda va qachon uning kabinetida bo'lishi ortiqcha ekanligini doimo esdan chiqarmasligi kerak.

Akusherlik va ginekologik muassasalarida shu soha bo'yicha ishlaydigan hodimlar faoliyatida shifokorlar sirini saqlash masalasi muhim o'rinni egallaydi. Akusher-ginekologga (akusherkaga) ishonadigan ayollarning sirlari o'z mazmuni jihatidan har xil bo'ladi. Bemor ayollar ko'pincha begonalar va o'z tanishlaridan sir saqlabgina qolmasdan , balki ko'pincha o'z yaqin qarindoshlaridan ham, ayniqsa erlaridan ham sir saqlaydilar. Masalan, oldin ham ayolda homiladorlik holati bo'lishi, jinsiy organlarida operatsiya o'tkazilganligini ko'rsatuvchi belgi va boshqalar. Tibbiyot hodimi bunday hollarda bemorning hoxishini doimo bajarishi shart hisoblanadi. Deontologik talablar har xil tipdagi akusherlik - ginekologik muassasalar, shuningdek, bitta muassasa bo'limida ishlaydigan hodim uchun ham bir xil bo'lishi mumkin emas. Akusher-ginekologlar va akusherkalar tibbiyot deontologiyasi va etikasi to’g’risidagi ma'lumotlarni tibbiyot institutlari va kollejlarida o'qish davrida olsalar, o'zlarining amaliy faoliyati davomida shakllantiradilar. Bu davrda shifokor o'zi tanlagan kasbi bo'yicha olgan bilim va tajribalarini o'z bemoriga yuqori axloqiy munosabatlar asosida tadbiq qiladilar. Davlat profilaktika muassasalari tibbiyot hodimlari, jumladan, tibbiyot deontologik prinsiplarini saqlanishida butun javobgarlikni barcha ishlar bo'yicha muassasa rahbariga, shuningdek bo'lim boshliqlari va laborotoriya boshliqlariga yuklatiladi. Ular o'zlariga bo'ysunuvchi hodimlarning kasbiy darajasi, saviyasini oshirishga ko'maklashibgina qolmasdan, balki kamtarlik, munosabatda oddiylik, hushmuomalalik, ishda o'rtoqlariga nisbatan adolatlilikni shakllanishida ham o'z hissalarini qo'shadilar. Deontologik tarbiyalash va o'z-o'zini tarbiyalash masalasi ham to’g’ridan to’g’ri hozirgi zamon tibbiyot fani va amaliyoti yutuqlari bilan tanishish jarayonida yangi apparaturalar, laboratoriya tekshiruv usullaridan foydalanishni o'rganish jarayonida amalga oshiriladi. Bunga onalik va perinatal o'limning barcha holatlarini tanqidiy tahlili, shuningdek kasallikning oqibatidan qat'iy nazar og’ir patologik holatlar eklampsiya, bachadonni yirtilishi (yorilishi), chaqaloqlarni og’ir kalla-miya jarohatlanishi va boshqalar kiradi.

Hodimlarning deontologik tarbiyasida eng muhim ahamiyatli masala hizmat yig’ilishlarida ayollar va qarindoshlarining tibbiyot muassasasi ishidagi kamchiliklar to’g’risidagi ariza va shikoyatlarini ko'rib chiqilishi hisoblanadi. Bunday holat faqat tibbiyot hodimlari malakasining yetarli darajada bo'lmasligigina emas, balki tibbiyot hodimlarining o'z burchiga sidqidildan yondashmasligi, bemorlar va ularning qarindoshlari bilan yaxshi aloqa o'rnata olmasligi, ayrim hollarda aniq antideontologik hulqi bilan bog’liqdir.

Shifokorlar, akusherkalar, tibbiyot hamshiralari va kichik tibbiyot hodimlari har xil hizmat-instruktiv, yuridik va tarixiy materiallardan foydalanadilar. Bunday materiallarga avvalambor O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini burchi va huquqlarini ko'rsatuvchi qonuniy aktlar, shuningdek aholini sog’lig’ini saqlash va ayniqsa, onalik va bolalikni himoya qilish to’g’risidagi hukumatimiz qarorlari kiradi. Tibbiyot va boshqa mutaxasis vakillarining tinglovchilar bilan uchrashuvlarida shifokorlarning burchi haqidagi masala, shuningdek har xil davrlarga aloqador moral-etik ma'lumotlar teksti katta qiziqish bilan qabul qilinadi. Akusherlik-ginekologiya amaliyotiga mos masalada Gipokrat, Abu Ali Ibn Sino va boshqalarning mulohazalari muhim ahamiyatga egadir. Ko'pgina bunday mulohazalar zamonamizning tushunchalariga yaqindir.

Tibbiyot hodimini deontologik tarbiyalash jarayonida akusherlik ginekologiya sohasidagi ulug’ olimlarning hayoti va faoliyati to’g’risidagi biografik ma'lumotlarni keltirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, V.F. Snegiryovning hayoti va faoliyati haqida gap ketganida uni faqat yetuk olim, klinitsist emas, balki o'z ishiga sitqidildan hizmat qilishida ayollar, onalar va bolalar sog’lig’ini saqlashdagi hizmatlarini alohida esga olish ahamiyatlidir.

Tibbiyot hodimlari o'z burchlarini sitqidildan bajarishlarida o'zining barcha faoliyatida demokratik axloq qoidalariga tayanishi, shuningdek, Vatan tibbiyoti traditsiyalarini saqlash va rivojlantirishda tibbiyot hodimlarining mardonovor hamda Ulug’ Vatan urushi yillaridagi og’ir va havfli hizmatlarini doimo unutmaslik masalasi yosh tibbiyot hodimining yuksak insonparvarlik burchidir.

O'zbekiston Respublikasida sog’liqni saqlashni rivojlanishini hozirgi davrida aholini dispanserizatsiya sistemasiga tayyorlash va o'tkazish masalasi juda muhimdir. Bu qoidani amalga oshirish, har xil yoshdagi, jumladan o'smirlikdan tortib, to keksalikgacha bo'lgan ayollarga davolash - profilaktika hizmatini ta'minlashda ayollar konsul’tatsiyasi shifokorining o'rni kattadir. Konsul’tatsiya uchun murojaat qiluvchilar orasida ko’pchilik o'rinni homilador ayollar egallaydi. Ularga dispanser hizmati ko'rsatilishining effektivlik va bosh mezoni homiladorlik va tug’ish oqibatini yaxshilash masalasi bo'lib, bunda ayollar konsul’tatsiyasidagi akusher-ginekologlar, terapevt va akusherkalarning hizmatlari alohida ahamiyatga egadir. Bular oldidagi muhim javobgarlik masalasi akusherlik va perinatal potologiyasini oldini olish (kamaytirish)dan iboratdir.

Homilador ayollarga dispanser hizmati ko'rsatishning muhim komponentlaridan biri ayollar organizmi spetsifik funksiyasini maksimal tanglik davrida ayollar sog’lig’ini saqlash, homiladorlikni yaxshi o'tishi va perinatal patologiyani oldini olish uchun maxsus sharoit yaratilishiga qaratilganligidir.

Umumiy sog’lomlashtirish tadbirlariga ayollarni tug’ishga fiziopsixoprofilaktik tayyorlash, shaxsiy gigiena talablariga qat'iy rioya qilinishiga ishontirish, maishiy va uy rejimi qoidalariga amal qilish masalalari kiradi. Homilador ayolga istagan tibbiyot vositalari tayinlanayotganida nihoyatda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilinishi zarur, chunki ko'pgina dorivor moddalar yo'ldosh orqali o'tib, homilaga havfli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ayniqsa homiladorlikning dastlabki muddatida muhim ehtiyotkorlik talab qilinadi. Bu davrda embrion har xil jarohatlovchi faktorlarga juda ham sezuvchan bo'ladi.

Akusher-ginekologning vazifasiga ayollarni o'z sog’lig’i va bo'lajak bolani sog’lig’iga javobgarligi asosida tarbiyalash masalasi kiradi. Har bir ayol o'z organizmida homiladorlik paytida kuzatiladigan o'zgarishlar haqidagi tasavvurga ega bo'lishi, homiladorlik va homilaning rivojlanishiga yoqimli yoki yoqimsiz ta'sir ko'rsatuvchi faktorlar bilan tanishuvi; homiladorlikning har xil muddatida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilinishini bilishi zarurligi talab qilinadi.

Ayniqsa balog’atga o'tish davrida, masalan, jinsiy yetilishdan to generativ funksiyani to'xtashigacha bo'lgan davrdagi ayollarga nisbatan deontologik prinsiplarga rioya qilinishida katta e'tiborlilik muhim ahamiyatga egadir. Ko’pchilik ayollarda klimaks fiziologik holatda o'tib, bunda hayz ko'rish masalasi sekinlik bilan pasayadi, keskin o'zgarishsiz va klinik belgilarsiz o'tgani uchun ham davolashni talab qilmaydi. Shu bilan birgalikda ayrim ayollar bu davrda o'z hayotiy jarayoni, xatto normal o'tishida ham juda og’ir hayajonlanadi. Ular “keksalik” yaqinlashayapti deb hisoblaydilar. Bunday hollarda akusher-ginekologning ayollarga nisbatan munosabati juda aniq bo'lishi zarur. Bunday ayollarni tinchlantirishga hojat yo'q, ular bunga muhtoj ham emas. Ularga klimakterik davr to’g’risida aniqroq tushunarli shaklda bu davrda ayollar organizmida qanday jarayonlar kuzatilishi to’g’risida axborot berilishi lozimdir. Ularning o'zlari tushunishi va o'zlashtirishi lozim bo'lgan muhim masala, bu davrda ayollar ish qobiliyatini yo'qotmasligi, shaxsiy hayotida qadrsizlanmaganligini his qilishi, klimaks bu yetuklik davrining sekinlik bilan o'tish davomi, keksalik emasligini tasavvur qilishi zarur. Klimaksning o'tish davri ko’pchilik hollarda ayollarning o'ziga bog’liq bo'ladi. Ularga ma'lum qoidalarga rioya qilinishi va organizm tonusini oshiruvchi faktorlardan foydalanish masalasi taklif qilinadi.

Akusherlik statsionarda tug’ayotgan, tuqqandan keying ayollarga, homiladorlarga, shuningdek, chaqaloqlarga malakali akusherlik yordami ko'rsatishda deontologik prinsiplarga rioya qilinishi muhim ahamiyatga egadir. Psixologik nuqtai nazaridan ayollar doimo to’g’ridan to’g’ri birdaniga kasalxonaga yotishga harakat qiladilar. Shuning uchun ham imkoniyati boricha ularni qabul - ko'rik bo'limida ortiqcha ushlab turilmasligi kerak. Faqat ayrim hollarda tug’ayotgan homilador ayollarni qabul-ko'rik bo'limida anchagina uzoqroq muddatda saqlab turishga to’g’ri keladi. Bu ayolni haqiqatan ham shu kasalxonaga yotqizilishi yoki tibbiyot ko'rsatmasiga binoan boshqa davolash - profilaktika muassasasiga o'tkazish talab qilinishi zarurligi to’g’risidagi masalani yechishda muhim ahamiyatga egadir. Bunday hollarda odatda konsul’tativ hal qilish muammosi tug’iladi. Ayollarni boshqa davolash muassasasiga transportda tashish bosh shifokor, uning yordamchisi yoki tug’ruq bo'limining ruhsati, agar ular bo'lmasa javobgar navbatchi akusher-ginekologning qarori bilan amalga oshiriladi. Boshqa muassasaga o'tkazilishi to’g’risidagi masalaning sababini ayol kishining o'ziga hamda uni kuzatuvchiga sinchiklab tushuntiriladi. Bunday hollarda transportirovka jarayonida maksimal ehtiyotkorlik talab qilinadi.

Tibbiyot hodimi va bemorning o'zaro aloqasida ularning birinchi uchrashuvidayoq shifokor ishonchlilik va hotirjamlilik muhitini saqlanishida yetakchi o'rinni egallashligi zarur.

Har bir tug’ruqxona (akusherlik statsionari) shunday tashkil qilinishi zarurki, bunda sutkaning istagan vaqtida unda yotuvchi ayollar va bolalarga tez tibbiy yordam ko'rsatish imkoniyati yaratilgan bo'lishligi ko'zda tutiladi. Bunga ko’pchilik hollarda katta tug’ruqxonalarda kechayu-kunduz shifokorlar navbatchiligining tashkil qilinishi, anesteziologik- reanimatolog hizmati yordamlashadi.

Tug’ruq bo'limi hodimiga o'ziga xos katta talab qo'yiladi. Bu avvalambor akusherlik kasalxonasida ishlovchi javobgar navbatchi akusher ginekologga aloqadordir. Bunday navbatchilikka ishonchlilik hozirgi zamon diagnostika va davolash usullarini har tomonlama o'zlashtirgan bo'lishligi bilan xarakterlanadi.

Navbatchi shifokordan tug’ruq faoliyati harakteri hamda tug’adigan ayol va homilani dinamik kuzatish talab qilinadi. Tibbiyot fani va texnikasining hozirgi zamon yutuqlari bu to’g’risida eng muhim ob’yektiv axborotlar, xususan, kardiomonitorlardan foydalanishni taqazo qilmoqda. Bu ayniqsa ayollarda tug’ruqni boshqarishda juda muhim bo'lib, perinatal patologiyada yuqori havfli guruhlarda, xususan, homila oldi suyuqligining erta yoki muddatidan oldin ketishi, tug’ruq faoliyati anomaliyasida, onasida ekstragenital kasalliklar paytida, og’irlashgan akusherlik anamnezida (masalan, o'lik tug’ilish davrida) muhim ahamiyatga egadir.

Boshqa mutaxasislar singari akusher-ginekolog ham tantanali qasamyod qabul qilishida “shifokor qasamyodida” agar talab qilinsa bemor manfaatlari uchun istagan paytida maslahat va yordamdan bo’yin tovlamaslikka da'vat etilganligi fikrimizning isbotidir.

Ginekologik statsionar, shuningdek ayollar konsul’tatsiyasi va akusherlik kasalxonasi ishining o'ziga xosligi bemorlarni kasalxonaga kelishidan to chiqishiga qadar deontologik qoidalarga qat'iy rioya qilinishini talab qiladi.

Keyingi davrda ginekologiya bo'limlarining material-texnik bazasi anchagina yaxshilandi. Ularni hozirgi zamon davolash-diagnostik apparatlari bilan yaxshigina jihozlantirilishi tufayli fanning yangi yutuqlari amaliyotda keng qo'llanilmoqda. Biroq diagnostika va to’g’ri tanlangan davolash jarayonida asosiy va muhim o'rinni shifokorning klinik fikrlashi egallaydi. Faqat chuqur ma'suliyatli shifokorgina u yoki bu holatni to’g’ri baholashi va to’g’ri qaror qabul qilishi mumkin. Hozirgi zamon fani va amaliyoti yutuqlariga asosan akusherkalar va hamshiralar doimo o'z bilim hamda amaliy ko'nikmalarini shakllantirib borishlari zarur.

Shuni unutmaslik zarurki, hozirgi davrda bemorlar savodli, bilimdon bo'libgina qolmasdan, balki tibbiyot sohasi bo'yicha ma'lumotli bo'lishligi ham zarurdir. Shuning uchun ham bemorga undagi kasallikning mohiyati va ko'zlangan tekshiruv usullari hamda davolashni tushuntirishda bu savollarga aniq ishonishi zarur, aks holda uning fikricha shifokor bemor uning kasalligi to’g’risida hira tasavvurga egaligi yoki kasallikni haqiqiy xarakterini yashirishga harakat qilayotgandek sezgi tug’iladi. Buning natijasida uyqusining buzilishi, tinchsizlik holati paydo bo'lib, bu davolash jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Akusher-ginekolog birinchi chaqirishdayoq bemorni ko'rish uchun borishga majburdir. Ginekologik kasallarni kasalxonaga tushishida shifokor hushmuomalalik bilan uning umumiy holatini sinchiklab o'rganishi, ayniqsa, mahsus anamnezi bilan ehtiyotkorlik asosida to’liq tanishib chiqishi zarur. Anamnez yiqilib ko'rikdan o'tkazilgandan so'ng, qin orqali tekshirilgach, shifokor tezlikda bemorni qabul qilish davrida ko'rsatiladigan tibbiy yordamning hajmi haqidagi masalani hal qiladi va bemor kerakli xonaga yotqiziladi (operativ yoki konservativ davolash yoki abort bo'limiga).

Ginekologik statsionarda manipulyatsion (muolaja) xonasi bo'lib, bu faqat bitta ginekologik kresloga mo'ljallangani uchun ham unga alohida deontologik talablar qo'yiladi, chunki bir vaqtning o'zida bir xonada ikki bemorni ko'rish va ular bilan suhbatlashish deontologik nuqtai nazaridan yo'l qo'yib bo'lmaydigan hodisadir.

Bemor bilan uning kasalligi haqida suhbatlashish va anamnez yiqilishi paytida iloji boricha kam miqdordagi hodim (davolovchi shifokor, kabinet hamshirasi, ayrim hollarda shifokor bilan boshqa mutaxasislarning birgalikdagi ko'rigi) qatnashishi zarur. Tibbiyot hodimining deontologiyaga qarshi hulqi bemor bilan suhbatlashishdagi buyruq tarzidagi ohangidir. Bemor ayol muolaja xonasiga ko'zdan kechirilish uchun chaqirilganida yoki qandaydir muolaja qilinayotganida shifokorni hech kim chalg’itmasligi, hech bir aloqasiz gaplar va boshqa ishlar haqida gapirilmasligi talab qilinadi. Faqatgina osoyishta va ishga aloqador suhbat shifokor bilan bemor ayol orasida yaxshi aloqa o'rnatilishi uchun muhim vosita hisoblanadi. Agar shifokorning fikri bo'yicha qin orqali tekshirish og’riqli bo'lsa (bachadondan tashqaridagi homiladorlikka shubha tug’ilganida, bachadon va naylarning o'tkir yallig’lanishida) anesteziolog taklif qilinib hozirgi ingalyatsion anestitiklardan biri bilan og’riqsizlantiriladi. Shunday “kichik” ginekologik operatsiyalar, masalan, qin orqa sohasining funksiyasi, bachadon bo'yin kanali va bachadon bo'shlig’idan qirindi olish, laparoskopiya va boshqalar og’riqsizlantirilishsiz amalga oshirilmaydi. Og’riqli muolajalar bemorni ruhiyatini jarohatlab, ularni shifokorga ishonchliligini kamaytiradi.

U yoki bu operativ muolaja usullari yaxshi asoslangan va kasallik tarixida yozilgan bo'lishi kerak. Agar barcha mavjud davolash usullari ushbu kasallikni davolashda foydali bo'lmasa operativ usuli haqidagi masala yechiladi. Bunday hollarda o'zini bemorni o'rniga qo'yib, haqiqatan ham bu usulni o'zi yoki yaqinlari uchun ham muhimligini his qilgan holda buning zarurligi yoki zarur emasligi to’g’risidagi hulosaga keladi.

Operatsiyadan oldingi operatsiyaga tayyorlash davrida, operatsiyadan keyingi davrda bemorga qarashning o'ziga xos hususiyatlari haqida tushuntiriladi. Masalan, siydik pufagi - qin teshigi tikilgandan keyin siydik pufagiga doimiy yoki ma'lum oraliq vaqt ichida kateterlash masalasi yoki ureter plastikasida siydigi to'xtamay qolganida va boshqalarda shifokorning taktikasi haqidagi masala muhim ahamiyatga egadir.

Ayol kishi o'tkazilishi lozim bo'lgan operatsiyaning hajmi, nima uchun bachadonini amputatsiya yoki ekstirpatsiya qilinishi, radikal operatsiya o'tkazilishi zarurligi haqida ishontiriladi. Bemor bilan suhbat shunday davom ettirilishi kerakki, bunda u o'zida haqiqatan ham yomon sifatli o'sma bo'lmasligiga ishonishi zarur. Bemor davolanishdan bosh tortgan taqdirdagina shifokor to’g’risini aytish huquqiga ega bo'lib, uning fikricha faqat operatsiya jarayonigina yaxshi natija berishi mumkinligiga ishonch hosil qiladi. Shifokorning o'ziga noo'rin haddan tashqari ishonishi masalasida bemorni xirurgik operatsiyaga yetarlicha tayyorlanmaganligi qarama-qarshi holat bo'lib, shifokorlar etikasiga zid holatdir. Nisbatan kam uchraydigan operatsiyani bajarilishi haqida gap ketganda, agar shifokor bu operatsiyani o'zi qila olmasa, u albatta bu ayolni malakali yordam ko'rsatuvchi mutaxasisga jo'natishi zarur.

Operatsiya bloki ishining ham o'ziga xos deontologik hususiyatlari mavjud. Haqiqatan ham, operatsiya hamshirasi va anesteziolog narkoz berish hamda operatsiyani boshlanishi uchun tayyor bo'lganidagina bemor operatsiya xonasiga olib kelinishi tavsiya etiladi. Bemorni operatsiyadan oldingi xonada va operatsiya boshlangunicha operatsiya stolida uzoq muddatda bo'lishi kechirib bo'lmaydigan holdir.

Operatsiya xonasidagi ishning muhim deontologik prinsipi kamgaplikdir. Operatsiya xonasida qo'pollik qilish, qichqirish, har xil mavzularda gaplashish chidab bo'lmaydigan holatdir. Operativ muolajalarni o'tkazishdagi kasbiy muhokamalar maksimal ehtiyot bo'lishlikni talab qiladi, chunki bemor ayol operatsiyaning ma'lum etapida uning uchun kutilmagan axborot olishi mumkin.

Operatsiyadan keyingi davrda barcha bemorlarni bajarilgan operatsiyani hajmi masalasi qiziqtiradi. Bunday ma'lumotni faqat shifokor berishi mumkin. Tibbiyot hamshirasi, kichik tibbiyot hodimi operatsiyaning hajmi, operatsiya jarayonining o'tishi, oqibati va bo'lajak asorati to’g’risida bemor bilan muhokamasida hech qachon qandaydir tushuntirish berishga haqli emas. Agar operatsiya vaqtida operatsiyaning hajmi mo'ljallashtirilgandan kengaygan taqdirda shifokor kasal tuzalganidan keyin uni organini olib tashlash zarur ekanligini tushuntirishi lozim. Bunday hollarda hech bir nohush hodisa haqida gap yuritmasligi talab qilinadi. Begona shaxs va bemorlarga tibbiyot hujjatlari bilan tanishishga ruhsat berilmaydi, chunki, unda kasallikning harakteri va operatsiya muolajasining hajmi ko'rsatilgandir.

Ginekologiya bo'limida ishlaydigan tibbiyot hodimidan bemorlarning shikoyatini chidamlilik bilan eshitishlari talab qilinadi, chunki ularning kasalligi ko’pchilik hollarda uzoq muddatgacha davom etadi. Qisqa muddat oralig’ida va yetarlicha informativ tekshiriluvida to’g’ri tanlangan davolash usuli shifokor va bemorni bir-birlari o'rtasida o'zaro aloqa o'rnatilishiga yordamlashadi.

Ginekologiya bo'limida aniq ko'rinadigan joyda hozirgi zamon homiladorlikka qarshi vositalar ko'rgazmasi tashkil qilinishi, abortning zarari haqidagi mavzu bo'yicha tibbiyot byulleteni osib qo'yilishi maqsadga muvofiqdir. Ayollarga, onalik baxti mavzusidagi plakatlar katta psixologik ta'sir ko'rsatadi. Istagan profilli ginekologik statsionarlarda davolangan bemorlarni kasalxonadan chiqarilish paytida ambulatoriya sharoitida o'tkaziladigan reabilitatsiya usullari, mehnat va dam olish rejimi to’g’risida aniq maslahatlar berilishi maqsadga muvofiqdir. Bu o'z navbatida har xil janjalli masalalarni hal qilishda muhim deontologik holat hisoblanadi.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish