Huquqbuzarlik, uning belgilari va turlari. Huquqbuzarlik – jamiyat uchun xavfli bo`lgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik). Bunday qilmish qonun bilan muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar etkazishi yoki zarar etkazish xavfini tug`dirishi mumkin. Huquqbuzarlikning asosiy belgilari:
1) Ijtimoiy xavflilik-huquqbuzarlik jamiyatning qadriyatlariga tajovuz qiladi, xususiy va ijtimoiy manfaatlarni poymol etadi, jamiyat hayotining maromiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
2) Huquqqa zidlik-huquqbuzar qonunda yoki huquq normasida belgilab qo`yilgan taqiqni buzadi.
3) Ayblik-huquq normasini yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo`lgan shaxs buzadi va shaxs bu harakatni qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etadi.
4) Jazolanish-ma`lum huquqbuzarlik uchun uni sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishi.
Huqubuzarlik turlari:
1) Fuqarolik-huquqiy (majburiyatni bajarmaslik, moddiy zarar yetkazish);
2) Ma`muriy (mayda bezorlik) ;
3) Intizomiy (ishga kelmaslik, kech qolish);
4) Jinoiy (odam o`ldirish, o`g`irlik).
Adabiyotlar:
Saidov A.,Tadjihanov U.Davlat va huquq asoslari. Toshkent, 1999 yil
Saidov A., TadjihanovU.,Odilqoriev H. Davlat va huquq asoslari.Toshkent, 2002yil
Islomov Z.,Mirhamidov M. Huquqshunoslik. Toshkent, 2002 yil
Tadjihanov U.,Odilqoriev H. Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent, 2002yil.