Humoyun va akbar


U M A R Q U T, Q A N D A H O R



Download 1,25 Mb.
bet8/36
Sana22.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#572068
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
avlodlar dovoni ziyouz com

U M A R Q U T, Q A N D A H O R
AKBAR VA YETTI ONA

Maydalab yog‘ayotgan iliq yomg‘ir sahro issiqlarida qaqrab ketgan tanlarga rohat berardi. Agra va Gujarat tomonlarda haftalab tinmaydigan yomg‘ir­larning bir cheti yashil vohaga joylashgan Umarqutga ham yetib kelmoqda edi. G‘arbdagi Arab dengizi uncha uzoq emas, janubdagi Aravalli tog‘laridan oqib keladigan soylar Umarqut atroflarida tiniq ko‘llar paydo qilgan. Ularda o‘sgan oltinrang nilufarlarni jimir-jimir to‘lqinlar mayin tebratib turibdi. Shahar­ning xurmozorlari, zaytunzorlari, kadxil deb ataladigan non daraxatlari yomg‘ir suviga qonib yashnab ket-gan.


Umarqut rojasi Virsal Prasadga Humoyunday ittifoqdosh juda kerak edi. Sind hokimi shoh Husayn arg‘un Prasadning keksa otasini o‘ldirgan, Jun daryosi bo‘yidagi yerlaridan anchasini tortib olgan edi. Humoyunni ham Bhakkardan quvgan shoh Husayn hozir ularning umumiy dushmaniga aylangan edi. Shuning uchun Virsal Prasad Humoyunni iliq qarshi oldi, Umarqut qal’asi ichidagi katta bir bog‘ni ikki qavatlik jimjimador ko‘shki bilan Humoyun va Hamida bonuning ixtiyoriga berdi.
Bog‘da anbuli degan hind xurmosi, baland sersoya mahvalar, mevasi shaftoli bilan norinjning ta’mini eslatadigan mango daraxti, hidi odamga g‘alati tetiklik beradigan josun va kanir gullari orasta qilib o‘sti­rilgan edi.
Bog‘ egasi Virsal Prasad qirq yoshlarga kirgan, qop-qora mo‘ylovini uzun qilib, yonoqlariga burab o‘stirgan, yelkasi keng, bo‘ydor kishi edi. Ovozi ham yo‘g‘on, kuchli, faqat taajjubki, shunday polvontaxlit erkak bo‘yniga yirik-yirik marvarid donalaridan uzun marjon taqib olgan, qulog‘ida ham olmos sirg‘a yiltirar edi. Bu yerlarda hukmdor erkaklarning qimmatbaho taqinchoqlar taqishi joiz ekanini humoyun bilardi. U Rana Virsalga oltin, dur va la’l bilan ziynatlangan xanjarni kamari bilan taqdim qildi. Sovg‘adan mamnun bo‘lgan Virsal:
— Bu yerda siz hech narsadan xavotir olmang, — dedi. — Sherxon uch yuz mil narida. Orada Ajmir, Mevor, Jaudxir bor. Ammo roja Mal Deva ahmoqlik qilibdiki, Sherxonga yon bosib, sizni unga tutib ber­moqchi bo‘libdi. Sherxon hali uning o‘zini tuttirib boshini kesdirgay.
— Sherxon Rayzin* qal’asini ham olgan emishmi, maharoja?*
— Ololmas edi. Qal’a hokimi Puran Mal to‘rt oygacha Sherxonga darvozani ochdirmagan. Agar Puran Malni aldashmasa, Rayzin hali taslim bo‘lmas edi. Axir Gvalior qal’asini Sherxon ikki yil deganda zo‘rg‘a oldi-ku!
— Puran Malni kim aldabdir?
— Sherxon siz bilan yolg‘on sulh tuzgani kabi Puran Malga ham elchi yuborib, yarashishni taklif qilibdir. «Rayzin qal’asini topshirsang, senga Ganga bo‘yidagi Banorasni bergaymen, moli joning omon bo‘lur», deb avrab, axiyri ishontiribdir. Bechora Puran Mal qal’ani unga topshirib, xaylxonasi bilan tashqariga chiqqanda Sherxonning odamlari va’dani buzib hujum qilibdir. Puran Malning o‘zini o‘ldiribdi, ayollarini asir qilib, mol-mulkini talab ketibdir.
— Dunyo g‘alati ekan-da! — dedi Humoyun og‘ir tin olib. — Yomonlik qaytgay, deyishadi. Lekin ba’zi odamlar yomonlik qilganlari sari ishlari taraqqiy topgay. Sherxon ham yomonlik yoqadigan toifadan ekanmi? Roxtas qal’asini ham Krishna Royning yaxshiligiga yomonlik qilib egallagan edi. Hiyla-yu nayrang ishlatgan sari qudrati oshib bormoqda.
— E, hazrati oliylari, makr-u hiylaga asoslangan qudrat uzoq umr ko‘rmagay.
— Kim bilsin, maharoja? Sherxonning islohotlaridan raiyat mamnun emish. Uning aqliga, tadbirkor­ligiga tan berganlar ko‘p. Kanaujdagi jangda Sherxonning harbiy jihatdan ustun kelganiga men ham tan berdim.
Rana Virsal Humoyunning bu achchiq haqiqatni qiynalib aytganini sezdi-yu, unga tasalli bergisi keldi.
— Sherxonning harbiy ustunligi hozir yana ham o‘sgan. Lekin harbiy ustunlik — pulga yollanadigan qo‘shin selday tez ko‘payib, yana selday tez tugashi mumkin. Ma’naviy ustunlik — har qanday sharoitda ham mard, tanti, insofli bo‘la olish qobiliyati. Bu ustunlik daryo suvi kabi buloqlardan, qor suvlaridan, irmoqlardan yig‘ilib, ko‘payadi. Ishonamenki, Sher­xondagi selday muvaqqat ustunlikdan ko‘ra, sizdagi ma’naviy ustunlik daryoday uzoq umr ko‘rgusidir.
Rana Virsal fors tilini yaxshi bilar, lekin Humoyun uning hurmati uchun ko‘proq hindcha tilda gaplashar va mezbonning yaxshiliklarini qanday qilib qaytarishni o‘ylar edi.
Umarqutning janubida Gujarat, shimolida Sind va shimoli sharqda Rajastxon joylashgan. Atrofdagi bu viloyatlarning hammasiga nisbatan bir necha barobar kichik bo‘lgan Umarqut — o‘zicha bir mustaqil davlat, qo‘shini ham o‘ziga yarasha oz, Shoh Husayn arg‘un Jun daryosi bo‘yidagi Umarqutga qarashli joylarni bosib olib, o‘z mulkiga aylantirganiga bir yil bo‘ldi. Ammo bosib olingan qishloqlardagi rajputlar shoh Husayn qo‘yib ketgan zolim amaldorlardan bezor bo‘lgan, Rana Virsalga vakillar yuborib, Umar­qutga qaytadan qo‘shilish istagini bildirishmoqda. Rananing o‘zi ham otameros yerlarni bosqinchilardan ozod qilish niyatida ikki mingdan ortiq qo‘shin to‘plagan.
Humoyun Rana Virsalning shoh Husaynga qarshi yurish qilish niyati borligini eshitdi-yu, «biz ham yordamga borsakmikan?» deb beklari bilan maslahat qildi.
Biroq Humoyunning mingga yaqin navkarlari sahrodan o‘tib kelguncha juda abgor bo‘lgan, ko‘pla­rining ot-ulovi yo‘q, kiyimlari to‘zigan. Umarqutda yegulik narsalar arzon, bir rupiyga ikkita qo‘y berar, ammo ulov qimmat, yaxshi otni yuz rupiyga ham olish qiyin. Humoyun xazinasida qolgan oltinlarini chamalab ko‘rsa, muhtoj navkarlarga ot olib berish va maosh to‘lashga yetmaydi. Xufiyalar unga Turdibekda ikki sandiq oltin borligini aytishdi. «Sizning xizmatingizda yurib shuncha boylik orttirgan, siz uning oltinini musodara qilib, navkarlarga ulashishga haqlisiz», deganlar ham bo‘ldi.
Lekin Humoyun o‘ng besh yildan beri o‘z xizmatida yurgan Turdibek Turkistoniyga yomonlik qi­lishni istamas edi. Turdibek dag‘alroq va mumsikroq bo‘lsa ham, shuncha yildan beri sadoqat saqlab kelar, Tar sahrosidan o‘tish azobini ham birga kechirgan edi. Shuning uchun Humoyun uni xirgohga chaqirib ikki yuz ming rupiy oltin qarz so‘radi.
Turdibek tezda javob bermay, ajin tushgan pesho­nasini ishqadi, siyrakkina cho‘qqi soqolini ezg‘iladi.
— Hazratim, axir xazinangiz bor-ku.
— Xazinaga kon bitsinmi, bek. Agradan chiqqanimizdan beri daromad yo‘q. Nuqul sarfladik. Nav­karlarga durustroq maosh to‘lashim kerak. Ot qimmat. Yaxshi kunlar kelsa qarzingizni ortig‘i bilan qaytargaymen.
— Ortig‘i bilan? Ya’ni, qancha ortig‘i bilan qaytarursiz?
Humoyun Turdibekni hazil qilyapti deb, ko‘zlariga qaradi, yo‘q, bekning qalin qovoqlari orasidan qarab turgan qo‘ng‘irtob ko‘zlari ham, siyrak mo‘ylovi tagida qimtilib turgan labi ham jiddiy edi.
— Xo‘p, o‘zingiz qancha ortig‘i bilan olishga rozisiz?
— O‘nga o‘ng ikki.
Humoyun ikki yuz ming rupiyni ikki yuz-u qirq ming qilib qaytarishini o‘ylaganda sudxo‘rlar esiga tushdi. Lekin hali u buncha pulni qaytaradigan bo‘lguncha bir yil o‘tadimi, besh yilmi — kim biladi? Turdibek ham ana shuni o‘ylab baland narx qo‘ygan edi.
— Nachora? Mayli, nasib qilsa o‘nni o‘n ikki qilib qaytargaymen...
Shu tarzda qarz olingan pulning yuz mingi Humoyun bilan sahro azobini boshdan kechirgan barcha odamlarga maosh tarzida ulashildi. O‘zlariga ot va harbiy anjomlar olgan bek-u navkarlar xotinlari va qizlariga taqinchoqlar ham sovg‘a qilishdi. Chunki Umarqutga Arab dengizi yaqin bo‘lgani uchun uning bozolarida dengizdan olingan durlar, sadaflar va marjonlar juda arzon edi.
Mezon kirgach, yoz issiqlari tugab, havo ham juda latif bo‘lib qoldi. Odamlar damini olgach, Humoyun Rana Virsal bilan uchrashib:
— Ota yerlaringizni qaytib olishingizda biz sizga yordam bermoqchimiz, — dedi. — Barcha bek-u navkarlarimiz sizning qo‘shiningiz bilan birga yurish qilishga tayyor.
Rana Virsal Hamida bonuning og‘iroyoq ekanini bilar, xotinidan «mehmon begimning oy-kuni yaqin emish», deb eshitgan edi. Shuning uchun Virsal Humoyunning gapidan xiyol taajjubga tushib:
—Begimni... qoldirib ketgaymisiz? — dedi.
— Ha, yuzga yaqin odam begimning xizmatida bo‘lgay, maharoja, biz sizning oilangizga xuddi o‘z oilamizga ishongan kabi ishonurmiz.
bu gapdan ta’sirlangan Rana Virsal:
— Undoq bo‘lsa, men ham sizga o‘z qo‘shinimni ishonib topshirgaymen. Mening ikki ming rajput yigit­larimga inim Sudxir Prasad boshliq. Siz esa ham o‘z askarlaringizga, ham bizning qo‘shinga bosh sarkarda bo‘ling.
— Ishonchingizdan minnatdormen, maharoja!
Shu qaror bo‘yicha harbiy yurishga jo‘nashdan oldin Humoyun Hamida bonu bilan bog‘da xayrlashdi. Bodom gullarini eslatadigan besh barglik xushbo‘y kanir gullari yonida Hamida ma’yuslanib ko‘ziga yosh oldi:
— Og‘ir paytda meni tashlab ketmoqdasiz...
— Men ota-bobolarimizdan qolgan udumga binoan ketmoqdamen, Hamida! Esingizda bordir, turkiy ulusda onaning oy-kuni yaqinlashsa ota biron yoqqa irim qilib ketmog‘i kerak. To chaqaloqning chillasi chiqmaguncha men uzoqroqda yursam sizga ham, bolaga ham yaxshilik tilagan bo‘lur ekanmen.
— bu udumni men ham olurmen. Lekin yana urush xavfi...
— Urush emas... Rana Virsalning ota yerlaridan bosqinchilarni quvmoqchimiz, xolos. Ora uzoq emas, chopar bir kunda borgay.
— Bo‘lmasa xabar yuborib turing.
— Xo‘p. Sizdan ham xushxabar kutgaymen!..
Humoyun va’dasiga amal qilib, uch kun o‘tgach, Turdibekni Umarqutga yubordi. U keltirgan xabarga binoan, Humoyun bilan Rana Virsalning birlashgan qo‘shini shoh Husayn arg‘unning Jun daryosi bo‘yiagi qo‘shinini yengib, yetmish mil nariga uloqtirib tashlabdi. O‘nlab qishloqlar istilochilar zulmidan qutilib, yana Umarqutga qayta qo‘shilibdi.
Bu xushxabar butun shaharda katta shodiyonaga sabab bo‘ldi. Rana Virsal gulshodalar bilan bezatilgan filga minib Humoyunga minnatdorchilik aytish uchun Jun daryosi bo‘yiga ketdi. Uning xotini Umarqutdagi beva-bechoralarga xayr-u ehson ulashdi. Shaharning barcha ibodatxonalarida brahmanlar ulug‘ yazdon Shiva va rajputlarga homiy ma’buda Kali haykallari poyida sadaqalar qilishdi, muqaddas gurunchga saryog‘ qo‘shib tayyorlangan taomlarni, shirinliklarni qavmlarga yedirishdi.
Mana shunday shodiyonalar davom etayotgan kuni peshinda, Hamida bonuni to‘lg‘oq tuta boshladi. Humoyun uning ixtiyoriga tashlab ketgan odamlar orasida tajribali doya xotin ham bor. Bu ozoda, epchil, o‘rta yashar ayol Mohim bibining o‘tgan oyda tug‘ilgan va Adham deb ot qo‘yilgan o‘g‘liga, Jajji bibi­ning Aziz deb atalgan o‘g‘liga doyalik qilgan, hamma uni «qo‘li yengil» deb maqtar edi.
Lekin Hamida bonuga kelganda bu doyaning epchilligi ish bermay qo‘ydi. Hamida bonu besh soat qiynaldi. Sababini keyin bilishsa, bola favqulodda yirik ekan. Doya esa boshqa yomon xayollarga borib vahi­maga tushdi. Hamida bonu zo‘riqib ko‘zlari xonasidan otilib chiqquday bo‘lar, «yordam beringlar», deb zorlanar edi...
Kech kirib, qorong‘i tushdi. Sokin osmonda to‘lin oy ko‘rindi. Hamida bonu esa hamon qiynoqda. Maslahat so‘raylik deyishsa, Humoyun yo‘q. Hami­daning onasi yordam so‘rab Rana Virsalning xotiniga bordi. O‘ttiz yoshlardagi bu go‘zal ayolning o‘zi ham to‘lg‘oq azobini boshdan kechirgan, emizikli qizchasi endi ikki oylik bo‘lgan edi. U o‘ziga doyalik qilgan ellik yashar chaqqon bir ayolni chaqirtirdi-yu, Hamida bonuning onasiga qo‘shib yubordi.
Tashqarida iztirob chekib o‘ltirgan Xo‘ja Muazzam:
— Musulmon podshosining farzandiga g‘ayridin doyalik qilsa gap-so‘z bo‘lg‘ay! — deb avval bu doya­ni ichkariga kirgizmadi.
— Bularni ham xudo bizdek inson qilib yaratgan!— dedi qizning otasi Mirbobo Do‘st. — Hozir din-u millat ayiradigan payt emas, Hamida bilan bolaning hayoti xavf ostida.
Shu payt ichkaridan muslima doya sarosima bo‘lib chiqdi.
— Bo‘lmayapti, aylanay xo‘jam! Chappa kelmasin deb qo‘rqamen!
Shundan keyin Xo‘ja Muazzam ham yon berdi-yu, hind doyasiga:
— Marhamat, tezroq kiring! — dedi.
Yuvinib, toza kiyinib kelgan hind ayoli Hamida bonuga o‘ng tomondan yaqinlashdi-da, o‘z tilida qandaydir duoni pichirlab o‘qidi. Uning ozg‘in qoramtir qo‘llarida biron sehri bor ekanmi, besh-olti daqiqa uringandan keyin to‘satdan chaqaloq ingasi eshitildi.
Hamida bonuning yumuq ko‘zlari charaqlab ochildi. Nazarida, shift va devorlar lopillab yurib ketayotganday ko‘rindi. O‘zining tanasi esa parday yengil bo‘lib qoldi. Biroq bosh ko‘tarib bolaga qarashga majoli yo‘q. O‘g‘ilmi, qizmi? Doyalar shuni aytguncha o‘tgan bir lahza Hamida bonuga benihoya uzoq tuyuldi. Nahot qiz bo‘lsa? Shuning uchun aytgilari kelmayaptimi?
— O‘g‘il! — deya xitob qildi birinchi doya. — Muborak bo‘lsin, begim! Polvon o‘g‘il tug‘dingiz! Nechun bu qadar qiyin bo‘ldi desam, juda do‘lvor ekan!
— Bismillohir rahmonir rahim! — deb birinchi doya bolaning kindigini kesdi.
Ikkinchi doya esa:
— Kalimayiki jay!* — deb, chaqaloqning kesilgan kindigi uchini yaxshilab tugib qo‘ydi.
Hamida bonu goh o‘g‘liga intiq Humoyunning chappor urib quvonishini ko‘z oldiga keltirar, goh Jamna ustida Nizomning qayig‘ida qalqib suzib borayotgan bo‘lar, uning: «Muslim-u hindi hammasi bir inson, faqat brahman-u mullolar ularni bir-biridan ayirurlar», degan so‘zlari qulog‘iga qayta eshitilib ketar edi.
Inson hayotining eng mas’uliyatli damlarida kishilar o‘zlarining din-u millatini ham unutib bir-birlariga odamiylik qo‘lini cho‘zishini Hamida bonuga hozirgina doyalik qilgan ikki ayolning inoqligi aytib turardi.
Hamida sal o‘ziga kelganda ayvondan to‘lin oy­ning nuri tushdi. Sutday oydin kechada naqoralar quvonch bilan taka-tum qilar, surnay navosi yangrar, Umarqut qal’asidagi mehmon-u mezbonlar yangi tug‘ilgan bola sharafiga xursandchilik qilishardi.
Turdibek Humoyundan suyunchi olish uchun sahar palla otlanib, Jun daryosi tomonga shoshildi. Umarqutda esa ikki kun davomida Humoyunning nomidan minglab odamlarga osh tortildi, shirinliklar ulashildi. Uchinchi kuni Humoyundan chopar keldi. Chillali ayol va bola oldiga faqat Mohim bibi bilan Aminat kirib chiqishar edi. Humoyunning maktubini olib kirgan Mohim bibi suyunib xabar berdi:
— Ismi Jaloliddin Akbar bo‘lsin, debdirlar! Sizga atab she’r bitibdirlar! Chopar aytib berdi, quvonganlaridan barcha navkarlarga mushk ulashibdirlar.
— Mushk? — taajjublanib so‘radi Hamida.
— Ha, o‘sha paytda barcha odamlarga ulashadigan boshqa mo‘lroq narsalari yo‘q ekan.
— Rost, xazinalari bo‘sh, Turdibekdan qarz olgan edilar...
Hamida bonu yostiqqa yonboshlab, Humoyunning maktubini ochdi.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish