O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining
2022 yil 11apreldagi
02/12-50/44-sonli
xatiga ilova
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI
OLIY VА OʼRTА MАXSUS TАʼLIM VАZIRLIGI
BOSHLANG‘ICH, O‘RTA VA O‘RTA MAXSUS
PROFESSIONAL TAʼLIM TO‘G‘RISIDAGI
HUJJATLARNING DAVLAT NAMUNASINI
TO‘LDIRISH BO‘YICHA TAVSIYA
Toshkent - 2022 yil
Kirish
Ushbu tavsiyalar professional taʼlim muassasalari
bitiruvchilarga beriladigan
davlat namunasidagi diplom va sertifikatlarni mazkur platformada toʼldirish jarayonida
foydalanish boʼyicha tavsiyaviy hujjatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrdagi
“Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional taʼlim to‘g‘risidagi hujjatlarning
davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi 734-sonli qarori bilan professional taʼlim
to‘g‘risidagi diplomlar
va ularning ilovalari, sertifikat blankalarining namunalari
tasdiqlangan va quyidagi qulayliklar yaratildi:
Professional taʼlim to‘g‘risidagi diplomlarga axborot texnologiyalarni joriy etish
orqali individual QR-kod qo‘yish tizimi hamda uning dasturiy taʼminoti yaratiladi;
Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashgan yangi
boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional taʼlim tizimi hamda tabaqalashtirilgan
taʼlim dasturlari joriy etilayotganligini inobatga olgan holda diplom namunalarini bir-
biridan farqlanib turadi;
Diplom blankalariga QR-kod tizimini joriy etish diplom yozishda inson omili
taʼsirini qisqartiradi va kelgusida diplomning xaqiqiyligini ushbu kod orqali har qanday
shaxs dasturdan foydalangan holda
aniqlik kiritmoqda;
Diplomlar va ular berilgan bitiruvchilar bo‘yicha batafsil maʼlumotlar Oliy va
o‘rta maxsus taʼlim vazirligi maʼlumotlar bazasida doimiy ravishda saqlanadi;
Professional taʼlim to‘g‘risidagi diplomlar va ularning ilovalari,
sertifikat
blankalari (dublikat berish holatlari bundan mustasno) bitiruvchilarga, akademik
maʼlumotnomalar esa – o‘qishdan chetlatilgan o‘quvchilarga bepul beriladi;
Diplom va diplom ilovasi o‘zida kasb,
mutaxassislik, diplom egasining
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, taʼlimning mazmuni va erishilgan natijalar, qo‘shimcha
maʼlumotlar kabi bandlarni mujassam etadi. Ish beruvchiga mazkur maʼlumotlar
ortiqcha vaqt sarflamasdan va qo‘shimcha murojaatlarsiz to‘liq maʼlumot olish imkonini
beradi;
Professional taʼlim toʼgʼrisidagi
hujjatlarga buyurtma berish, qabul qilish,
hisobni yuritish, saqlash, topshirish va hisobdan chiqarish (yoʼqolishi
yoki yaroqsiz
holatga kelishini) yuzasidan masʼul xodim direktorning buyrugʼi bilan biriktirilishi shart.
1-ilovada
boshlang‘ich, o‘rta ва o‘rta maxsus professional таълим muassasalari
bitiruvchilarga beriladigan davlat namunasidagi diplom hamda diplom ilovalarini
platformada to‘ldirilishi,
2-ilovada
qo‘shimcha kvalifikatsiyalarni egallash bo‘yicha
sertifikat namunasini platformada to‘ldirilishi ko‘rsatilgan.
Diplom
ilovaning
3-band
4-qismini
to‘ldirishda malaka talabining
“3. Bitiruvchilarning kasbiy faoliyati tavsifi” bo‘limidagi maʼlumotlardan foydalaniladi