Darsning oltin qoidasi
O’qituvchi:Bugungi ona tili darsimizni musobaqa tarzida tashkil etamiz O’quvchilarni tartib bil an sanash yo’li bilan ikki guruhga ajratib olinadi
.2.O’tgan mavzuni so’rash,baholash
O’qituvchi:Biz o’tgan ona tili darsimizda qaysi mavzu bilan tanishganmiz
O’quvchilar:Biz o’tgan ona tili darsimizda shart bog’lovchilari mavzusi bilan tanishganmiz
Takrorlash ushun savollar
1.Mustaqil so’z deb nimaga aytiladi?
2.Yordamchi so’zlar deb nimaga aytiladi?
3.Bog’lovchi deb nimaga aytiladi?
4.Shart bog’lovchilari deb nimaga aytiladi?
5.Ergashtiruvchi bog’lovchilar qatnashtirib gaplar tuzing
6.Shart bog’lovbchisi ishtirok etgan gaplarda tinish belgilarining ishlatilishini ayting.
3.O’tgan mavzuni mustahkamlash.
O’tgan mavzuni mustahkamlash uchun “Kimning guli ko’p va tez ochiladi?” o’yinidan foydalanamiz.
Doskaga osib qo’yilgan gulzorga shart bog’lovchilari qatnashgan gaplar yozilgan gullarni yopishtiradilar.Qaysi guruhning gulzorida gullar tez va ko’p ochilsa o’sha guruh g’olib bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |