Hujjat matni 419670-(431729)



Download 121,79 Kb.
bet1/7
Sana14.04.2022
Hajmi121,79 Kb.
#550788
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hujjat matni - 419670-(431729)



e-qaror.gov.uz

09.04.2022




2022 - yil 4 - fevral VI-31-14-9-0-K/22 Sirdaryo viloyati hokimligi




Viloyat mahalliy byudjetining 2022-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘lar ajratish, 2021-yil viloyat mahalliy byudjeti parametrlarida byudjet taqsimlovchilariga ajratilgan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari va daromadlarning aniqlashtirilgan prognoz ko‘rsatkichlarini tasdiqlash, 2021-yil uchun viloyat mahalliy byudjetining daromadlar va xarajatlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash hamda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2021-yil 30-dekabrdagi
VI-30-61-9-0-K/21-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 27 -, 126-, 147- va 126- moddalariga, 2019-yil 9-dekabrdagi “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi 589-sonli, 2020-yil 25-dekabrdagi “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi 657- sonli qonunlariga asosan Sirdaryo viloyati mahalliy byudjetining 2022-yil ijrosi davomida shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘lar ajratish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 6- va 24- moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi qaror qiladi:



  1. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2021-yil 30- dekabrdagi VI-30-61-9-0-K/21-sonli qarori 4-ilovasining “xarajatlar miqdori, jami” qismi mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiqlashtirilsin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmoyishlarida, hukumat qarorlari va bayonlari asosida respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘lar va Xalq

deputatlari viloyat Kengashining qarorlari bilan viloyat mahalliy byudjeti byudjet taqsimlovchilarining xarajatlariga o‘zgartirishlarga asosan 2021-yil uchun;
viloyat mahalliy byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilariga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
viloyat mahalliy byudjetining jami daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlari rejasi 3-4-ilovalarga muvofiq;
viloyat mahalliy byudjetining daromadlar prognoz ko‘rsatkichlari rejasi 5- ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Viloyat mahalliy byudjetining 2021-yil yillik daromadlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlari 6-7-ilovalarga, viloyat mahalliy byudjetining 2021-yil uchun yillik xarajatlar ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti 8-9-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmoyishlarida, hukumat qarorlari va bayonlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, infratuzilma obyektlarini qurish va aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar uchun viloyat mahalliy byudjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 10-ilovaga muvofiq mablag‘lar ajratilsin.

Mazkur ajratilgan mablag‘lar viloyat hokimining farmoyishi asosida yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilsin.

  1. Davlat moliyaviy nazorati viloyat boshqarmasi (D.Bozorov) ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali ishlatilishi yuzasidan yakuniy tekshirish o‘tkazib, tekshirish natijalari yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashiga axborotlar kiritib borilishi ta’minlasin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938- sonli qarorining 6-bandida ko‘rsatilgan soliq turlari bo‘yicha 2021-yil davomida daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi hisobidan to‘liq hajmda viloyat byudjetiga qoldiriladigan mablag‘lar viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari sifatida moliyalashtirib borilsin.

  3. O‘zbeksiton Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 24-yanvardagi 06/04-02-02-32/203-sonli xatini inobatga olgan holda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2021-yil 30-dekabrdagi VI-30-61-9-0-K/21-sonli qarorining 11-12-ilovalari mazkur qarorning 11-12-ilovalariga muvofiq o‘zgartirilsin.

  4. Viloyat Davlat soliq boshqarmasi (J.Gʻoyibov), tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil uchun viloyat mahalliy byudjeti daromadlari prognozini hududlar kesimida bajarilishini ta’minlasin.

  5. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi huzuridagi mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasiga byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi hamda byudjet intizomiga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish vazifasi topshirilsin.

  6. Viloyat mahalliy byudjeti mablag‘larining taqsimlovchilariga va viloyat hokimligiga viloyat mahalliy byudjetining parametrlarida ajratilgan mablag‘lar ijrosi to‘g‘risida va viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobotlar har chorakda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashiga taqdim etib borish vazifasi yuklatilsin.

  7. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.Karimov, nazorat qilish Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi huzuridagi mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi U.Sotiboldiyev zimmasiga yuklatilsin.




Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi raisi

Download 121,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish