e-qaror.gov.uz
09.03.2022
1
2021 - yil 27 -
avgust
74-2-34-Q/21
G‘ijduvon tuman hokimligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-
sonli “Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan
yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda viloyat hokimining 2021-yil
15-iyuldagi 16-2-0-Q/21 –sonli qarorlari ijrosini ta’minlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-
sonli “Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga
ular tomonidan
yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda viloyat hokimining 2021-yil 15-iyuldagi 16-2-0-
Q/21-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida
Q A R O R Q I L A M A N:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi
434-sonli “Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan
yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda viloyat hokimining 2021-yil 15-iyuldagi 16-2-0-
Q/21-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Viloyat hokimining mazkur qarorida ko‘rsatilgan Vazirlar Mahkamasining
mazkur qarori bilan:
“Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan
yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida”gi
nizom 1-ilovaga muvofiq;
Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni
ta’minlash bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkibi 2-ilovaga
muvofiq
tasdiqlanganligi;
e-qaror.gov.uz
09.03.2022
2
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi inobatga olinsin.
3.Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi
(E.Majidov), tuman davlat soliq inspeksiyasi (O.O‘roqov), tuman hokimligi
moliya bo‘limi (G‘.Tillayev)ga 2
oy muddatda chorvachilik, parrandachilik va
baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun
subsidiyalar ajratish jarayonida elektron axborot tizimi orqali ma’lumotlar
almashinuvini yo‘lga qo‘yish topshirilsin.
4. Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi (E.Majidov)ga
ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish va
tegishli tashkilotlarga yetkazish topshirilsin.
5. Mazkur qaror ijrosining nazorati tuman hokimining o‘rinbosari F.Jabborov
zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi
Sh.Ashurov