Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Samarqand filiali Axborot xavfsizligi kafedrasining 2021-2022 o`quv yiliga tayyorgarlik holati bo’yicha
MA`LUMOT
Yangilingan “Oliy ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari Klassifikatori”ga muvofiq Davlat standartlari, malaka talablari, o`quv rejalari, fan dasturlarini ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi.
-ishchi o`quv rejalarga muvofiq namunaviy fan o’quv dasturlari asosida ishchi o’quv dasturlari dastlabki varianti ishlab chiqilmoqda.
2. Oliy ta’lim muassasida kredit-modul tizimini talab darajasida joriy etilganligi hamda tegishli me`yoriy va o`quv uslubiy hujjatlarni yangi 2021-2022 o’quv yiliga tayyorligi
- kredit-modul tizimi bo’yicha barcha me`yoriy va o`quv uslubiy hujjatlar kafedrada mavjud.
3. Pedagogik va metodik ta’minotning shakllantirilganligi, jumladan:
Kafedrada jami 14 nafar professor-oʼqituvchi faoliyat koʼrsatadi, ularning 8 nafari asosiy shtatda, 3 nafari tashqi oʼrindosh va 3 nafari ichki oʼrindosh. Shtat birligi 9,75 stavka, oʼquv soatlari 8200 soat. Oʼrtacha yuklama 841 soatni tashkil qiladi. Аsosiy shtat boʼyicha kafedra ilmiy saloxiyati 50 %ni tashkil etadi, asosiy shtatda 4 nafar fan nomzodi mavjud- Professor-o`qituvchilarning 2021-2022 o’quv yili uchun shaxsiy ish rejalari shakllantirilgan;
-mavjud o`quv-uslubiy materiallar takomillashtildi va yangi fanlar uchun yangi o’quv materiallar yaratilmoqda;
- fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy hujjatlar ishlab chiqildi;
-o’quv jarayonida foydalanish uchun uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqilmoqda.
5. Axborot resurs markazida yetarli sharoitlarning yaratilganligi.
-ARM da barcha sharoitlar yaratilgan.
6. Fanlarning adabiyptlar bilan yetarli darajada ta’minlanganligi.
-kafedrada o’qitilayotgan fanlar bo’yicha adabiyotlar bilan ta’minlanganlik belgilangan mezonlarga mos keladi. Elektron shakldagi adabiyotlar xisobidan 100 foiz taʼminlanganlik eʼtirof etildi.
8. OTMda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilganligi
-kafedrada o’quv jarayonida axborort-kommunukatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish yo’lga qo’yilgan.
12. Masofali ta’lim uchun yaratilgan platformalarning tegishli kontentlar bilan to’ldirilganligi. Yaratilgan kontentlarning tahlil qilinganligi.
-kafedrada o’qitiladigan barcha fanlar bo’yicha masofali o’quv kurslari MOODLE platformasiga joylashtirilgan va kontentlar bilan muntazam ravishda to’ldirilib va boyitib borilmoqda. Kontentlar mazmuni va sifati kafedra tomonidan tahlil qilinib kurs yaratuvchilariga tegishli ko’rsatmalar berib borish yo’lga qo’yilgan.
14. O’quv jarayonlarini yoqori saviya va sifatda tashkil etish chora tadbirlari ishlab chiqilganligi.
-yangi o’quv yilida o’quv jarayonini yuqori saviyada sifatli tashkil etish bo’yicha kafedra chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |