Hujjat kuchini yo‘qotgan


-BOB. FUQAROLIK IShLARI BO‘YIChA TUMANLARARO, TUMAN (ShAHAR) SUDI. JINOYAT



Download 282,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/32
Sana01.06.2022
Hajmi282,66 Kb.
#624573
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
162-II-сон 14.12.2000. O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

3-BOB. FUQAROLIK IShLARI BO‘YIChA TUMANLARARO, TUMAN (ShAHAR) SUDI. JINOYAT
IShLARI BO‘YIChA TUMAN (ShAHAR) SUDI. TUMANLARARO, TUMAN (ShAHAR) IQTISODIY SUDI.
TUMAN (ShAHAR) MA’MURIY SUDI
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son 
Qonuni 
tahririda —
O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
36-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari
bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining,
tuman(shahar) ma’muriy sudining tarkibi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi rais va sudyalardan iborat bo‘ladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat
bo‘ladi.
Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi rais va sudyalardan iborat bo‘ladi.
Tuman (shahar) ma’muriy sudi rais va sudyadan iborat bo‘ladi.
(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son 
Qonuni 
tahririda — O‘R
QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
37-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari
bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman
(shahar) ma’muriy sudining vakolatlari
(37-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi qonun bilan uning vakolatlari
doirasiga berilgan fuqarolik ishlarini va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib
chiqadi.
(37-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi O‘RQ-288-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi qonun bilan uning vakolatlari doirasiga kiritilgan
jinoyat ishlarini va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni, shuningdek qamoqqa olish yoki
uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i
muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaxsni tibbiy


muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi yoxud ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini
uzaytirish haqidagi, murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash
haqidagi, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi yoki jinoyat ishini
tugatish haqidagi yoxud mahkumni jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib
chiqadi.
(37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi fuqaroviy-
huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va korporativ nizolarni, shuningdek qonun
bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib
chiqadi.
Tuman (shahar) ma’muriy sudi davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining, shuningdek ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan
berilgan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan shikoyat va arizalar bo‘yicha
ma’muriy nizolarni hamda qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan ma’muriy
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
(37-modda
 
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son 
Qonuniga 
asosan
uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 282,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish