Genetik modifikatsiyalashning maqsadi Genetik modifikatsiya o‘simlikga va oziq mahsulotlariga ko‘plab xususiyatlarni berishi mumkin. Ko‘plab yetishtirilgan gen-modifikatsiyalashgan organizmlar kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilarga (virus va zamburug‘larga), zarakunanda hasharotlarga yoki gerbitsidlarga turg‘unlik xususiyatiga ega. Bu o‘z navbatida yetishtirishni yengillashtiradi, shuningdek zaxarli ximikatlarni qayta ishlashga ketadigan mablag‘ni pasaytiradi.
Gerbitsidlarga qarshi turg‘unlik. Ko‘plab gerbitsidlar yoqimsiz o‘simlik turlariga qarshi ta’sir qiladi. Bundan tashqari barcha o‘simlik turlari moddalar almashinuviga ta’sir qiluvchi, masalan glifosat, ammoniy glyufozinati yoki imidazolin kabi gerbitsidlar. Agrobacteriumtumefaciens tuproq bakteriyalaridan olingan 5-yenolpiruvat-shikimat-Z-fosfatsintaza (EPSPS) genining o‘simlik genomiga o‘tkazish mobaynida glifosatga turg‘un bo‘lgan xususiyatlarni aniqlashga erishildi. Streptomycesviridochromogenes bakteriyalaridan fosfinotritsin-N-asetiltransferaza (PAT) genini o‘tkazish transgen o‘simliklarga ammoniy glyufozinat gerbitsidga qarshi turg‘unlikni tashkil qildi.
2008-yilda gerbitsidlarga qarshi turg‘unlikga ega transgen o‘simliklarni yetishtirish barcha yetishtirilgan transgen o‘simliklar ichida birinchi o‘rinni egalladi va 63% yoki dunyoda transgen o‘simliklarni o‘stirish bo‘yicha 125 mln/ga dan 79 mln/ga miqdorni tashkil qildi. Gerbitsidlarga chidamli transgen soyani yetishtirish 1996-yildan boshlab 2007-yilgacha gerbitsidlarni qo‘llashning umumiy miqdorini 73 ming tonnagacha pasaytirib yubordi (4,6%). 2009-yilga kelib gerbitsidlarlarga chidamli o‘simlik turlari o‘simlik zararkunandalariga qarshi va o‘zi bilan ikkita yoki bo‘lmasa uchta chidamlilik xususiyatini namoyon etdi.
Hasharotlarga qarshi turg‘unlik. Bakterial Bt-toksini azaldan qishloq xo‘jaligida samarali insektitsid sifatida qo‘llanilgan. Organik dehqonchilikda hasharotlar bilan kurashish uchun Bacillusthuringiensis bakterial eritmasini qo‘llash ommalashgan. O‘simlik genomiga bakterial Bt-toksin genining ko‘chirilishi o‘simlikga zararkunanda hasharotlarga qarshi chidamlilikni beradi. 1966-yilda Monsantoda ishlab chiqilgan va taklif qilingan, natijada tarkibiga Bt-toksin genini qo‘shilgan va judayam keng tarqalgan o‘simliklar bu–makkajo‘xori va g‘o‘zadir.