L-treonin ham xuddi lizin kabi sintezlanadi. Treoninni produsentlarini ajratib olishdagi seleksion ishlar ikkita oilaga mansub bo`lgan shtammlar, ya`ni korinebakteriyalar va enterobakteriyalar bo`yicha olib boriladi. Bu mikroorganizmlarda aminokislotalarning biosintezini nazorat qilinish tamoyili bir biridan tomoman farq qiladi. Korinebakteriyalarda 4-Rasmda ko`rsatilganidek biosintezning boshqariluvi o`zaro mutanosib holda yuz beradigan ingibirlanish orqali, ya`ni muhitda izoleysin, metionin yoki lizinning yetishmovchiligi oshiqcha miqdorda treoninning sintezini keltirib chiqarmaydi, chunki u GD ni ingibirlaydi, shu sababga ko`ra o`zini oshiqcha miqdordagi sintezini oldini oladi. Korinebakteriyalardan treoninni produsent mutantlarini ajratib olishning yagona yo`li-treoninga nisbatan sezgir bo`lmagan GD li boshqaruvchi mutantlarni seleksiyalashdan iboratdir. Selektiv agentlar sifatida treoninning analoglaridan, ko`pincha beta-oksinorvalin, 2-amino-3-oksivalerian kislota (AOV) dan foydalaniladi. Brev. flavum mutantlari OAV ga chidamli va ikki xil boshqaruv mutatsiyasiga ega, ham GD ni, ham AK ni retroingibirlanishini izdan chiqaradi. Bu xildagi shtammlardan bir yo`la treonin ham, lizin ham ajraladi. Enterobakteriyalar tomonidan aminokislotalar biosintezini boshqarish izofermentlardan foydalanib differensial boshqarish tamoyiliga muvofiq amalgaoshiriladi (4-Rasm).
4-Rasm. L-treoninning sintezlanish sxemasi
Eischerihia colida uchta aspartokinaza (AK) va ikkita gomoserindegidrogenaza (GD) lar borligi aniqlangan. AK-1 treonin tomonidan ingibirlanadi va repressivlanadi, AK-2 metionin tomonidan repressivlanadi, AK-3 lizin tomonidan ham ingibirlanadi, ham repressivlanadi. AK-1 va AK-2 ga o`xshash tarzda GD-1 va GD-2 larning fermentativ faolliklari ham boshqariladi. Muayyan boshqaruv tizimi bo`yicha treoninning produsent-mutantlarini ajratib olishda biosintezning so`nggi mahsulotlari hisoblanmish aminokislotalarga nisbatan tanqislik mutatsiyasini kiritish, ya`ni uchlamchi auksotroflar ajratib olish kerak bo`ladi. Ilmiy adabiyotda Eischeria coli negizida shu xildagi mutantlarni ajratib olingani haqida ma`lumotlar keltirilgan. Uchlamchi (DAP, metionin, izoleysinga bog`liq bo`lgan) auksotroflar yordamida 15-20 g/l treonin sintezlangan, bunda reaksion muhitda lizinning dastlabki mahsuloti DAP, metionin va izoleysinlar esa mutantni o`sishi uchun yetarli bo`lgan miqdorda bo`lgan. Bu narsa bunday mutantlarni sanoat ishlab chiqarishi miqyosida tanlab olishni qiyinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |