Hujayra va gen ingenerligi


Nofermentli proteinopatiyalar



Download 23,72 Mb.
bet144/180
Sana26.02.2022
Hajmi23,72 Mb.
#469242
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   180
Bog'liq
gen kompleks - 2018

Nofermentli proteinopatiyalar qatoriga Gemoglobinopatiyalar kiradi. Bunda gemoglobin subbirliklarida genetik defektlar mavjud bо‘lgan nofermentli proteinopatiyalarning klassik misoli bо‘la oladi. Bunday xastaliklarning ichida keng tarqalgani - “о‘roqsimon anemiya”. Bu kasallikda gemoglobin (N8), normal gemoglobin (NA)dan farqlanadi. Bu farq quyidagidan iborat: “о‘roqsimon anemiya”ga duchor bо‘lgan bemorlar gemoglobinidagi (3 - subbirlik polipeptid zanjirning N - oxiridan oltinchi aminokislota valin joylashgan. Normal gemoglobinda (NA) shu о‘rinda glutamin kislota turadi. Demak, “о‘roqsimon anemiya” li bemorlaning (3 - subbirlikni kodirlovchi strukturaviy genining oltinchi kodogenida tranzitsiyadan iborat bо‘lgan mutatsiya yuzaga kelgan. Tranzitsiya Timinni Adeninga almashinishidan iborat:
Normada О‘roqsimon
anemiya
DNKni 6-chi kodogeni -STT- -SAT- mRNKning 6 kodoni -GAA- -GUA- R-subbirlikni 7U-tomonidan 6-aminokislota Glutamin k-ta Valin
Polipeptid zanjirda aminokislotalar о‘rnining almashishi gemoglobinning xususiyatlariga ta’sir etadi. Valin nopolyar aminokislota bо‘lib, dezoksigemoglobinning eruvchanligini pasaytiradi, shu sabab u kristalsimon struktura hosil qiladi va eritrotsitlar о‘roq shakliga о‘xshab, mо‘rt bо‘ladilar. Ular kislorod transporti bо‘yicha о‘z vazifalarini tо‘laligicha bajara olmaydilar. Bu holat anemiya (kamqonlik)ni rivojlanishiga olib keladi. Oksigemoglobin kislorodini beruvchi kapillyarlarda eritrotsitlar tiqilib qoladi.
Aytishlaricha , Nobel o’z mulkini fan va texnika taraqqiyoti uchun bag’ishlar ekan, birinchi navbatda mening mukofotimni saraton kasaliga davo topgan olimlarga beringlar, deb vasiyatqilgan ekan . Undan oldin ham, undan keyin ham olimlar ko’p izlanish ishlarini olib bordilar , hatto Ibn Sino ham shu kasalga davo toppishga harakat qildi, ammo hanuz saratonkasalligiga davo topib , Nobel mukofotiga sazovor bo’lganlar chiqmadi. Tibbiyot mutaxassislarining aytishlaricha , agar bu kasalga davo topilsa , dunyoda mavjud bo’lgan kasalliklarning 60%i yo’q bo’lar ekan . Chunki tana a’zolaridagi juda ko’p kasalliklarning oxirgisi saraton kasalligi bilan tugaydi.
Sharq tabobatida saraton kasalligi tushunchasi juda qadimdan bor. Binobarin , Ibn Sinogacha ham bu kasallik ma’lum bo’lgan.Bukasallikni yunonlar korsioma- krab, ya’ni shish , deb ataganlar. . Keyinchalik kasallikni davolash jarayoni keng yoyilgach , Yevropa uni rak, ya’ni, bizningcha , saraton kasali deb ataganlar.
Saraton kasalligi tana a’zolarining barcha a’zolarida ham bo’lishi mumkin . Asosan , epiteliy to’qimalaridan rivojlanadigan xavfli o’simtadir. Epiteliy hujayrasi bor barcha a’zolar – teri ,shilliq qavatlar , qizilo’ngach , o’pka , me’da-ichak yo’li, siydik –tanosil a’zolari,shuningdek , miya va hokazolarda saraton kasalligi paydo bo’ladi. Rak hujayralari boshqa a’zolarga juda tez bo’linib ketib ,shiddat bilan rivojlanadi hamda atrofidagi sog’lom hujayralarniyemirib , kasallantirib boraveradi.
Tana a’zolaridagi boshqa xavfli o’simtalarsingari rak ham, odatda , o’zi o’rnashib olgan joydagi to’qimani yemirishi ,retsidiv , metastaz berishi va organizmning umumiy holatiga ta’sir ko’rsatishi, kaxeksiya(qoq suyak bo’lib ozib ketish) bilan xavfsiz o’simtalardan farq qiladi. Saraton kasalligi alohida viruslar faoliyati , shuningdek, turli fizik, kimyoviy, biologic omillar , kanserogen moddalarning odam organizmigata’siri hamda organizmning o’zida sodir bo’ladigan endogen kanserogen moddalar , radioaktiv nurlar ta’sirida vujudga kelishi mumkin.
Kasallik tarixi
Saraton kasalligi to’satdan paydo bo’lmaydi.Umuman harbir kasallikning boshlanish va rivojlanishjarayoni bo’lganidek, saraton kasaligida ham shu jarayon mavjud. Ko’pincha saraton kasallik nishonasideb atalib, surunkali kechadigan patalogik o’zgarishlardan so’ng rivojlanadi, shuningdek,teri , me’da bachadon bo’ynidagi uzoq vaqt bitmaydigan yaralar , poliplar , sut bezlari fibroadenomatozi va hokazolar oqibatida ham paydo bo’ladi. Ammo shu kasalliklardan keyin albatta saraton kasalligi rivojlanadi , deb bo’lmydi. Agar saraton kasalligigiga sabab bo’ladigan organizmdagi nosozliklar o’z vaqtidauzil-kesil davolansa , bu xavfli kasallikning oldini olish mumkin.
Saraton kasalligining xarakterli xususiyatlaridan biri shuki , to’qimada o’simta hosil bo’lib rivojlangandan keyingina kasallik belgilari yuzaga chiqadi va tanadagi o’simta o’sayogan a’zoning funksiyasi keskin buziladi.
Erkaklarda ko’pincha me’da, bronxlar , teri, pastki lab, og’iz bo’shlig’I , halqum , o’pka , tanosil organlarida saraton kasalligi uchraydi.
Ayollarda esa o’zgacha . Ularda bachadon , ovqat hazm qilish a’zolari, sut bezlari va terida saraton kasalligi kuzatiladi.
Saraton kasalligi boshlanayotganda , u tananing qaysi qismida rivojlanayotganidan qat’iy nazar,qattiq og’riq bermaydi. Ba’zi hollarda bemor og’riqni sezmasligi ham mumkin.Shuning uchun bemor vrachga kech murojaat qiladi. Shu tufayli ham kasallik ancha ulg’ayib ketadi vauni davolash jarayoni qiyin kechadi. Baribir , har qanday sharoitda organizmda biron o’zgarish hosil bo’lsa , darhol shifokorga uchrashish lozim shundagina saraton kasalligining oldini olish , agar u boshlangan bo’lsa , davolash mumkin .To’g’ri , hozirgi iqtisodiy sharoitda klinikalarga borib shifokorga uchrashish ko’pchilikka malol keladi.
Saraton kasalligibirinchi marta eradan oldingi 1600 yilda papirusda qaydetilgan . O’sha papirusda qayd etilishicha , saraton kasalligi asosan sutbezlarida bo’lib, unga davo yo’q deyilgan.
Garchi yunon papiruslarida bu kasallikning davosi yo’q deyilgan va bu fikr hanuzustuvor bo’lsada , ammo kasallikning oldini olish mumkin va bu sohada tibbiyot juda ko’p muxaffaqiyatga erishgan.
Biz bu o’rinda kasallikning paydo bo’lish manbalari, kasallikni oldini olish usullari haqida imkon qadar ma’lumotlar yetarli.
O’sma nima?

Saraton kasalligi insoniyatning ofatidir, inson hayotiga o’lim xavfini soluvchi bir balodir. Saraton kasalligi yurak –qon tomir kasalliklarigan ikkinchi o’rinda hamisha insonga o’lim xavfini solidi, odam bolasini o’lim xavfi bilan qo’rqitib turadi. Minglab tibbiyot tadqiqotchilari saraton kasalligining sabablarini aniqlashga , uni davolash yo’llarini izlashga umrlarini sarf qilmoqdalar.
Zararsiz va xafli o’smalar. Organizmdagi hujayralar kelib chiqishi , vazifalari va umumiy joylashishi jihatidan bir xil gruppadagi to’qimalarida joylashgan . Epiteliylar, ya’ni qoplama yohudbir-biriga ttash epiteliylar, masalan , ichak , oshqozon va teri hujayralari oddiy to’qimalar deb ataladi.Bu hujayralardagi to’qimalarning miqdori muntazam bo’lishi mumkin. To’qimalarning tabiiy yo’qolishi yangi , hali shakllanmagan to’qimalar hisobiga tezlashib o’sib boraveradi. Yangi to’qimalarning o’sib chiqish sur’ati teri qoplamalarining talabi va ehtiyoji bilan paydo bo’ladi.Agar yo’qolish va to’ldirilishmuvozanati to’ldirilish hiobiga qandaydir sabablar bilan buzilsa , hujayralarning ortiqcha massasi paydo bo’ladi va organizmda o’smalar hosil bo’lishiga olib keladi.
O’sma paydo bo’lishi yoki asta-sekin yo’qolishi mumkin . Ammo uzoq vaqt davomida ko’payadi ham, bu narsa o’smalarning zararsizligi yoki xavfliligini belgilamaydi. Har qanday to’qima , xoh eniga bo’lsin , xohbo’yiga , o’z o’rniga ega bo’ladi.Agar o’sma o’zi joylashgan hududidan chiqib ketmasa va unga tegishli bo’lgan boshqa to’qimalarga kirib bormasa yoki qo’shni to’qimalarga dahl qilmasa , u holda bu o’sma zararsizdir . Aslida esa , uni o’sayotgan yosh hujayralar bilan birga qo’shib , jarrohlik yo’li bilan olib tashlash unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi.
Xavfli o’smaning yo’li boshqacha . Xavfli o’smaning muhim alomati shundaki , u o’zi uchun belgilangan teri qoplamasidan tashqariga chiqadi. Agar o’sma o’z qobig’idan tashqari chiqsa , invaziya(tadbiq etish) haqida so’z boradi.Invaziya –xavfli o’smaning dastlabki alomatidir. Agar o’sma hujayralar asosiy joyidan ajralsa , limfa va qon bilan organizmga tarqalib ketadi, boshqa, chetdagi organlarni egallab oladi(odatda, limfatik tugunlarda , jigar va o’pkada o’rnashib oladi) va o’smalarning ikkilamchi o’choqlarini tashkil etadi,ya’ni organizmda metastaz – o’smalarning boshqa organlarga tarqalishini anglatadi.Ayniqsa , mayda mikrometastazlar xavfli bo’ladi; ulrni ko’ribbo’lmaydi va jarrohlik yo’li bilan olib tashlash murakkab jarayondir.Mikrometastazlarni dorilar bilangina yo’qotish mumkin.
Xavfli o’smaning tabiati nima bilan belgilanadi? Eng avvaloo’smaning alohida o’sishi bilan bu narsa belgilanadi, ya’niuorganizm tomonidan nazorat qilinmaydi.Alohida o’sma cheksiz o’sishi bilan namoyon bo’ladi. O’simta o’zi taalluqli bo’lgan to’qimaning hajmini sezmaydi. Chunki uning massasi hech narsa bilan belgilanmagan . O’sma hujayralari ko’payib ketishi va to’qimalarichida ko’chib yurishi mumkin . Hatto o’smani sog’lom organizmga ko’chirib o’tkazganda ham u o’sishdan to’xtatmaydi. Bu narsalar hayvonlarda ko’p marta tajriba qilib ko’rilgan.

O’smalar atrofda o’rab turgan to’qimalar ta’siriga ham tushmay muntazam o’sishda davom etaveradi . O’smani o’rab turgan to’qimalar o’z hududidan chiqib ketgan boshqa to’qimalarninggina o’sishini to’xtatib qo’yadi.
Xullas , metastazlar o’smalarni xavfli kasallikka aylantiradi.Xavfli o’smalarning xavfli kasallikka aylantiradi. Xavflio’smalarningkeyingi alomatlaridan biriuning hujayralarining mutlaqoo’smasligidir.Normal holatdagi hujayralar o’lishga mahkum ularning yashash tamoyili apoptozdir. Bu apoptozlar vaqt o’tishi va bo’linishlardan keyin o’ladilar .O’sma hujayralari organizmda ham , undan ashqarida ham o’lishni bilmaydi va ko’paygandan ko’payaveradi.
Xavfli o’smalarning muhim va doimiy alomatlari bir hujayraning ichida ko’payishidir . Binobarin , xavfli o’sma hujayraning bitta genetic o’zgarishidan hosil bo’ladi.
Albatta, bunda ikkilamchi o’smalar ham paydo bo’lib , organizmdagi to’qimalarni yeb boradi. Dastlab esa , o’sma xavfli o’smaga aylangan , bitta hujayradan shakllangan hujayradir.O’sma tinimsiz o’sib boradigan va rivojlanadigan xavfdir .Turli xil klonlarning tarqalishinatijasida to’plangan mutatsiyalar o’smalarning progressivlashishi va alohida ko’ayishi , shuningdek, tez rivojlanishini ta’minlaydi .Bu progressivlashadigan hujayralar organizmdagi boshqa to’qima va hujayralarni siqib qo’yadi va o’smalarboshqa a’zolarga ham o’tib boraveradi.Natijada esa, dastlabki to’qimalar yo’q bo’lib boradi.
Lekin o’sma hosil bo’lishining dastlabki alomatlari hech qachon yo’qolmaydi.O’sma izlari o’zi paydo bo’lganto’qimalarda qolaveradi. Va bu o’smaning qachon ba qayerdan kelib chiqqanligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega .
O’smalarning xavfli jihatlarini aniqlaydigan biologic xususiyatlar mana shulardir.
Ularning zamirida nimalar yotadi?
O’sma hujayralarining biologiyasini ularning kelib chiqish sabablaridan boshlaymiz.
O’smalarning paydo bo’lish sabablari. O’smalarni indutsiya qilish , ya’ni ularga ta’sir ko’rsatish yaxshi ma’lum:bu o’smalarni tug’diradigan kanserogen moddalarning viruslari va ularni yo’q qilish usullaridir . Biroq o’smalarning aksariyati , hatto asosiy qismi birdan paydo bo’ladi.Kanserogen moddalar xilma xil: oddiy to’rt xlorid uglerodlardan murakkab polisiklik va geterosiklik birikmalargacha ,ya’ni metil xolitren va benzantropengacha bor. Bular qandaydir kimyoviy guruhlarga taalluqli bo’lmaydi, ammo o’xshash biologik samaralarga ega bo’ladi. Bu eng avvalo o’smalar paydo bo’lishidan oldin hosil bo’ladigan hujayralar stimulyatsiyasi , tabiiyki , shu yetilgan hujayralardagi to’qimalarning mutagen samarasidir. Kanserogen moddalarga alohida o’sma hujayralarning o’sishiga yordam beradigan kanserogen promotorlar degan moddalar ham bor. Promotorlar kimyoviy kanserogenezning juda muhim komponentlaridan bo’lib , alohohida o’sma hujayralar normal holatlardagi to’qimalarichida bo’lsa ham uning bosimiga bardosh berolmaydi va yillar mobaynida o’sma bilinmasligi mumkin.
Kanserogen moddalar (shu jumladan promotorlar ham) inson organizmidagi
Juda ko’p o’smalarning sababchisi bo’lishi mumkin ekan. Bunday saraton kasalligi shaxta konlarida ishlovchilarda , anil sanoatida ishlovchilarning siydik yo’llarida, shuningdek, kashandalarning o’pkalarida bot-bot uchraydi.
Kanserogen gruppaning boshqa xildagi ta’siri o’smaga o’xshash viruslardir . Bunday viruslar ham xilma –xil. Bularga gerpes deb ataluvchi DNK, bo’g’ma gepatit,so’gal hosil qiladigan (pappiloma viruslari) mayda DNK, shuningdek, to’qimalarni birlashtiradigan o’smalar ham uchraydi.
Bu xilma –xil viruslarni nimalar birlashtirib turadi?
O’smalarning biologik o’xshashligidan tashqari ularning hujayralar genomi bilan integratsiyalashuv qobiliyati ham bor.
Virusning genetik apparati hujayra yadrosi ichida joylashgan yadrochadagi DNK va RNKda kodlangan , uning genetic apparati esa , xromosomani tashkil etuvchi DNK strukturasidir. Yomon o’smaga aylanadigan DNK virusi xromosoma hujayrasiga qulay joylashib oladi. Va xususiy hujayragenlaridan farq qilmay, huddi ularga o’xshab ma’lum bir vazifani aynan bajaraveradi.


Onkovirus genini DNKga joylanishi Teridagi tashqi ekspansiv o’sma izlari
Retroviruslarning taqdiri bulardan ko’ra murakkabroq. Ularnign RNKsi genom viruslari bilan kodlangan maxsus fermentlar yordami bilanDNKga moslashib oladi.
Saraton kasalligining tarqalish hududlarini tilga olganda shuni aytish kerakki , bu kasallik Markaziy Afrikada va Janubiy- Sharqiy Osiyoda ko’proq tarqalgan . Afrikada tarqalishiga kelsak , shuni ta’kidlash lozimki,bu yerda kerakli viruslar bilan og’ir kasallanish va tropikbezgagining noyob mushtarak holatda kelishini uchratamiz. Bu kasalliklarning birgalikdagi harakati Berkitt limfomasiga olib keladi, binobarin,bolalarda bo’ladigan qon yaratilishi (gemopoez) o’smalarning alohida shakli (lekinbu kasallik kimyoviy preparatlaryordamida to’la ravishdadavolanadi) paydo bo’ladi.Halqumning yuqoriqismidapaydobo’ladigan saraton kasalligi ko’proq Janubiy- Sharqiy Osiyodagi xitoylarda uchraydi.Bu asallik milliy xususiyatlarga bog’liqligi bilan ajralib turadi..Retroviruslar guruhiga mansub bo’lgan boshqa virus T-limfomadeb ataladigan qon yaratilishi sistemasida kamdan –kam o’sma hosil qiladi; bukasallik ko’proq Yaponiyada va Karib havzasidagi aholida uchraydi.Buviruslarning tarqalish xususiyatlari hali tibbiyotda o’rganilmagan.
Ko’proq tarqalgan endemik–zardob gepatit virusidir. Bu kasallik butunJanubiy-Sharqiy Osiyoga tarqalgan, shuningdek, Xitoyning va Indoneziyaning ko’p qismini egallagan . Bu virusbilan kasallanish , yuqorida aytib o’tilganidek, to’g’ridan to’g’ri saraton kasalligiga olib kelmasada , lekin saraton kasalligi uchun sharoit yaratadi, ya’ni boshqa joylarda aholiga nisbatan jigarda saraton kasalligiga olib kelishi mumkin. Saraton kasalligining bu shakli dunyodagiga nisbatan ancha keng tarqalgan .Hozirgi davrga kelib Butunjahon sog’liqni saqlash tashkilotining tashabbusi bilan bolalar orasida vaksina ishlari yo’lga qo’yilgan.
Ayollar bachadonida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan pappiloma virusini o’zida saqlaydigan mayda DNK juda keng tarqalgan . Hozirgizamonda bu virus ilmiy va amaliy jihatdan o’rganilmoqda .Shunisi aniqki, bevosita ma’lum o’smalarni keltirib chiqarmaydi, ammo uning tarqalishi oxir-oqibatda saraton kasalligini keltirib chiqaradi.
Endi e’tiborni nur kanserogeneziga , ya’ni nurlanish oqibatida kelib chiqadigan o’smalarga qaratamiz.
Kasallikningbu shakli radiy va roentgen nurlari bilan hech qanaqa muhofazasiz ishlaydigan radiolog va rentgenologlarda uchraydi,bu kasallik odatda terisaratoni debataladi.Organizmning nurlanishida ko’proq uchraydigan kasallik leykozlar, ya’ni qon yaratilishi sisitemasidagi turli shakllaridagi o’smalardir.Suyak o’smalari kam uchraydigan kasallik shakllaridandir,bu kasallik shundan iboratki, radioaktiv yodlarning yig’ilishi natijasida qalqonsimon bezlarda saraton kasalligi paydo bo’ladi.
Nihoyat , saraton kasalligining muhim sabablaridan biri irsiyatdir. Ayniqsa , insonda bu kasallik nasldan naslga o’tadi.Jumladan , bolaning ko’z to’r pardasida o’sma paydo bo’lsa , demak, bu narsa ota-onasidayoki yaqinqarindoshlaridan birida bo’lgan. Hozirgi paytda bunday o’smalarning muvaffaqiyatli ravishda oldi olinmoqda.
Kezi kelganda irsiyat haqida , uning asosiy tushuncha va qonuniyatlari haqida izoh berib o’tishga to’g’ri keladi.
Onkogenlar va antionkogenlar.
Kanserogen moddalarning ko’p miqdori ta’sirida yolg’iz klonlarning kelib chiqishi yoki to’qimaning ulkan hududini nurlantirish yohud o’sma viruslarining ommaviy tus olishida o’smalarni yolg’izlatish haqidadir. Har holda.bu ta’sirlardan har biriyoklassik mutatsiyani qo’zg’atadi yohud to’qimalardagi genetic apparatda o’zgarish (viruslar integratsiyasi) hosil qiladi.Irsiy o’smalarning mavjudligi va o’smalardagixromosomaning o’ziga xosxususiyatlari saraton kasalligining nasliy ekanligini tasdiqlab turibdi.
Transformatsiya qilingan to’qimalardagio’smalarning zararliligining barqarorligi va to’qimalardan keying avlod to’qimalariga o’tishi xavfli o’smalarning nasliyligi haqida guvohlik brib turibdi.Ammo nasliylilikning ham asosiy sababchisi viruslar ekanligi aniqlangan.
Virusli nuklein kislota kodlashgan virusli strukturali oqsillarni va viruslarni tarqatuvchi hamda ko’paytiruvchi oqsillarni (masalan , retroviruslardagi revertazlarni) ko’paytirishga xizmat qiladi.
Virusli genlar huddi to’qima genlar kabi yangi viruslarni yaratib mutatsiya qilishi mumkin.Bu mutatsiyalar orasida haroratga bog’liq mutatsiyalar ham uchraydi, bunday mutatsiyalar lozim bo’lgan haroratda namoyon bo’ladi. O’tgan asrning 70-yillarining boshlarida ana shunday haroratga bog’liq mutant sarcoma viruslar topilgan , unda hujayralar faqat o’zgaruvchan harorat yordamida ko’chirilgan.
Demak, virus genlarining biri huddi ana shunday haroratda faol bo’lgan . Buning ustiga bu hujayralarning xavfli xususiyatlari o’zgaruvchan haroratdagina saqlangan .Bundan xulosa qilib shuni aytish mumkinki , sarkomaning birgina virus geni o’sma o’sishi mumkinligini ta’minlashi mumkin ekan .Bu genning o’zgaruvchan haroratda hujayrani normal holatga qaytarishga omil bo’ladi.Shunday qilib , sarcoma viruslarida xavfli o’smalarni saqlaydigan va kuchytiradigan omillar bor . Bu hali indentifikatsiya qilinmagan gen onkogen deb atalgan , ya’ni o’sma geni deb nomlangan edi.
Hosil bo’ladigan yoki saqlanmaydigan viruslarning variantlari to’g’ridan –to’g’ri molekulyar –biologik usul bilan chog’ishtirilganda retrovirusdagi RNK sohasini identifikatsiya qilishimkoniyatinitug’dirdi. Bu ish o’tgan asrning 70-yillarida amalga oshirildi. Srcdeb atalgan birinchi onkogen chekish orqali hosil bo’ladigan sarcoma viruslaridan ajratildi. Tez orada shu narsa ma’lum bo’ldiki, src-genini genetic apparatga sun’iy ravishda kiritish oqibatida hujayralar virussiz ko’chirilar ekan . Hujayraga kiritilgan birgina gen o’smaga aylangan ,Tez orada src-gen kashf qilingandan keyin boshqa virusi onkogenlar ham ixtiro qilindi, bular:myc,ras,abi va boshqalardir.Shu narsa ravshan bo’ldiki, o’sma viruslari o’smalarni o’z-o’zidan hosil qilmaydi, balki hujayralarning genetic apparatiga onkogenni kiritib, hujayra genomasida uni mustahkamlab oladi.Agar genetic apparatdan virusni olib tashlansa , virus ko’payish qobiliyatini yo’qotadi ba boshqa hujayralarga o’tmaydi.
Biri ketidan biri paydo bo’lgan bu kashfiyotlar yangi-yangi masalalarni keltirib chiqardi.Bu masalalardan eng muhimi virussiz onkogenlar bo’ladimi, degan masaladir.Bu masalaga tezda javob topildi. Ravshan bo’ldiki , barcha normal holatdagi hujayralarda xususiyati jihatdan virusli onkogenlarga yaqin genlar bor ekan , bular esa protoonkogen deb ataldiBu genlar hujayralarning normal holatini muvofiqlashtiradi.Protoonkogenlar boshqa genlarning qat’iy nazoratida bo’ladilar.Protoonkogenlarning mutatsiyasi ularni nazorat ostida ushlab turuvchi genlar ta’siridan chiqarib , alohida holatga qo’yadi. Odatda , turli faollikdagi protoonkogenlarning turli konserogenlarning faktorlarini doimiyga aylantiradi.Masalan , xromosoma translokatsiyasi natijasida protoonkogen ma’lum to’qimada genlar ta’sirigatushadi va u muntazamishlab , hujayralarnng bo’linish siklidan chiqishiga yo’l qo’ymaydi yoki membranadan yadroga muntazam signallar(ras)berib turadi yohud o’sish faktorlari haqida o’sha hujayralarga shora berib turaveradi.Ba’zi o’sma viruslari o’z-o’zidan onkogenga ega bo’lmaydi, biroq protoonkogen bilan baqator xromosomada joylashib olib , uni faollashtiradi.Kanserogen moddalari va nurlantirish , turli genlarda mutatsiya uyg’otib , shu jumladanprotoonkogenlarda ham , mutagen faollikningyuksak darajasiga erishadi. Bu mutatsiyalarprotoonkogenlar harakatini buzishga olib kelishi mumkin, uholda protoonkogenlar nazoratdan chiqadi yoki shu genlarni nazorat qiladigan genlardagi oqsil xususiyatlarini o’zgartiradi.Viruslar onkogenlarni ta’sirga berilmaydiganhujayralarga kiritadi va bundan tashqari , onkooqsil hujayralarning birlashuvini ta’minlaydi. Onkogenlarning faollashuvi nafaqat indutsiyalangan kanserogen moddalardagi viruslar o’smalarni nurlantirishda , balki birdan paydo bo’ladigan o’smalarda ham namoyon bo’ladi.
Shunday qilib , virus bilan birga hujayrga joylashtirilgan onkogenlar o’smalar paydo bo’lishining bosh omilidir yoki mutatsiya natijasida protoonkogendan hosil bo’ladi yohud xromosoma translokatsiyasidan tashqari nazoratdan chiqqan genlar oqibatidir.Lekin so’nggi yillarda yana bitta , aftidan , kanserogenezning umumiyroq qismi bo’lmish onkogenlarning faolligini so’ndiradigan o’smalarning suppressor genlari ham topilgan.Bu genlarning bosh yetakchisi, oqsillar sintezini nazorat qiluvchi p53 genlaridir(p53-proteindan, bu oqsillarning molekulyar vazni53000 dalton). Bu gen , to’g’rirog’I , uninghosilasi bo’lgan p53 proonkogenlarni qattiq nazorat qiladi, hujayralarda ma’lum vaqtlardagina yashashga imkoniyat beradi, masalan, hujayraning bo’linish jarayonida shundayimkoniyat tug’iladi.p53 ham, shuningdek, apoptoz ham hujayraningo’lishini nazorat qilib turadi, bu asnoda hujayrani,agar uning genetic apparati-DNK buzilgan bo’lsa, o’limga olib keladi. Shu bilan birga , p53 xavfli mutatsiyalarning , shu jumladanyomon o’smalarning oldini olib, hujayraninggenetik strukturasini muvofiqlashtiradi.
Ba’zi viruslarning onkogenlari p53larnibir-biriga bog’lab turadi va uni faolashishdan to’xtatib qoladi,bu narsa esa , hujayralarni protoonkogenlardan xalos etadi , apoptozlarni rad etib, hujayralarda hayotga qodir mutatsiyalarni ko’paytiradi.
Onkogenlarning kelib chiqishi va faollashishi:
1.Virusli onkogen: bemor xromosomasiga integratsiyalashgan virusli genomning qismi(provirus) retroviruslar onkogenlari:src,myc,ras,erb);
2.Proviruslar joylashibolgan onkogenlar hujayralarining faollashuvi;
3.Xromosomali translokatsiya – turli xromosoma fragmentlarining yagona yangi xromosomalarga ajraluvi va birlashuvi onkogenlar faollashuviga olib keladi yoki yangi onkogenlar paydo qiladi.Dastlab sokin turgan muvofiqlashtiruvchi gen ishlab turgan hujayra genining ta’siriga tushishi va o’zi faollashishi mumkin; keyingi bosqichda esa , ajralgan- birlashgan joylarda ximer oqsillari sinteziga olib keladigan yangi ximerli genlar hosil bo’ladi(xronik mieloleykozdagi bcr-abi)
4.Asab sistemasida o’smalaridagi transformatsiyaga olib keladigan amplifikatsiya(myc);
5.Protoonkogen mutatsiyasi- mutant sintezidagi onkooqsillar (birdan paydo bo’ladigan va kanserogen o’smalardagi c-ras);
6.onkogenlarni faollshtiruvchi sustlik yokio’smalaro’sishini yo’qotadigangen-supressorlar(insonretinoblastomidagi RB geni ; inson organizmidagi turli o'smalarnin’ p53 geni .
.2002 yil ko’rsatkichlari bo’yicha 930 000 holatlarda kasallikni qayd etilgan. Bu kasallanish dunyo bo’yicha eng baland kо‘rsatkich о‘lim soni 700 000 dan ortiqdir . Rossiyada oshqozon – ichak saratoni onkologik kasalliklarni ( 15, 8 % erkaklarda va 12, 4 % u ayollarda ) , kasallanish keng yoyilgan mamlakatlar Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Amerika va Islandiyadir. Koreya saraton kasalligining ko’p uchrashi bo’yicha birinchi o’rinda turadi ,kasallarning 20, 8 % .i.
Metastaz paydo qiladigan o’smalar 80 — 90 % bemorlarni oshqozonidan aniqlanadiva bunda tez murojaat qilinishi , tez belgi berishi sababli ancha yaxshi davolanadi , siydik – tanosil saratoni 65 % holda erta tashxis qo’yilganda davolashlar natija beradi. Bemorlar murojaati uchun eng kechki bosqichda 15 % natija beradi xolos. Me’da saratoni va siydik –tanosiy organlar saratoni bo’yicha eng yuqori natijali kasallanish Yaponiyada — 53 % bo’lib,, boshqa mamlakatlarda bu ko’rsatkich 15 — 20 %dan oshmaydi .Birgina voqea 50 ta shifokor ixtiyoridagi bemorlar tahlil qilinib saraton kelib chiqishiga imkon tug‘diruvchi omillarni aniqlandi: о‘ziga xos xususiyatli parhezlar va atrof- muhit, chekish, .

Buyrakdagi xavfli o’sma(saraton)
Isbotlangan qaramlik chastotalari bunga misoldir.Me’da raki esa asosan iste’mol manbalari tarkibidan kelib chiqadi: sho’r, konservalangan, yog’li, quritilgan mahsulotlar, о‘tkir ovqatlar, hayvon yog‘i, eng asosiy sabablardan yana chekish, spirtli ichimliklarni muntazam iste’mol qilish, aloqa chastotalari ta’siri bilan, tuproqda mis, molibden, kobalt va qaytadigan — ruhni va marganetsni mavjudligi.
Saratonning yashirin davri 10-15 yil ham bo’lishi mumkin shuning uchun ham u og’ir asoratlar olib kelgandagina ko’zga tashlanadi. Ayrim hollarda esa tasodifan xavfga aylanadi( nisbiy koeffitsiyent 2, 5 ).
1994 yilda xalqaro sog’lik agentligi bu kasallikni о‘rganish bо‘yicha ish olib borildi va virus aniqlandi ( IACR ).Bunga sabab bo’luvchi omillar ning birinchi guruhi kanserogen moddalar. Ushbu virus to’qimalarda о‘zgarishlar keltirib chiqaradi ,—shilliq qobiqning atrofiyasiga olib keladi.
Saraton kasalligi
Oxirgi 100 yil ichida kasal bo’lish va hayotdan ko’z yumish bo’yicha onkologik kasalliklar butun dunyo bo’yicha faqatgina yurak ishlash tizimi kasalliklariga o’rin bergan holda o’ninchi o’rindan ikkinchi o’ringa ko’chdi. Har yili saraton kasalligidan olti milliondan oshiq inson hayotdan ko’z yummoqda. 6 000 000 ta odam. So’gliqni Saqlash bo’yicha Umumjahon Uyushmasi ma’lumotlariga asoslansak, har yili saraton kasalligiga 10 million odam uchrar ekan. Onkologik kasalliklarning sabablari sifatida tashqi faktorlar deb hisoblash lozim bo’lib qolgan, ya’ni: chekish, alkogol moddalarini iste’mol qilish, quyosh nurlari, ovqatlanish, ionlashtiruvchi radiatsiya, viruslar, gormonlar, ishlab chiqarilgan kanserogen faktorlar. Saraton kasalligi kelib chiqishining bunday tushunilishiga asoslansak, aytib o’tilgan faktorlarni yo’qotilishi bilan birga saraton va shu kabi kasalliklar profilaktikasiga erishishimiz mumkin.So’gliqni Saqlash bo’yicha Umumjahon Uyushmasi saraton kasalliki sabibidan ko’payadigan o’lim ko’rsatkichi 2030 yilgacha 45% gacha oshishini aytib kelmoqda. Saraton kasalligi aniqlangan insonlarning faqatgina yarmidan kami (41,4%) tuzalmoqda
Kо‘krak bezi saratoni – muammo va uni hal etish yо‘llari
Ushbu tadbir kо‘plab mamlakatlardan kelgan sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislarini hamda jamoat tashkilotlari, davlat tuzilmalari, farmakologiya kompaniyalari va fuqarolarning tashabbuskor guruhlari vakillarini birlashtirdi.
Ma’lumki, bugungi kunda kо‘krak bezi saratoni muammosi juda jiddiy va dolzarb muammolardan biri bо‘lib, ushbu xastalik О‘zbekiston va bir qator xorij mamlakatlarining ayollari orasida tarqalish darajasi bо‘yicha ikkinchi о‘rinda turadi.Anjuman davomida respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan va xorijlik mutaxassislar ushbu xastalikning xavf-xatar omillarini belgilab oldilar. Ular sirasiga:
-kashandalik;
-notо‘g‘ri ovqatlanish;
-ekologiya muammolari;
-oral kontratseptivlardan foydalanish;
-ortiqcha vazn kabi sabablar kirdi.
Mazkur muammoni sharhlash va kо‘krak bezi saratoni xastaligini yoritishdan tashqari forum ishtirokchilari ushbu xastalikka qarshi kurashish va bunday tashxisga ega ayollar sonini qisqartirish yо‘llarini taklif etishdi:
Mixail Davidov, N.N.Bloxin nomidagi GURONS, direktor, RFA va RTFA akademigi, RTFA prezidenti, Rossiya, Moskva:
«Millat salomatligini ayollar salomatligisiz tasavvur qilib bо‘lmaydi. Ushbu muammoga jamoat tashkilotlarini jalb etish kо‘krak bezi saratoni bilan xastalanish xavfini kamaytirish borasidagi juda aniq va tо‘g‘ri qadamdir. Farmakologiya kompaniyalarining yangi vositalarini izlash, ma’rifat-targ‘ibot ishlarining sifatini oshirish, skrining-markazlarining faoliyatini yо‘lga qо‘yish – bularning barchasi yaxshi natijalarga olib keladi».
Marko Martussi, Rimda atrof-muhit va sog‘liqni saqlash masalalari bо‘yicha Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa markazi, Italiya, Rim:
«Fikrimcha, “kо‘krak bezi saratoni” tashhisiga ega ayollar sonini qisqartirish masalasi bо‘yicha kо‘rilishi zarur bо‘lgan choralarga quyidagilar kiradi:
- aholining onkologiya masalalaridagi xabardorligini keng darajada oshirish;
- maqsadli auditoriya bilan ishlash;
- erta tashxis qо‘yish;
- sog‘liqni saqlash sohasiga investitsiyalarni yо‘naltirish».
Roman Barak, tibbiyot markazi, bosh terapevt, Isroil, Xayfa:
«Quyidagi uch qoida onkologik vaziyatni nazorat qilish imkonini beradi:
1. sog‘liqni saqlash tizimining professional savodxonligi
2. mamlakatning byudjet zahiralari
3. ushbu xastalikdan xabari bor va profilaktika jarayonidan о‘tishi zarurligini biladigan ayollar mentalitetidagi rivojlanish.
Shunday qilib, kо‘krak bezi saratoni muammosini hal etish doirasida mutaxassislar quyidagi umumiy usullarni ilgari surishdi:
- aholi о‘rtasida ma’rifat-targ‘ibot ishlarini olib borish;
- xastalikka uning ilk bosqichida tashxis qо‘yish;
- ijtimoiy-tibbiy va ruhiy reabilitatsiya ishlarini yaxshilash;
-tibbiy xodimlar malakasi va asbob-uskunalar sifatini oshirish;
- klinik onkologiya sohasidagi zamonaviy yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish.
“Ayollar kengashi” jamoat birlashmasi, О‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qо‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “Ayollar kengashi” JB qoshidagi kо‘krak bezi saratoniga qarshi kurash bо‘yicha ayollar hamjamiyati, Respublika onkologiya ilmiy markazi Forum tashkilotchilari bо‘lishdi..Ko‘krak bezi saratoniga qarshi trening bo‘lib o‘tadi
Bugun – 25-yanvar soat 10:00 dan 11:00 gacha Fond Forum konferensiyalar zalida ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurash yo‘lida trening bo‘lib o‘tadi. Ko‘krak bezi saratoni Milly Assotsiatsiyasi vakillari uchun o‘tkazilayotgan treningni amerikalik Syuzan Komen (Susan G. Komen) olib boradi.Fond delegatsiyasi o‘tgan kuni poytaxt Toshkentga yetib kelgan. Ikki kun davomida (25-26-yanvar) ular trening ishtirokchilarini ko‘krak saratoni beziga qarshi kurash fondi faoliyati bilan tanishtirib borishadi. Shuningdek Syuzan Komen kasalikka qarshi kurash davomida nimalarga amal qilish lozimligi va bemorga zudlik bilan yordam ko‘rsatish borasida o‘z bilganlarini trening a‘zolari bilan bo‘lishadi.
Ko‘krak bezi saratoni Milly Assotsiatsiyasi 20-yanvar kuni ko‘krak bezi saratoni Fondi bilan hamkorlik shartnomasini imzolagandi.
Syuzan Komen insonparvarlik Fondi Assotsiatsiyasi faoliyatini O‘zbekistonda kengaytirish, shuningdek bir qator u bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish ishlari bilan shug‘ullanadi.

Ko'krak bezi saratoni


Afsuski, hozigi kunda ko'krak bezi saratoni ayol kasalliklari orasida eng ko'p uchraydigan kasallik bo'lib kelmoda. Ushbu kasallikni davolashda vaqtida qilingan diagnostika muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun har bir ayol muntazam ravishda o'z ko'kraklarini tekshiruvdan o'tkazishi shart.
Nega? Ko'krak bezi saratoni kasalligining dastlabki bosqichi alomatsiz kechadi. Natijada kasallik ayol bilmagan holda keyingi og'irroq bosqichlariga o'tib ketadi. Bu esa kasallikni davolashda qo'shimcha qiyinchiliklarni va zararli muolajalarni talab etadi. O'z vaqtida aniqlangan kasallikni davolash esa osonroq kechadi va ko'pincha ayol uchun ijobiy yakunlanadi.Ko'krak bezi saratoni kasalligi bilan kasallanish xavfi kimda bor?
1. Yoshi ulg'aygan, ya'ni 50 yoshdan oshgan ayollarda;
2. Ona, xola yoki buvisida saraton kasalligi mavjud bo'lgan ayollarda;
3. Genetik kasallikka ega bo'lgan ayollarda (BRCA1 va BRCA2 genlardagi deffekt)
4. Birinchi hayz ko'rish davri 12 yoshgacha bo'lib, menopauza (hayz ko'rishni tugatish) davri 55 yoshdan oshgan ayollarda;
5. Ko'p spirtli ichimlik iste'mol qilgan ayollarda;
6. Tug'magan ayollarda;
7. Yoshi 30 dan oshib tuqqan ayollarda;
8. Farzandini ko'krak suti bilan emizmagan ayollarda;
9. Estrogenlik gormonal dori-vositalarini 1 yildan ko'p qabul qilgan ayollarda;
10. Radiatsiya ta'siriga uchragan ayollarda.
Ko'krak bezi saratoni kasalligining alomatlari uning dastlabki bosqichlarida bilinmasligi mumkin. Kasallik rivojlangan sari u quyidagicha namoyon bo'lishi mumkin:
- ko'krak yoki qo'ltiq ostida shishlar mavjudligi, ular odatda og'riqsiz bo'ladi;
- ko'krak yoki ko'krak uchining shakli, rangi yoki strukturasining o'zgarishi (masalan, qizarib qolishi, g'adir-budurlik vujudga kelishi yoki terining silliqmasligi);
- ko'krak uchidan qon yoki yiring ajralishi.
Kasallikning og'ir bosqichlarida quyidagi alomatlar vujudga keladi:
- suyaklar og'rishi;
- ko'krak og'rishi;
- terida yaralar paydo bo'lishi;
- saraton kasalligi mavjud bo'lgan ko'krak tomon qo'lda shishlar paydo bo'lishi;
- vaznning tez yo'qotilishi.
Ko'krak bezi saratoni kasalligini davolash
Ushbu kasallikni davolashda vaqtida amalga oshirilgan diagnostika muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun har bir ayol muntazam ravishda mammolog (ko'krak bezi kasalliklari mutaxassisi) ko'rigida bo'lishi shart. Axir sog'lom ayol eng go'zal ayoldir.
2012 yil 1 may kuni Toshkent shahrida "Vo imya jizni" forum-marafoni aynan ayol ko'krak bezi saratoni kassalligiga "YO'Q" deb, ayollarni o'z salomatliklariga qayg'urishga undaydigan ajoyib tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir mana 3 yildan beri butun Respublika bo'ylab o'tkazilib 100 000 dan ortiq odamni qamrab kelmoqda.
Minglab odamlar Toshkent markazida yig'ilib ushbu tadbirda qatnashib, shunday savobli va foydali ishga o'z hissasini qo'shdilar. Marafon tashkilotchilari "O'zbekiston madaniyati va san'ati forumi" jamg'armasi, Ko'krak bezi saratoni milliy assotsiatsiyasi, Syuzen Komen (AQSh) fondi va ROO "Ayollar uyushmasi" bo'ldilar. (fundforum.uz sayti ma'lumotlari)
Shunday tadbir natijasida minglab odamlar ko'krak bezi saratoni kasalligi haqida, uni vaqtida diagnostika qilish qanchalik muhim ekanligi haqida bilib oldilar.
O'zbek oilasi uchun, xususan ayollarimiz uchun o'tkazilgan shunday marafon tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib qolamiz. Axir halqimizni ayollar beshikda tebratadi. Shunday ekan Saraton (kasallik)
Kompyuter tomografiyasida koʻringan xavfli mezotelioma oʻsmasi.
Saraton (boshqa nomlari: kanser (lot. cancer — “qisqichbaqa”), rak (rus. рак)) — epiteliy toʻqimasidan rivojlanadigan xavfli oʻsma. Epiteliy hujayrasi bor barcha aʼzolar — teri, shilliq qavatlar, qiziloʻngach, oʻpka, meʼdaichak yoʻli, siydik-tanosil aʼzolari, shuningdek, miya va h.k.da paydo boʻladiSaraton hujayralari juda tez boʻlinadi va rivojlanadi hamda atrofdagi sogʻlom hujayralarni yemirib boradi.
Boshqa xavfli oʻsmalar kabi, saraton ham, odatda, oʻzi oʻrnashgan joydagi toʻqimani yemirishi, retsidiv, metastaz berishi va organizmning umumiy holatiga taʼsir koʻrsatishi, kaxeksiya (qoq suyak boʻlib ozib ketish) bilan xavfsiz oʻsmalardan farq qiladiSaraton alohida viruslar faoliyati, shuningdek, turli fizik, kimyoviy va biologik omillar, kanserogen moddalarning odam organizmiga taʼsiri hamda organizmning oʻzida sodir boʻladigan endogen (ichki) kanserogen moddalar, radioaktiv nurlar taʼsirida vujudga kelishi mumkin.
Saraton toʻsatdan paydo boʻlmaydi, koʻpincha rak nishonasi deb atalib, surunkali kechadigan patologik uzgarishlardan soʻng rivojlanadi, shuningdek, teri, meʼda, bachadon boʻynidagi uzoq vaqt bitmaydigan yaralar, poliplar, sut bezlari fibroadenomatozi va h.k. oqibatida ham paydo boʻladi. Ammo shu kasalliklardan keyin, albatta, saraton rivojlanadi deb boʻlmaydi, chunki saratonka sabab boʻladigan kasalliklar oʻz vaqtida uzilkesil davolansa, uning oldini olish mumkinSaratonning harakterli xususiyatlaridan biri shuki, toʻqimada oʻsma hosil boʻlib rivojlangandan keyingina kasallik belgilari yuzaga chiqadi va oʻsma oʻsayotgan aʼzo funksiyasi keskin buziladi.
Erkaklarda koʻproq meʼda, bronxlar, teri, pastki lab, ogʻiz boʻshligʻi, halkum, oʻpka (xususan, kashandalarda), tanosil aʼzolari saratoni uchraydi; ayollarda esa bachadon, ovqat hazm qilish aʼzolari, sut bezlari va teri saratoni kuzatiladi.
Saraton boshlanayotganda, u tananing qaysi qismida rivojlanishidan qatʼi nazar, qattiq ogʻriq bermaydi. Shu sababli, bemor vrachga koʻpincha kech murojaat qiladi, natijada kasallik ancha ulgʻayib ketadi Saratonni davolash imkoni boricha erta boshlansa, yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Pastki lab saratoni koʻpincha pastki lab qizil xoshiyasi ustida uzoq vaqt bitmaydigan yara va qon sizib turadigan yoriqchalar, oq dogʻlar (leykoplakiya) boʻlishi natijasida vujudga keladi.Saratonning oldini olish uchun pastki lab va ogʻiz boʻshligʻi kasalliklarida albatta chekishni tashlash lozim.
Qiziloʻngach saratoni ("qiltomoq" kasalligi) aksariyat saraton oldi kasalliklari oqibatida kelib chiqadi. qiziloʻngach saratonida bemor dastlab quyuq, keyinchalik suyuq ovqatlarni ham yuta olmay qoladi. Koʻpincha toʻsh orqasida, baʼzan koʻkrak pastida va qorin sohasida ogʻriq sezadi. Ovqat yutganda salgina qiyinchilik sezilsa, darhol vrachga murojaat qilish kerak.
Meʼda saratoni koʻp uchraydigan va aksariyat surunkali meʼda yarasi, polipi, shuningdek, surunkali gastritning baʼzi shakllari oqibatida kelib chiqadi. Meʼda raki bilan ayollarga nisbatan erkaklar koʻproq ogʻriydi; Odatda, 40—60 yoshli kishilar oʻrtasida koʻp uchraydi. Kasallik boshda sezilmaydi, bemorning darmoni quriydi, mehnat qobiliyati susayadi, ozib keta boshlaydi, rangi siniqadi; keyinchalik ishtaxa yoʻqolishi, koʻngil aynishi, jigʻildon qaynashi, hiqichoq tutishi, kekirish, baʼzan qusish alomatlari, shuningdek, meʼdada qattiq ogʻriq paydo boʻladi. Bunday alomatlar roʻy berganda darhol vrachga murojaat qilish zarur.Toʻgʻri ichak saratoni koʻproq ichakdagi polipdan paydo boʻladi. Bunda soxta hojat qistashi, shilliq yoki qon aralash ich ketishi kuzatiladi, kasallik avj olgandan soʻng ichakdan qon oqadi. Qon ketishi koʻpincha bavosilda ham roʻy beradi, shuning uchun qon ketishi sababini faqat vrach aniqlashi mumkin.Oʻpka saratoni oʻpkaning surunkali kasalliklari (oʻpka sili, zotiljam, bronx poliplari, pnevmokonioz) bilan tez-tez ogʻrib turish va h.k. oqibatida vujudga kelishi mumkin. Oʻpka saratoni koʻproq kashandalarda uchraydi; Koʻkrakda ogʻriq (ayniqsa, yoʻtalganda zoʻrayadi), baʼzan qon tuflash kuzatiladi. Kasallikka xos alomatlar paydo boʻlganda darhol vrachga murojaat qilish lozim.Sut bezlari saratoni koʻproq sut bezlarida hosil boʻladigan qattiq, ogʻriqsiz tugunchalar, saraton oldi oʻsmasi (xavfsiz oʻsma), fibroadenomatozlarni oʻz vaqtida davolamaslik natijasida rivojlanadi. Sut bezlarida arzimagan tuguncha borligi sezilsa, darhol vrachga murojaat qilish kerak.Ayollarda koʻp uchraydigan bachadon saratoni bachadondagi surunkali kasalliklar — eroziya, polip va oq dogʻlardan paydo boʻladi. Tugʻruq va abortda bachadonning jarohatlanishi, uni oʻz vaqtida davolatmaslik ham bachadon saratoniga sabab boʻladi. Kasallik hech qanday belgisiz kechadi, keyinchalik avj olganidan soʻng bemorda oqchil koʻpayib, hayz sikli buziladi, qon ketadi va nihoyat, ogʻriq paydo boʻladi. Shuning uchun har bir ayol jinsiy hayot kechira boshlagan kundan boshlab kamida bir yilda 2 marta (klimakteriya davrida 4 marta) ginekolog koʻrigidan oʻtib turishi shart.
Teri saratoni, odatda, keksalarda (50—70 yoshli erkak va ayollarda) kuzatilib, koʻpincha yuzda (burun qanotlari, qovoq, burunlab burmalari, ogʻiz burchaklarida), baʼzan terining kuygan, jarohatlangan joyida, shuningdek, ayrim tugʻma va turli jarohatlar oʻrnida paydo boʻladi.
Saraton va xavfli oʻsmalar, asosan, operatsiya qilinadi, radioaktiv moddalar va rentgen nurlari, saratonga qarshi maxsus kimyoviy preparatlar, gormonlar, biopreparatlar qoʻllanadi. Kasallikning oldini olish uchun organizmga zararli taʼsir etadigan kanserogen moddalarni yoʻqotish, shuningdek, saraton oldi kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash va davolash, aholini ommaviy profilaktik koʻrikdan oʻtkazib turish, baʼzan dispanserizatsiya qilish lozim.
Saraton kasalligining boshlanishining besh alomati bо‘lib, bu belgilar insonda paydo bо‘lganda, albatta, shifokor kо‘rigidan о‘tish lozim. Bu belgilar kasallikning ilk bosqichida paydo bо‘lib, saratonning erta tashxisi kasallikning о‘z vaqtida davolanishiga va kо‘p hollarda tuzalib ketishiga yordam beradi.
Quyida bu belgilarni sanab о‘tamiz:
1. Tananing turli qismlarida og‘riqning paydo bо‘lishi. Boshlang‘ich stadiyalarda oddiy diskomfort holatlari bо‘lishi mumkin.
2. 1-2 oy ichida tezlik bilan ozib ketish. (Bunda organizmda modda almashinuvi buziladi, shuning uchun tez ozib ketish holati kuzatiladi)
3. Umumiy holsizlik. (Saraton kasalligida organizmda intoksikasiya –zaharlanish holati bо‘lgani uchun odam о‘zida holsizlik sezadi)
4. Tana haroratining kо‘tarilishi. (Bu kasallikda odam immuniteti pasayadi va tana temperaturasi kо‘tarilishi kuzatiladi)
5. Odamning tashqi kо‘rinishi, terisining rangi, tiniqligi о‘zgaradi va sochlari tо‘kila boshlaydi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, biz kasalliklar boshlanmasdan oldin bir yilda bir marta tо‘liq shifokor kо‘rigidan о‘tib turishimiz lozim. Bu oddiy qoidaga 90 % insonlar amal qilmaydilar. Bunday profilaktik kо‘riklar juda kо‘p muammolarni hal qilishi mumkin.
Rossiya Kardiologlar Assosiasiyasi olimlari shuni aniqlashdiki, yurak-qon tomirlari kasalliklarining rivojlanishini kо‘paytiruvchi yetti omilning saraton kasalligining ham profilaktikasiga yordam berar ekan.
Bu omillarga quyidagilar kiradi :
1. Yetarlicha jismoniy harakat bilan shug‘ullanish.
2. Semizlikning oldini olish.
3. Tо‘g‘ri sog‘lom tarzda ovqatlanish.
4. Qonda xolesterin miqdorini normal ushlab turish.
5. Qon bosimining kо‘tarilishining oldini olish.
6. Qonda qand miqdorini kuzatib turish.
7. Chekmaslik va ichkilik ichmaslik.
Yuqoridagi omillarga amal qilish saraton kasalligining rivojlanishini 51 % ga kamaytirar ekan. Lekin inson chekishni tashlamasa, bu kо‘rsatkich 25% ga
Olimlarning xulosalari shuni kо‘rsatadiki, inson о‘z yashash tarzini о‘zgartirishga hech qachon kech emas ekan. Sog‘lom turmush tarzi, tо‘g‘ri ovqatlanish, yetarli jismoniy harakat bilan shug‘ullanish, tana vaznini kо‘paytirmaslik, qondagi xolesterin, qand miqdorini tekshirib turish, qon bosimini oshirmaslik faqat qon –tomir kasalliklarinigina emas, balki saraton kasalligining oldini olishda muhim о‘rin tutar ekan.
Keyingi yillarda molekulyar biologiyadako’p odamlarning o’limiga sabab bo’lib kelayotgan eng xavfli kasallik –rakning kelib chiqishini aniqlash va uni davolash usulini ishlab chiqishga juda kata e’tibor berilmoqda. Bu muammoga yaqindan yondashilgan sari uning yechilishi molekulyar biologiya va genetikainjenerligisiz hal bo’lmasligi ayon bo’lmoqda . Normal hujayralardan farqli xususiyatlar:
Birinchidan xavfli o’sma hujayralari cheksiz o’sish xususiyatiga ega .Ular organism to’qimalarini yemirish hisobiga o’sadi.Bundan tashqari rak hujayralari metastaz beradi.,ya’ni asosiy o’chog’dan uzilib qon va limfa orqali boshqa joylarga tarqaladi va ko’plab yangi o’chog’lar hosil qiladi. Ma’lum bo’ldiki ko’payish xususiyatiga ega barcha hujayralar aynish xususiyatiga ham ega ekan. Keyingi yillarda bunday gen ishining regulyatsiyasi buzilishi oqibatidegan fikr tug’ildi.Rakning kelib chiqishi haqida bir qancha nazariyalar bor.Ulardan biri rak har xil- tashqi va ichki omillar ta’sirida paydo bo’lishi mumkin, lekingap omilda emas, balki bo’linayotgan hujayraning tabiatiga bog’liq, deb da’vat qilinadi.Boshqa bir nazariyaga ko’ra , rakni kanserogen moddalar qo’zg’atadi.Bu nazariyani tasdiqlaydigan ancha dalillar bor , lekin u rakning hamma xillariga taalluqli emas.
Keyingi yillarda rakning kelib chiqishida viruslarning roliga asosiy e’tibor qaratilgan .Bu fikr ilgaridan bor bo’lsa ham o’sma qo’zg’atadigan viruslar bor ekanligiga uzoqvaqtgacha ishonilmas edi.Lekin 1970-yili G.Temin, D.Baltimolar RNK tutuvchi viruslarda DNK sintezlaydigan teskari transkriptaza fermentini kashf etdilar.Bunday viruslar revertazalardeb ataldi. FermentRNK matritsada genomga ulanishi mumkin bo’lgan DNK ni sintezlaydi. Bu tadqiqad ham 1975-yil Nobel mukofoti bilan nishonlangan.
RNK shaklidagi virus ko’p vaqtlar davomidahujayrada o’zgarishsiz ko’payishi mumkin .Ammo u DNKtutuvchi shaklga o’tar ekan , genomga ulanaoladi va hujayrani o’zgartiradi.DNKli viruslarrevertazafermentiga muhtoj bo’lmasa hamrak qo’zg’atish xususiyatiga ega . Bunday viruslar to’dasi onkogenlar deb atalib,tarkibidagi RNK(yoki unga muvofiq DNK) zanjirlarida normal hujayrani aynitib yomon sifatli qilish xususiyatiga ega onkooqsilni kodlaydigan nukleotidlar qatoriga ega .Binobarin, rakning kelib chiqishi mana shu onkogenlrga bog’liq.Shunisi qiziqki ,onkogenlar barcha hayvon va odam hujayralarida ham topilgan.Ular protoonkogenlar , ya’ni rakning birlamchi genlari nomini olgan .Normal hujayrada ular tinch holda yotadi va faqat hujayra rivojlanishining ma’lum bosqichida aktivlashib, bitta hujayrada20-30ta RNK molekulalari hosil qiladi.
Ularning hujayra aktivligidagi roli unchalik aniq emas, lekin ba’zi onkooqsillarstrukturasi hujayralarning o’sish omillari deb ataladigan ba’zi birikmalarga o’xshash ekani e’tiborga loyiq.
Qaysi sharoitda protoonkogen faollashib, rak qo’zg’atadigan onkogenga aylanadi? Bu fundamental savolga hali to’la javob yo’q.Protoonkogenniqo’zg’atadigan birqator ham ichki, ham tashqi omillar topilgan . Ularning rak paydo bo’lishidagi ishtiroki gen enjenerligining nozik usullari va qudratli asboblari yordamida jadallik bilan o’rganilmoqda.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda saraton kasalligining to’liq davosi topilmagan bo’lsada, uni yo’qotish yo’lida izlanishlar davom etmoqda. Saraton kasalligi dunyo aholisiga xavf solayotgan bir paytda unga chalinmaslik uchun har birimiz qanday choralar ko’rishimiz kerakligini yodda tutmog’imiz, muntazam tibbiy ko’rikdan o’tib turishimiz zarur. Kanserogen mahsulotlardan tiyilishimiz, iloji boricha tabiiy mahsulotlar iste’mol qilishimiz yaxshi samara beradi. Saraton dunyoaholisini yengishiga yo’l qo’ymaylik.Genom kasalliklari , ularningdavolash choralarini topishmolekulyarbiologiya sohasinining eng dolzarb muammoli masalalaridandir. Bu izlanishlar natijasini u yoki bu jabhalarda albatta ko’rsatadi deb ishonamiz.

Download 23,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish