Rasm. A. tumefaciens bakteriyasi Ti-plazmida vektori yordamida transformatsiyalangan S. chacoense hujayralari. Bu yerda plazmida ta`sirida transformatsiyalanganidan keyin barg bo’lakchasida kallus to’qima hosil bo’lish jarayoni aks ettirilgan.
Shuningdek, hozirgi kunda ushbu plazmida o’simliklarni genetik modifikatsiyalash maqsadlarida begona genetik materialni o’simlik genomi tarkibiga kiritishda keng qo’llaniladi. A. tumefaciens bakteriyasi plazmidasi asosan ikki palali o’simliklar hujayralarini transformatsiyalashda, shuningdek ayrim holatlarda bir pallali o’simliklar ustida amalga oshiriluvchi modifikatsiya o’zgarishlarida foydalaniladi. Biotexnologik tadqiqotlar asosida genomi tarkibidan fitogormonlar va opinlar sintezini kodlovchi genlar olib tashlangan holatda, faqat begona genni o’simlik hujayrasi genomi tarkibiga kiritish maqsadlarida foydalanishga mo’ljallangan maxsus Ti-plazmida vektorlari yaratilgan. Bu plazmida yordamida o’simlik genomi tarkibiga foydali fenotipni yuzaga keltiruvchi genlarni kiritish amaliyotda sinovlardan ijobiy o’tkazilgan.
Rekombinant DNK olish texnologiyasi yo’nalishida plazmidalardan foydalanish bo’yicha ko’plab patentlar olingan. Ushbu patentlardan birida (Rossiya) Escherichia coli K-12 bakteriya shtammida avtonom replikatsiyalanish xususiyatiga ega plazmida vektorini yaratish ishlari olib borilgan. Biotexnologiyada gen injeneriyasi yo’nalishida genom modifikatsiyalarida ushbu ko’rinishdagi vektor plazmidalardan keng foydalaniladi. Sanoat miqyosida biotexnologik ishlab chiqarish yo’nalishida Escherichia coli, K-12, V va W shtammlar keng ishlatiladi. Jumladan, Escherichia coli W shtammi aminokislotalar kabi amaliy muhim ahamiyatga ega moddalar sintezida, fermentativ jarayonlarda qo’llanilish imkoniyatlari yuqori baholanagn.
Bunda Escherichia coli ning genomini modifikatsiyalashda plazmidalar yordamida gen kiritish usulidan foydalaniladi. Escherichia coli ning harorat o’zgarishlari sharoitlariga (+10…+30°C harorat oralig`ida) chidamli shtammini yaratishda harorat o’zgarishlariga nisbatan barqarorlik xususiyatiga ega plazmida bakteriya genomi tarkibiga kiritilgan. Ushbu plazmida DNK si tarkibida Escherichia coli xromosoma tarkibidagi nukleotidlar ketma–ketligiga gomologik tartib mavjud hisoblanadi. DH5 /pMTS11910 plazmidasi bakteriya hujayrasiga kiritilganidan keyin transformatsiyalangan Escherichia coli DH5 /pMTS11910 shtammi hosil qilinadi. Ushbu maqdsadlarda Nippon Gene Co., Ltd. firmasi tomonidan maxsus biotexnologik tadqiqotlar o’tkazish maqsadlarida ishlab chiqariluvchi pMW119 plazmidasidan foydalanish mumkinligi ta`kidlangan. pMW119 plazmidasi tarkibida ori-sohasi va rep geni mavjud bo’lib, ori-sohasida replikatsiya jarayonini boshlab berilishiga javobgar gen joylashgan, shuningdek rep geni replikaza fermentini kodlanishiga javobgar hisoblanadi. pMW119 plazmidasining harorat o’zgarishlariga chidamli shaklini yaratish uchun tajribalarda gidroksilamin ta`siridagi mutatsiya chaqirish usulidan foydalaniladi. Bu maqsadda tajriba muhitiga 10 mkg plazmida qo’shilib, fosfat buferi (50 mmol/l NaH2PO 4, 1 mol/l EDTK·2Na+, rN 6,0 (NaOH)) sharoitida muhit tarkibiga 0,4 mol/l gidroksilamin gidroxlorid qo’shiladi va reaktsiya muhiti +75°C haroratda 30-60 minut davomida ushlab turiladi. Natijada harorat o’zgarishlariga chidamli bo’lgan pMW119 plazmidasi mutant shakli hosil qilinadi. Ushbu plazmida Escherichia coli K-12 shtammi tarkibiga kiritiladi. Natijada esa harorat o’zgarishlariga nisbatan chidamli bakteriya shtammi hosil qilinadi. Ushbu bakteriya shtammidan biotexnolgik ishlab chiqarish jarayonida turli maqsadlarda foydalanish mumkin.
Xulosa Rekombinant DNK olish texnologiyasida umumiy holatdagi yagona usullar ishlab chiqilmagan, biroq ko’pgina holatlarda rekombinant DNK olish texnologiyasi quyidagi sxema asosida amalga oshiriladi (9-rasm).