Hududning eksport salohiyatini rivojlantirishning zaruriyati, o’ziga xos xususiyatlari


O’zbekistonda eksport operatsiyalarini amalga oshirishninh me’yoriy huquqiy asoslari



Download 1,48 Mb.
bet7/10
Sana19.09.2021
Hajmi1,48 Mb.
#179285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5325938774809512721

O’zbekistonda eksport operatsiyalarini amalga oshirishninh me’yoriy huquqiy asoslari

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, o’z iqtisodiy rivojlanish modelini tanlash bilan birga tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ham bozor iqtisodiyoti sharoitini taqozo qiladigan ustuvor yo’nalishlarni belgilab oldi. Ushbu rejada O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati tartibga soluvchi, jumladan eksport salohiyatini oshirishga doir huquqiy me’yoriy hujjatlar tahlili respublika mustaqillikka erishgan davrdan boshlab ko’rib chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining negizlari Konstitutsiyaning 17-moddasida asoslab berilgan. Unda "O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la xuquqli sub’ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan xal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro xuquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslangan. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin " deya e’tirof etilgan. Tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish har qanday mamlakat iqtisodiyotini o’sishiga olib keluvchi omillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, mamlakatimiz eksport imkoniyatlarini rag’batlantirishga qaratilgan muhim me’yoriy xujjatlar qabul qilindi.

Mustaqillik yillarida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslarini yaratish bo’yicha qator tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, "Tashqi iqtisodiy faoliyat to’grisida" (2000 yil 26 maydagi yangi taxriri), "Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy tamoyillari to’grisida", "Xorijiy investorlarning huquqlarini kafolatlash va himoya qilish choratadbirlari to’grisidagi O’zbekiton Respublikasi Qonunlari va bir qator boshqa me’yoriy xujjatlar qabul qilindi. Ushbu qonun hujjatlarida tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning asosiy qoidalari va tamoyillari, uning sub’ektlari va ob’ektlari, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etishning qonuniy asoslari, xorijiy investorlarning xuquq va majburiyatlari o’z aksini topgan.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining 3 – Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlarida ham eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish asosiy ustuvor yo`nlishlardan biri deb e’tirof etildi4.

O`tgan davr mobaynida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravishda jadal oshirishga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi, xususan, valyuta siyosati liberallashtirildi, ma’muriy to‘siqlar bartaraf etildi, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun narxlarni shakllantirish va to‘lovning bozor mexanizmi joriy qilindi.

Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport ulushi 15 foizdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish imkoniyati berildi.

Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi ustidan muntazam ravishda olib borilayotgan monitoring tashqi savdo va eksportning umumiy ijobiy dinamikasiga qaramasdan ular hajmlarining real o‘sish sur’atlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sur’atlariga muvofiq emasligini ko‘rsatmoqda.

Birinchi navbatda raqobatbardosh afzalliklarga ega bo‘lgan tarmoqlarda bir qator tizimli muammolar va kamchiliklarning saqlanib qolayotganligi eksport hajmlarining salmoqli o‘sishini ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda. Jumladan:

birinchidan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va keng turdagi xomashyo, shuningdek, mehnat resurslari mavjud bo‘lgan hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlovchi afzalliklardan to‘liq hajmda foydalanilmayapti;

ikkinchidan, eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalari rivojlanmayapti, eksportoldi va eksportni moliyalashtirish mexanizmlari mavjud emas;

uchinchidan, chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, uzoq muddatli barqaror tashqi bozorlarni shakllantirish va xorijda tashqi savdo infratuzilmasini yaratishga yetarli darajada e’tibor qaratilmayapti;

to‘rtinchidan, har xil xizmat turlari eksportini tashkil qilish va ilgari surish bo‘yicha tizimli ishlar mavjud emas, ularni ko‘rsatish uchun zarur infratuzilma rivojlanmagan.

Ayni shuning uchun tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini tubdan oshirish, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, tashqi savdo muvozanatini ta’minlash va valyuta tushumlarini ko‘paytirish maqsadida 2018-yil 20-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4069 sonli qarori qabul qilindi5.

Qaror bilan tadbirkorlik subyektlariga quyidagilarda har tomonlama ko‘maklashish Vazirlar Mahkamasining komplekslari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining asosiy vazifalari etib belgilandi:



  • yuqori qo‘shilgan qiymatga ega eksportbop raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, xizmatlar (turistik, tibbiy, ta’lim, transport, qurilish va boshqalar) eksporti hajmini keskin oshirish hamda ularni ko‘rsatish uchun tegishli infratuzilmani jadal barpo etish;

  • o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishda hamkorlarni izlash hamda tashkilotlar va korxonalar bilan shartnomalar tuzish6.

Shuningdek, Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligini tashkil etish to`g`risidagi takliflariga rozilik berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-dekabrdagi “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4069-son qaroriga muvofiq, shuningdek, eksport va eksport oldi moliyalashtirish, eksport kreditlari va tavakkalchiliklarini sug‘urtalash mexanizmlarini samarali tatbiq etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ4337 sonli qarori qabul qilindi7.

Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining eksport qiluvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibini o‘rnatish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin, unga muvofiq Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) eksport qiluvchilarga:

tijorat banklarining eksport oldi kreditlari, shu jumladan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun berilgan kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga, milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 10 foizlik punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha — tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 40 foizi, biroq 4 foizlik punktdan oshmagan miqdorda kompensatsiya taqdim etadi;

tijorat banklarining kreditlari, shu jumladan eksport oldi kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 4 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik beradi8.

So‘nggi yillarda tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Eksportni rag‘batlantirish agentligi tashkil etilib, eksport hajmini oshirish uchun eksport qiluvchi korxonalarga moliyaviy ko‘mak berish mexanizmlari yaratildi.

Jahon bozorlarida raqobat keskinlashib borayotgan sharoit mahsulotlar eksporti hajmini oshirish orqali yangi bozorlarga kirib borish va an’anaviy bozorlarda o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun eksport qiluvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.

Shu maqsadda 2020-yil 7-mayda O‘Zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4707 sonli qarori qabul qilindi9.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-maydagi PQ-4337-son “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq joriy etilgan mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish mexanizmi mahsulotlarni avtomobil va havo transportida eksportga tashishga ham tatbiq etilishi belgilandi va Eksport qilishda avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadigan mahsulotlar ro’yxati tasdiqlandi.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan eksport operatsiyalari bo‘yicha olib o‘tilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan joriy qilingan barcha turdagi majburiy to‘lovlar va ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjudligini tekshirish amaliyoti 2021-yil 1-yanvarga qadar bekor qilindi.

Eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda sug‘urta mukofotini qoplashga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan kompensatsiyalar taqdim etilishi joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Eksportni rag‘batlantirish agentligining xarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha 2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablag‘lar ajratishi va 2021-yildan har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutishi belgilab berildi.





        1. Download 1,48 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish