Kurs ishining maqsad va vazifalari. Xalqaro iqtisodiy aloqalar iqtisodiy hayotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Davlatlararo iqtisodiy aloqalar ko’p asrlik tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo ko’rinishida bo’lib u axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan yoki umuman ishlab chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini hal qilgan. Evolyutsion jarayon natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar tashqi savdoga aylandi, uning natijasida esa mukammal xalqaro iqtisodiy aloqalar yig’ingisi - jahon xo’jaligiga aylandi. Unda ro’y berayotgan jarayonlar dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki, barcha mamlakatlar birinchi navbatda o’z manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |