Hududning eksport faoliyati holati tahlili va investitsiya faoliyatini rivojlantirish istiqbollari
Hukumatning tashqi iqtisodiy faoliyat borasida soʼnggi yillarda amalga oshirayotgan eksportni ragʼbatlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar 2019 yil yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasini 42,2 mlrd. АQSh dollariga yetishini va 2018 yilga nisbatan 8,7 mlrd. АQSh dollariga yoki 26,2 % ga oshishini taʼminladi. Ushbu natija mamlakat tarixida eng yuqori koʼrsatkich sifatida qayd etildi.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 17,9 mlrd. АQSh dollariga (oʼsish surʼati – 128,0 %) va import hajmi 24,3 mlrd. АQSh dollariga (oʼsish surʼati – 124,9 %) yetdi. Hisobot davrida 6,4 mlrd. АQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
1-rasm. O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi
va balansi dinamikasi (mlrd. AQSh dollar)10
Oʼzbekiston Respublikasining TSА dinamikasi tahlili 2019 yilda oʼtgan yilga nisbatan eksport va import hajmlarini oʼsishini koʼrsatdi. 2017 yilga nisbatan TSА 1,6 barobarga oshdi va import (1,9 barobar) esa eksportga (1,3 barobar) nisbatan tezroq oʼsdi.
2020 yilning yanvar-dekabr respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 36299,3 mln. dollorni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13.23 foizga yoki 5521.7mln. dollarga kamaygan (2019y. – 41751,0 mln, doll.).
Jumladan: eksportning umumiy hajmi 15127,7 Million. Dollorni tashkil etib, 13.35 foizga yoki 2331 mln. dollarga kamaygan (2019y. – 17458,7 mln, doll.).
Import hajmi 21171,5 mln. dollarni tashkil etib, 12.8 foizga yoki 3120.8 mln., dollarga kamaygan (2019 y. – 24292,3 mln. doll.).
Natijada, tashqi savdo aylanmasi manfiy saldosi -6043,8 mln.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 789.8 mln.dollarga yoki 11.5 foizga kamaygan (2019y. – 6833,6 mln.doll.).
Eksportni rag‘batlantirish, xususan mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorga olib chiqishni har tomonlama soddalashtirish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 2020 yil yakuni bilan umumiy eksport hajmi o‘sib borishi kutilgandi, lekin pandemiya sababli eksport tovarlariga bo’lgan talab kamayganligi sababli eksport hajmi o’tgan yilgiga nisbatan kamaydi.
2-rasm. Oʼzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi dinamikasi
(yanvarь-dekabrь, mlrd. АQSh doll.)11
Respublikamizda tashqi savdoni qoʼllab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash boʼyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2019 yil yanvar-dekabr oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 34,6 %ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi oʼtgan yilga nisbatan oʼsish surʼati 120,0 %ni tashkil etdi. Oʼsish surʼatiga ega boʼlishiga qaramay, MDH davlatlarining ulushi 2018 yilga nisbatan 1,7 foiz punktga kamaygan.
1-jadval
Oʼzbekiston Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori boʼlgan davlatlar
(2019 yil yanvarь-dekabrь, mln. АQSh dollari, ulush %da)
Top 10 davlatlat
|
TSA
|
Eksport
|
Import
|
Ulush
|
Xitoy Xalq Respubliasi
|
7620,9
|
2519,0
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |