Yaqin kelajakda respublikada “aholi keksayishi“, yaʼni pensiya yoshidagilarning miqdori 2050 yilga borib ikki baravariga oshishi prognoz qilinadigan hamda bosqichma-bosqich va uzoq muddatli boshqa demografik oʻzgarishlar kutilmoqda. “Aholining qarishi“ demografik jarayoni asosan hozirgi 30-35 yoshdagilarning pensiya yoshiga yetib borishi va ular oʻrniga kelganlar miqdori jihatidan nisbiy kamligi bilan ifodalanadi. Yaʼni, umr koʻrish davomiyligining sezilarli oʻsishi hisobiga emas, balki tugʻilish darajasi kamayganligi sababli, tugʻilishning asta-sekin kamayib ketishi sharoitida aholi reproduktivligini, tugʻilish darajasi va oʻlim darajasi va ularning nisbati, yoshi kattaroq davrda oʻlim darajasining pasayishi bilan bogʻliqdir. Yuqorida keltirilgan demografik tendensiyalar odatda aholi reproduktiv salohiyatiga mos keladi. 2000-yillarning boshlarida tugʻilgan bolalarning avlodi 2023 — 2030 yillari mehnatga layoqatli yoshga kiradi va 1960 yillarning avlodi esa shu davrda “mehnatga layoqatli“ yoshni tark etadi. Bu salohiyatli pensionerlar sonining keskin oʻsishining asosiy sababi hisoblanadi. - Yaqin kelajakda respublikada “aholi keksayishi“, yaʼni pensiya yoshidagilarning miqdori 2050 yilga borib ikki baravariga oshishi prognoz qilinadigan hamda bosqichma-bosqich va uzoq muddatli boshqa demografik oʻzgarishlar kutilmoqda. “Aholining qarishi“ demografik jarayoni asosan hozirgi 30-35 yoshdagilarning pensiya yoshiga yetib borishi va ular oʻrniga kelganlar miqdori jihatidan nisbiy kamligi bilan ifodalanadi. Yaʼni, umr koʻrish davomiyligining sezilarli oʻsishi hisobiga emas, balki tugʻilish darajasi kamayganligi sababli, tugʻilishning asta-sekin kamayib ketishi sharoitida aholi reproduktivligini, tugʻilish darajasi va oʻlim darajasi va ularning nisbati, yoshi kattaroq davrda oʻlim darajasining pasayishi bilan bogʻliqdir. Yuqorida keltirilgan demografik tendensiyalar odatda aholi reproduktiv salohiyatiga mos keladi. 2000-yillarning boshlarida tugʻilgan bolalarning avlodi 2023 — 2030 yillari mehnatga layoqatli yoshga kiradi va 1960 yillarning avlodi esa shu davrda “mehnatga layoqatli“ yoshni tark etadi. Bu salohiyatli pensionerlar sonining keskin oʻsishining asosiy sababi hisoblanadi.
- Oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda, bizning hisob-kitoblarga koʻra, mehnatga layoqatli aholi sonining oʻsishi davom etadi (ulush 2020 yilda 10 foizgacha, 2030 yilda 13 foizdan, 2040 yilga kelib esa 15 foizdan koʻp boʻlishi mumkin). Bu oʻsish pensiya tizimi va sogʻliqni saqlash sohasiga demografik “bosim“ni sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |