Savol va topshiriqlar.
Xududlarni rivojlantirish nazariyalari fanining asosiy tushunchalari qaysilar?
Hududiy majmua nima va uning asosiy belgilarini ta’riflab bering.
Hududiy majmua va hududiy tizim orasida qanday farq bor?
Hududiy tarkib va rayonlashtirish haqida nimalarni bilasiz?
Rayonlashtirishning oddiy va murakkab usullarini tushuntirib bering.
O‘zingiz yashayotgan viloyatni qanday rayonlarga ajratasiz?
2-mavzu. Hududlarni rivojlantirishning klassik g`oyalari. (4 soat)
Reja
Xududiy majmualar va xududiy tashkil qilish xaqida umumiy tushuncha.
Merkantelizmdan fritredizmga.
Xududlarni rivojlantirishda I.Tyunen va A.Veber g‘oyalari.
Xududlarni rivojlantirishning Kristaller-Lyosh nazariyasi.
Xududlarni rivojlantirishda yangiliklarning hududlar bo‘ylab tarqalish g‘oyasi.
Xududiy majmualar va xududiy tashkil qilish xaqida umumiy tushuncha.
Er yuzida butun borliq, mavjudot bir tekis tarqalmagan yoki taqsimlanmagan. CHunonchi, havo harorati, suv, tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosi, qazilma boyliklar, aholi va u tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish tarmoqlarining joylanishi, zichligi bir xil emas. Aynan ana shunday notekislik geografiya fanining chin mohiyatini, uning diniy va dunyoviy ahamiyatini asoslab beradi, kishilarning hayot-faoliyatini, hududiy mehnat taqsimoti va hatto jahon hamjamiyatidagi mamlakatlarning geografik siyosatini belgilab beradi.
+izig‘i shundaki, insoniyat tarixida doimo turli narsalarning notekis joylanishiga barham berish va ularning bir tekis tarqalishiga urinib kelingan, ammo hech qachon bu notekislik butunlay yo‘qolmagan, turli mintaqalar va joylardagi hayot turlichaligicha qolaveradi. Demak, geografiya ham abadiy, u harakatdagi olam sirlarini o‘rganuvchi fan sifatida o‘z ilmiy va amaliy ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydi. Uning bunday vazifasi ayniqsa ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
SHu o‘rinda ba’zi terminologik masalalarni aniqlashtirish talab etiladi. Masalan, joylanish(i), joylashtirish, joylashish kabi tushunchalarning ma’nosi bir xil emas. Joylanish yoki joylashish deganda ko‘proq yuzaga kelgan holat, geografik manzara, nazarda tutiladi va u hamma vaqt ham inson tomonidan yaratilgan bo‘lavermay, balki o‘ziga xos turli xil, eng avvalo, tabiiy qonuniyatlar asosida vujudga keladi. Jumladan, tayga o‘rmonlari, dengiz va okeanlardagi baliqlar, er osti qazilma boyliklarni hech kim joylashtirmagan, ular o‘zlaricha boshqa qonuniyatlar asosida joylashgan. Binobarin, joylashtirish oddiy joylanishdan farq qilib, kimdir tomonidan amalga oshiriladi.
Sobiq Ittifoq davrida o‘ta markazlashgan, direktiv rejalashtirish sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini yagona Davlat planlashtirish tashkiloti («Gosplan») joylashtirgan. Hozirgi bozor munosabatlari, mulkchilikning davlat tasarrufidan chiqarilishi sharoitida «joylashtirish» o‘zining avvalgi mohiyatini yo‘qotadi, biroq bunday vaziyatda ham turli xil mulk egalari, tadbirkor yoki boshqa ishbilarmonlar o‘ziga tegishli sohani ma’lum tamoyillar asosida joylashtiradi. Keng miqyosda esa davlat o‘zining turli xil vositalari (mexanizmlari) orqali ishlab chiqarishning joylashuvini tartibga solib, boshqarib boradi. Ilmiy jihatdan bunday joylashuvni «hududiy tashkil etish», deb atash ham to‘g‘riroq bo‘ladi. Bu tushuncha esa o‘z o‘zidan tartib, tizim, muvozanat, boshqaruvni ko‘zda tutadi va tashkil etish asosan hududiy majmua shaklida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |