Hududlarni rivojlantirish nazariyalari


Xududlarni rivojlantirishda yangiliklarning hududlar bo‘ylab tarqalish g‘oyasi



Download 0,67 Mb.
bet8/38
Sana16.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#810031
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
МАъруза матн

Xududlarni rivojlantirishda yangiliklarning hududlar bo‘ylab tarqalish g‘oyasi.

Iqtisodiyot nuqtai nazaridan uncha o‘zlashtirilmagan, xo‘jalik sig‘imi past hududlarni rivojlantirish va jonlantirish borasida o‘sish qutblari va rivojlanish markazlari to‘g‘risidagi nazariya ham katta ahamiyatga ega. Uning asoschisi fransuz olimi Fransua Perrudir.
F.Perru «markaziy o‘rinlar» g‘oyasidan kelib chiqdi, omillarni emas, tarmoqlarni rivojlanish xususiyati, harakatchanligi, atrofga ta’siri bo‘yicha tabaqalashtirdi va ularni uch guruhga ajratdi. U eng avvalo hududiy–iqtisodiy munosabatlarda tengsizlik, nobarobarlikni tan oldi va mutloq jihatdan tenglikni amalga oshirish mumkin emasligiga to‘la ishondi.
Perru fikricha, uchinchi guruh tarmoqlari tez, jadal rivojlanish, rayon (majmua) hosil qilish salohiyatiga, qobiliyatiga ega bo‘lib, aynan ana shunday mintaqaviy iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi tarmoqlar rivojlanishi o‘sish markazlarini tashkil qiladi. Markazlarning mustahkamlanishi, ularda turdosh korxonalarning ko‘payishi, atrofga bo‘lgan ta’sir doirasining kengayishi natijasida o‘sish qutblari vujudga keladi. Ta’kidlash joizki, o‘tgan asrning 40-nchi yillarida xuddi shunga o‘xshash «iqtisodiy uchoqlar» g‘oyasi rus olimlari, jumladan A.G.Aleksandrov va N.N.Kolosovskiy tomonlaridan ham yaratilgan edi.
O‘sish qutblari g‘oyasi shved olimi - Lund universiteti professori (SHvetsiya, 1954) T.Xagerstrandning yangiliklar diffuziyasi nazariyasiga o‘xshab ketadi. Faqat muallif bu g‘oyani ko‘proq sotsial geografiya bo‘yicha ishlab chiqqan.
CHindan ham, jahon taraqqiyoti, dunyo xo‘jalik tizimining rivojlanish tarixi fan-texnika yutuqlari, ilmiy yangiliklar va kashfiyotlar, innovatsiyalar texnologik determinizm bilan bog‘liq. Tarix nuqtai nazaridan yondoshganda, jahon xo‘jaligi rivojlanishida ma’lum sikllarni ajratish mumkin. Bu davr yoki sikllar yangi kashfiyotlarning ixtiro etilishi, tatbiq etilishi, tarqalishi va ularning o‘rniga boshqa innovatsiyalarning kelishi bilan belgilanadi.
Maxsus adabiyotlarda amerikalik U.Rostouning (XX asr, 58-60-yillar) iqtisodiy rivojlanishning bosqichlari, stadiyalari, rus iqtisodchisi N.D.Kondratevning 30-yillar ilmiy-texnika o‘zgarishlariga asoslangan «uzun to‘lqinlar» nazariyasi mavjud. SHuningdek, amerikalik olim R.Vernonning (XX asr o‘rtalari) eksport tovarining hayot sikli, avstraliyalik Yozef SHumpeterning tadbirkorlik to‘g‘risidagi g‘oyalari ham yangiliklarning diffuziyasi va texnologik determinizm bilan yaqindan bog‘liq.
Diffuziya (fizikadan olingan bo‘lsa kerak) kengayish va tarqalish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Birinchisida yangilikning amaliy tatbiq doirasi asta-sekin kengayib boradi, ikkinchisida esa bu birin-ketin sodir bo‘ladi, yangilik biridan ikkinchisiga ko‘chadi. Xuddi shu xususda amerikalik iqtisodchi M.Porterning (1993) markazdan chetga kashfiyotlarning, yangi texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish tarmoqlarining ko‘chishi, bir mamlakatdan ikkinchi, uchinchisiga va h.k. darajalarga kaskadsimon o‘tishi, migratsiyasi xaqidagi ilmiy ishlanmalari ham bor.
SSSR parchalanishi va mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi bilan geosiyosiy vaziyat o‘zgardi. Ana shunday sharoitda chegara atrofi mintaqalarini o‘rganish, «Markaz-chekka» (perifiriya) munosabatlarini tadqiq qilish masalalari ham ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bevosita aloqadordir.
Jahon xo‘jaligi tizimi (bu tushuncha asoschisi amerikalik I.Vallerstayn), uning taraqqiyotidagi sikllar davriy, tarixiy xususitga ega. Bunday yondoshuvni tik emas, gorizontal, ya’ni geografik jihatdan ham qo‘llash mumkin. Natijada, iqtisodiyot rivojlanishining hududdan-hududga o‘tishi, bizning iboramizda - «geografik to‘lqinlar» ko‘z oldimizga keladi.
N.D.Kondratev jahon xo‘jaligi dinamikasida 5 ta sikl ajratadi, ulardan to‘rttasi industriya davriga, oxirgi 5-undan keyingi, ya’ni postindustrial davrga to‘g‘ri keladi. Bu davrda elektronika, lazerlar texnologiyasi, biotexnologiyalar ustuvor ahamiyatga ega. Xuddi shunga o‘xshash hududiy–iqtisodiy rivojlanishning ketma-ketligini kuzatish mumkin. Bu o‘rinda I.Mechnikovning jahon sivilizatsiyasi bosqichlari va bunda buyuk tarixiy daryolarning roli xaqidagi asarini ham e’tibordan chetga qoldirmaslik kerak. Muallif jahon madaniyati va taraqqiyotida daryo, O‘rta dengiz va okean sivilizatsiyalarini ajratadi. Ular bir vaqtning o‘zida emas, balki turli davrlarda, birining o‘rnini ikkinchisini olishi bilan yuzaga elgan.
Darhaqiqat, jahon taraqqiyoti Uzoq SHarq, YAponiya va Xitoydan boshlanib, O‘rta va YAqin SHarqqa, undan O‘rta dengiz va Pireney yarim oroliga, ulardan Angliya va nihoyat Amerikaga (A+SH)ga ko‘chdi. Hozirgi davrda tarixni, iqtisodiy-ijtimoiy hayotni rivojlantiruvchi mintaqalar «uchburchagi», ya’ni A+SH-/arbiy Evropa-YAponiya hisoblanadi. Ayni vaqtda, etakchi kuchning asta-sekin yana sharqqa ko‘chishi alomatlari sezilmoqda. Buni YAponiya ta’siri va boshchiligida yangi industrial mamlakatlar – janubiy Koreya, Singapur, Tayland, Malayziya, Indoneziya, Filippinning paydar-pay (izma-iz) jadal sur’atlar bilan rivojlanishida ko‘ramiz. Demak, bizning nazarimizda, iqtisodiy taraqqiyotning sikl xususiyatiga ega ekanligi faqat davr, vaqt doirasidagina emas, balki Er shari, global, geografik makonda ham sodir bo‘lmoqda. Bunday geografik to‘lqinlar, siljishlar esa, albatta, jahon xo‘jaligining rivojlanish va uning hududiy tarkibiga ta’sir qiladi.
SHu bilan birga iqtisodiy geograflar, mintaqa iqtisodchilari V.Leontev va U.Izardlarning tarmoqlararo va hududlararo balansi hamda mintaqaviy iqtisodiyot fani to‘g‘risidagi ilmiy g‘oyalarini, Zipfa va Styuart, Dj.Fridman kabilarning shaharlar rivojlanishi, boshqa olimlarning «dunyoviy shaharlar» xaqidagi yangi ishlarni ham nazardan qochirmaslik kerak. Zero ularning barchasi ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, hududiy majmualar bilan bevosita bog‘liq.
Biz yuqorida ishlab chiqarishni joylashtirishning ilmiy g‘oyalarini asosan g‘arb olimlari asarlari bo‘yicha talqin qildik. O‘z-o‘zidan savol tug‘ilishi tabiiy: naxotki uzoq tarixga, madaniyatga ega bo‘lgan o‘zimizning yurtimizda bunday ishlar qilinmagan bo‘lsa? SHubha yo‘q, albatta bu borada ham o‘lkamiz katta va boy merosga ega. Muammo faqat ularni tarixiy manbalardan qidirib topish, o‘rganish, targ‘ib va tashfiqot qilish, amalga tatbiq qilishdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Masalan, bu erda xususan dehqonchilikni rivojlantirish va joylashtirish, almashlab ekish, sug‘orish inshootlarini qurish va foydalanish, savdo va hunarmandchilik sohalari, shaharsozlik to‘g‘risida dunyo ahamiyatiga molik ixtirolar yaratilgani sir emas. Matematika, tibbiyot kabi fanlar tug‘ilgan bu Zamin ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning boshqa sohalariga, jahon madaniyati va tarixiga ham o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.



Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish