Hududlarni rivojlantirish nazariyalari


Mavzu bo‘yicha savollar va topshiriqlar



Download 0,67 Mb.
bet28/38
Sana16.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#810031
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Bog'liq
МАъруза матн

Mavzu bo‘yicha savollar va topshiriqlar:

  1. Zarafshon iqtisodiy rayoni iqtisodiyotining hududiy tarkibi qanday?

  2. Zarafshon iqtisodiy rayoni viloyatlarining iqtisodiy salohiyatlari qanchalik fark qiladi?

9-Mavzu. Hududlarni rivojlantirishda Mirzacho`l iqtisodiy rayonining hududiy o`rni va ahamiyati.(2soat)
Reja.
1. Mirzacho`l iqtisodiy rayonining xududiy joylashuvi
2. Mirzacho`l iqtisodiy rayonining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi
1. Mirzacho`l iqtisodiy rayonining xududiy joylashuvi
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni - o‘z tarkibiga Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini oladi. Uning maydoni 25,5 ming km2 bo‘lib, Respublika hududining 5,6 foizini tashkil qiladi. Maydonining kattaligi jihatidan Janubiy mintaqadan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi.
YAngi erlarni o‘zlashtirish, mintaqani ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish maqsadida vujudga kelgan iqtisodiy rayon Respublika markazida joylashgan bo‘lib, g‘arbiy qismi Samarqand, Navoiy viloyatlari, janubi qo‘shni Tojikiston Respublikasi, sharq tomondan Toshkent viloyati, shimolda Qozog‘iston Respublikasi bilan qo‘shniligi iqtisodiy jihatdan har tomonlama qulaydir. Mirzacho‘l iqtisodiy mintaqasining rivojlangan iqtisodiy rayonlar oralig‘ida joylashuvi mamlakat hududiy mehnat taqsimotida turli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga imkon beradi. Iqtisodiy rayonda tekislik, tog‘ yonbag‘ri va tog‘li erlarning qo‘shilib ketganligi, tabiiy sharoitning xilmaxilligi turli xil xo‘jalik tarmoqlarini rivojlantirishga sharoit yaratgan. Jumladan, Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol tumanlari Turkiston, Molguzar, Gubdin, Qo‘ytosh va Qaroqchi tog‘lari botig‘ida joylashgan bo‘lsa, Sirdaryo viloyatining aksariyat hududi tekislik mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Mintaqaning taraqqiy etgan Toshkent va Samarqand viloyatlari o‘rtasida o‘rnashganligi uning iqtisodiyijtimoiy rivojlanishiga har tomonlama ko‘mak berib kelmoqda. Ayni vaqtda, janubisharqda Tojikiston, shimoldan Qozog‘iston Respublikasi bilan qo‘shnichiligi uning geosiyosiy mavqeini ham belgilab beradi. Rayonning iqtisodiy geografik o‘rni turli iqtisodiy aloqalar qilish uchun ham qulay. Bu borada, respublikaning taraqqiy etgan viloyat va shaharlarini, qolaversa, qo‘shni respublikalar bilan bog‘lovchi temir yo‘l, avtomobil, quvur yo‘llarining o‘tganligi hamda shu yo‘llar orqali xom ashyo, turli xil mahsulotlar ayirboshlashdagi xizmatini ko‘rsatib o‘tish lozim.
Mamlakat mehnat taqsimotida iqtisodiy rayon ko‘p issiq va uzoq vegetatsiya davrini talab etuvchi ekinlarni (paxta, pilla, g‘alla, poliz) etishtirishga hamda bog‘dorchilik, chorvachilik, uzumchilik, sanoatda elektroenergetika, qurilish materiallari, engil, oziqovqat tarmoqlariga ixtisoslashgan ligi bilan ko‘zga tashlanadi. Oxirgi yillarda bu erda tog‘kon, kimyo, to‘qimachilik sanoatlari ham rivojlanib bormoqda.
Jizzax viloyati qo‘shni Sirdaryodan farq qilib turli foydali qazilmalarga boyligi bilan ajralib turadi. Baxmal, Zomin, G‘allaorol, Jizzax, Forish, Zarbdor tumanlarida mineralxom ashyo zahiralari: oltin, kumush, volfram, qo‘rg‘oshin, rux, marmar, molibden, marmar, volostanit, ohak, granit, korund mavjud. qo‘ytoshning volfram, Marjonbuloqning oltin, Uchqulochning qo‘rg‘oshinrux konlari iqtisodiy jihatdan ahamiyatlidir. Ammo aniqlangan qazilma konlardan foydalanish, ishlab chiqarishga keng jalb etish hozircha sust darajada. Binobarin, ushbu boyliklarni o‘zlashtirish yuqori texnologiyaga asoslangan turli shaklli korxonalarni qurishni zarur qilib qo‘yadi.
Aholisi 2012 yil 1 yanvar ma’lumotiga ko‘ra, 1925,1 ming kishiga etdi, shundan Jizzax viloyatiniki 1186,1 ming kishi, Sirdaryoniki esa 739,3 ming kishini tashkil etadi. Aholisining zichligi iqtisodiy rayon bo‘yicha kv.km joyga o‘rtacha 75,5 kishidan to‘g‘ri kelmoqda. Aholisi joylashuvida asosan Sirdaryo viloyati aholisi tig‘iz joylashuvi bilan tavsiflanadi, o‘rtacha 171 kishidan, Jizzaxda zichlik ko‘rsatkichi 53,6 kishiga teng. Tog‘li va tog‘ oldi hududlaridan iborat tumanlar aholisi siyrak, aksincha, tekislik qismida uning zich joylashganini ko‘rish mumkin.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish