Savol va topshiriqlar.
1. Hududiy ishlab chiqarish majmualari nima va uning asoschisi kim?
2. nima sababdan hududiy ishlab chiqarish majmualari iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi?
3. Hududiy ishlab chiqarish majmualari va energiya ishlab chiqarish sikllari o‘rtasidagi farq nimadan iborat?
4. Nima uchun sobiq Ittifoq davrida hududiy ishlab chiqarish majmualari g‘oyasi yaxshi natijalarni bermadi?
5. Respublikamizda vujudga kelayotgan hududiy ishlab chiqarish majmualarini ta’riflab bering.
4-Mavzu. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy indikatorlari (2 soat).
Reja.
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasining 2021 yilning birinchi choragida asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasining 2021 yilning birinchi yarmidagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasining 2021 yilning 9 oy davomidagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
2021 yilning oxirida O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshmoqda.O‘tgan yili pandemiya davom etayotganiga va jahon iqtisodiyotida yuqori girdobli harakat saqlanib qolganiga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyoti rekord darajadagi o‘sish sur’atlariga erishdi. Yil yakuniga ko‘ra, mamlakat YAIM oldingi yildagi kamtarona 1,9% o‘sish fonida 7,4%ga ortdi.
2021 yilda butun O‘zbekiston uchun tashqi vaziyat ijobiy kechdi: jahon iqtisodiyoti 2020 yildagi zarbalardan so‘ng tiklanish pallasiga o‘tdi. O‘zbekistonning asosiy tashqi iqtisodiy hamkorlari hisoblangan mamlakatlarda ham iqtisodiyotni inqirozdan oldingi holatga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Qirg‘izistonda 2020 yildagi 8,4%ga jiddiy pasayishdan so‘ng iqtisodiyotning tiklanishi bosqichiga o‘tildi. O‘tgan yil yakunlariga asosan, Qirg‘iziston YAIM 3,6%ga oshdi. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, Rossiya iqtisodiyotining o‘sishi 4,5%ni tashkil qilishi mumkin (Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-noyabr oylarida YAIM o‘sishi 4,7%ni tashkil etgan). 2021 yil yakunlari bo‘yicha Xitoyda iqtisodiy o‘sish sur’ati so‘nggi o‘n yil ichida eng yuqori ko‘rsatkichni – 8,1%ni ko‘rsatdi. Yil davomida YAIM o‘sishi Qozog‘istonda ham kuzatildi (o‘tgan yil yanvar-sentyabr oylarida YAIM o‘sishi sur’ati 3,6%ni tashkil qildi).
O‘zbekistonda inflyasiya yildan yilga sustlashishda davom etmoqda. 2021 yilda iste’mol narxlari indeksi 2020 yil yakunidagi 11,1%ga nisbatan 10% o‘sdi. Yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 13% (2020 yilda 15,3%), nooziq-ovqat mahsulotlarining bahosi 7,8% (8,8%) oshdi. O‘tgan yili xizmat ko‘rsatish narxlari 2020 yildagi 7,1%ga nisbatan jadal sur’atda 7,7% o‘sdi.
Asosiy kapitalga investitsiyalar 2020 yildagi pasayishni engib o‘tib, 4,4%ga oshdi. O‘sish markazlashgan investitsiyalar qismida 7,4%ni, asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar va kreditlar hisobiga 18,4% ko‘rsatdi. SHuningdek, investitsiyalarning aholi mablag‘lari hisobiga 4,5% o‘sishi qayd etildi. Bu orada korxonalar tomonidan mablag‘ sarflanishi 3,6%ga kamaydi. Markazlashgan investitsiyalar 3,6% qisqarib, xorijiy investitsiyalarni va hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlarni jalb qilish 30%dan ziyodga keskin kamaygani kuzatildi. SHuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, investitsiyalarning umumiy miqdoridagi bunday investitsiyalar 2020 yilda 11%ga, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha esa 7,1% qisqargan. SHu vaqtning o‘zida, byudjet tomonidan investitsiyalarning ortishi 36%ga o‘sgani kuzatildi. Umuman olganda, 2021 yil yakunlariga ko‘ra, asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy hajmida markazlashgan investitsiyalarning ulushini 19,9%dan 18,3%gacha qisqarishi va shunga mos ravishda markazlashmagan investitsiyalar ulushining ortishi tendensiyasi davom ettirildi.
Yil yakunlari bo‘yicha iqtisodiyotning barcha sektorlarida mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi kuzatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |