Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya dasturlarini ko’rib chiqishda mahalliy Kengashlarning vakolatlari, dasturlar ijrosi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirish
Qisqa davr mobaynida mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish, birinchi navbatda, qishloq joylarida aholi uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qator muhim davlat va hududiy dasturlar, qonun hujjatlari qabul qilindi.
Senatorlar va deputatlar korpusi, fuqarolar yig‘inlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini keng jalb etgan holda, joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur o‘rganish, xalq bilan bevosita muloqotning sifat jihatdan yangi va samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning natijalari mazkur dasturlar hamda hujjatlarning qabul qilinishiga asos bo‘ldi.
Shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya dasturlarini ko’rib chiqishda mahalliy Kengashlarning vakolatlari, dasturlar ijrosi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida bir qancha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida:
- hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda “nisbiy ustunliklari”ni inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilab olish hamda amalga oshirish;
- hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari doirasidagi loyihalarni o‘z muddatida va sifatli bajarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish, hududlararo rivojlanishning tabaqalashuvini qisqartirish choralarini ko‘rish;
- ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish yo’lga qo’yildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3182-sonli qarorlarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlariga: islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tizimli va har tomonlama o‘rganish, umumlashtirish hamda ishlab chiqishga mas’ul bo‘lgan deputat va senatorlarni hududlarga biriktirish topshirig'i berildi.
Shu bilan birgalikda, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hozirgi holatini chuqur tahlil qilishda istiqbolga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish uchun uni kompleks baholashning hamda yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda ularga tezkorlik bilan va lozim darajada javob qaytarishning yagona muvofiqlashtirilgan mexanizmlari ishlab chiqilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4702-son qarori)
Hozirgi kunga kelib Buxoro viloyatini hamda uning shahar tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari qabul qilingan bo’lib, dasturlarda belgilangan vazifalar ijrosi muntazam tahlil qilib borilmoqda.
Misol uchun,
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21- sentyabrdagi 577-sonli -"2020-2022 yillarda Buxoro viloyatining Olot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturini" to‘g‘risidagi qarori,
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16- fevraldagi 72-sonli -"2021-2023 yillarda Buxoro viloyatining Peshko’ tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturini" to‘g‘risidagi qarori,
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22- apreldagi 234-sonli -"2021-2023 yillarda Buxoro viloyatining Vobkent tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturini" to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilingan bo’lib ushbu hududlarni rivojlanishiga kata zamin yaratmoqda.
Shuningdek, Buxoro viloyati hududlarida sanoat, qishloq xo’jaligi va xizmatlar sohasini kelgusi 5 yildagi istiqbollarini hamda har bir tuman va shaharning “o’sish nuqtalari”ni belgilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida joriy yilning 27-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Buxoro viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar” to’g’risidagi PQ-215-sonli qarori qabul qilindi.
Buning natijasida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha belgilangan yangi tartibga asosida Buxoro viloyatining tuman va shaharlaridagi mavjud muammo va imkoniyatlar chuqur o’rganilgan holda hududlar kesimida muhim loyihalar shakllantirilganligi va mahalliy jamoatchilik ishtirokida keng muhokamaga qo’yildi.
Bundan tashqari mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar hamda loyihalarning o’z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq harakatlar rejalari ishlab chiqilib, Xalq deputatlari viloyat Kengashi majlislarida tasdiqlanishi belgilab qo’yild. Bu o’z navbatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya dasturlarini ko’rib chiqishda mahalliy Kengashlarning vakolatlari, dasturlar ijrosi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirishga turtki bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |