Hududlarda maktabgacha ta’lim xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha



Download 23,45 Kb.
bet1/3
Sana03.08.2022
Hajmi23,45 Kb.
#846357
  1   2   3
Bog'liq
Hududlarda maktabgacha ta’lim xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qaroriga
2-ILOVA
Hududlarda maktabgacha ta’lim xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha
“Yo‘l xaritasi”



T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar




I. Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish

1.

Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan hududlarda quvvati 50 ming o‘ringa mo‘ljallangan 2 000 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish.

1. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil qilish istagini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil iyun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Qurilish vazirligi (Zokirov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Qo‘ldoshev)




2. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashadigan bino va inshootlarning sanitariya qoidalari va me’yorlariga, yong‘in xavfsizligi talablariga mosligini aniqlash.

2021-yil iyul




3. Bino va inshootlari sanitariya qoidalari va me’yorlariga, yong‘in xavfsizligi talablariga javob beradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan o‘rnatilgan tartibda bitimlarni imzolash.

2021-yil avgust




4. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlash hamda lozim darajada faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2021-2022-yillar davomida




2.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishtirokini oshirish.

1. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun barcha tuman hokimlari, fuqarolar yig‘inlari raislari hamda tumanning to‘rtta sektor rahbarlari ishtirokida har bir fuqarolar yig‘ini kesimida tahlillar o‘tkazish.

2021-yil iyul

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin)




2. Har bir fuqarolar yig‘iniga tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlaridan mas’ullarni biriktirish.

2021-yil avgust




3. Tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bo�ish.

2021-yil davomida




3.

Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan 53 ta tumanda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish.

1. Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan 53 ta tumanda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish.

2021-yil iyun

Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (Bozorov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari




2. Mazkur hududlarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish tashabbusini bildirgan tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil iyul




3. Resurs mablag‘lari shakllantirilgandan so‘ng Maktabgacha ta’lim vazirligi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida bitim imzolash.

2021-2022-yillar davomida




4. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish.







4.

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 50 ta zamonaviy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish.

1. Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan tumanlarda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.

2021-yil iyun

Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Qurilish vazirligi (Zakirov)




2. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quriladigan 50 ta maktabgacha ta’lim tashkilotining manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil iyun




3. Quriladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2022-yil fevral




4. Tender savdolari orqali pudratchi tashkilotlarni belgilangan tartibda aniqlash.

2022-yil may




5.

Bolalarni maktabgacha ta’lim xizmati bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’limning muq�bil shakllarini joriy etish orqali 672 ta qo‘shimcha o‘rin yaratish.

1. “Aqlvoy” loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan hamda qamrov ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlarda 42 ta guruhni shakllantirish.

2021-yil iyun

Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari




2. Guruhlarga xizmat ko‘rsatish uchun 7 ta Isuzu avtobuslarini qayta jihozlash va 14 ta o‘yin maydonchalarini tashkil etish.

2021-2022-yillar davomida




3. Isuzu avtobuslari bazasida 42 ta mobil guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.







6.

Davl�t-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun 2018-2019-yillarda bitim imzolangan hamda qurilish ishlarining 25 va undan ortiq foizini bajargan quvvati 12 940 o‘ringa mo‘ljallangan 115 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish.

1. Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan shakllantirilgan reyting asosida aniqlangan 115 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari ro‘yxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil iyun

Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Tijorat banklari, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Maxamatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari




2. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish uchun hududlarga biriktirilgan tijorat banklariga taqdim etish.

2021-yil iyul




3. Moliyalashtirilgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining choraklik monitoringini olib borish.

har chorakda




7.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim xizmati bilan qamrab olish darajasini oshirish.

1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, mahalla fuqarolar yig‘ini binolarida, pedagogik kollejlarda, shuningdek, boshqa mos binolarda majburiy bir yillik bepul guruhlar faoliyatini boshlash uchun xonalar tanlab olish.

2021-yil sentyabr

Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari




2. Mazkur xonalarni tayyorlash (ta’mirlash va jihozlash), maktabgacha ta’lim xizmati bilan qamrab olinmagan maktabgacha yoshdagi bolalar ro‘yxatini shakllantirish hamda tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan tayyorlov guruhlarini tashkil etish to‘g‘risida buyruqlar qabul qilish.

2021-yil oktyabr




3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, mahalla fuqarolar yig‘ini binolarida 1 940 ta guruhni tashkil etish, jumladan:
davlat sektorida to‘liq kunlik guruhlar, haftasiga 15 soatlik majburiy bepul tayyorlov guruhlari, qisqa muddatli guruhlar hamda muqobil shakldagi guruhlar;
nodavlat sektorda davlat-xususiy sheriklik asosidagi, oilaviy va xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil noyabr




8.

Jahon banki bilan hamkorlikda Samarqand va Namangan viloyatlarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni uyda berish modelini tajriba sifatida joriy qilish.

1. Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun 2 nafar koordinator va 6 nafar mentor, 20 nafar pedagog tanlab olish.

2021-yil avgust

Maktabgacha ta’lim vazirligi

Download 23,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish