Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ta‘sir etuvchi omillar
Mahsulotlar va tarmoqlar
|
Xom ashyo
|
Yoqilg’i energetika
|
Ishlchi kuchi
|
Suv
|
Transport
|
Ekologiya
|
Iqtisodiy geografik o’rin
Iste‘mol
|
Iste‘mol
|
Alyuminiy
|
+
|
++
|
|
|
|
|
|
|
Misni tozalash
|
|
++
|
|
|
|
|
|
|
CHo’yan
|
+
|
++
|
|
|
|
|
|
|
Temir qotishmalari
|
+
|
++
|
|
+
|
|
|
|
|
Po’lat
|
+
|
+
|
|
|
|
|
|
|
Kaliy o’g’iti
|
++
|
|
|
|
|
+
|
|
|
Fosfor o’g’iti
|
+
|
|
|
|
|
+
|
|
+
|
Azot o’g’iti
|
+
|
|
|
|
|
+
|
|
++
|
Sintetik tola
|
|
++
|
|
|
|
+
|
|
|
Qishloq xo’jalik mashinalari
|
|
|
|
|
|
|
|
++
|
Radio, priborsozlik, aniq mashinasozlik
|
|
|
+
|
|
|
|
++
|
|
Tsellyuloza-qog’oz sanoati
|
+
|
|
|
+
|
+
|
|
|
+
|
Tsement
|
+
|
|
|
|
|
+
|
|
+
|
Paxta tolasi
|
++
|
|
|
|
+
|
|
|
|
To’qimachilik sanoati
|
+
|
|
+
|
|
+
|
|
|
|
Paxta yog’i
|
++
|
|
|
|
|
|
|
|
Go’sht
|
+
|
|
|
|
|
+
|
|
+
|
Sut
|
+
|
|
|
|
|
|
|
+
|
Izoh : ++ - hal qiluvchi ta‘sir;
+ - kuchli ta‘sir qiladi.
2.2. Hududiy ishlab chiqarish majmualarida A.K.Bedrensev, A.T.Xrushchev va U. Ayzard g’oyalarining ahamiyati
A.K.Bedrinsov ishlab chiqarishni joylashtirishga ta’sir etuvchi omillarni o’rganishi asosida “Xo’jalikni hududiy tashkil qilishning yuqori samaradorligiga erishish rayon majmuasining zaruriy korxonalari mavjudligi tabiiy va iqtisodiy sharoitlar zaruriy ishlab chiqarish tajribasi va transport hamda boshqa infrastruktura vositalariga bog’liq tarmoqlarning optimal hududiy texnologik sxemasi asosida erishiladi “ deb aytgan.
Moddiy soha tarmoqlari orasida birinchi shakllangan tarmoq hisoblangan qishloq xo’jaligining rivojlanishi birinchi navbatda suv ,iqlim ,yer kabi tabiiy hamda mehnat resurslari iste’mol ,transport kabi ijtimoiy –iqtisodiy omillar ta’sirida yuz beradi .
A.T.Xrushchev fikricha “Sanoatning hududiy tashkil etilishi turli tarmoqlarning hududiy joylashishi va aloqadorligida namoyon bo’ladi .Bunga tabiiy xomashyo, mehnat resurslaridan samarali foydalanish ,atrof muhitni muhofaza qilish ,bundan tashqari energiya ishlab chiqarish va iste’mol qiluvchi hududlar oralig’ida transport harajatlarini iqtisod qilish asos qilib olingan “ Sanoat geografiyasi asoschilaridan biri bo’lgan mazkur olimning bu tarifida sanoat tarmoqlarini hududiy joylashtirish haqiqatan ham bir qator omillar bilan bog’liqligi ko’rsatib berilgan .
Respublika yoki boshqa hududiy birliklarda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun mahsulot va xizmatlarga bo’lgan bozor talabini har tomonlama o’rganish ,hududiy o’rganish ,hududiy mehnat taqsimoti asosida samaradorlikni oshirish hamda hududda mavjud bo’lgan tabiiy va iqtisodiy resurslardan yanada chuqurroq foydalanish.
U.Ayzardning joylashtirish nazariyasi. Hozirgi burjua iqtisodchilari orasida mintaqaviy tahlil masalalari bo’yicha eng yirik siymo, shubxasiz. A.Ayzarddir. U mazkur sohadagi o’z tadqiqotlarini V.Leontev rahbarligida AQSH tarmoqlararo va rayonlararo mutanosibliklarni o’rganuvchi mutaxassislar guruhida ishlayotganida boshlangan edi.1956 yilda U.Ayzardning «Joylashtirish va makoniy iqtisodiyot» degan birinchi yirik asari bosilib chiqdi. Bu asarning maqsadi, muallif so’zlari bilan aytganda, «Joylashtirish va makoniy iqtisodiyotning aynan bir xil umumiy nazariyasini ishlab chiqish vositasida ayrim maxsus fanlar hamda iqtisodiyotning makoniy va mintaqaviy asoslarini ishlab chiqish» edi. Lekin, bu asardagi taraqqiyot umumiy nazariyasi, muallifning e‘tirof etishicha, aniq amaliy masalalarni hal etishda arzimas natija beradi. Birinchi asar chiqqandan so’ng umumiy nazariyani mintaqaviy tahlilning amaliy usullari bilan to’ldiruvchi asar bosilib chiqdi. Bu poydevorli asar. U.Ayzdard va uning xodimlari ko’p yillar davomida olib borgan tadqiqotlarga yakun yasaydi hamda ular tomonidan mintaqalar, iqtisodiy jug’rofiya, rayon iqtisodiyoti va shaharlarni rejalashtirish fani bo’yicha asosiy qo’llanma, shuningdek amaliy tadqiqotchilarga foydali dastur sifatida tavsiya etiladi.
Asarning tegishli bo’limlari-ko’pgina usuliy qoidalar va aholi soni hamda tarkibini prognozlash usullari, aholi ko’chish va rayon daromadlarini baholash va rayonlararo oqimlar hamda to’lov balansi tahlili, shuningdek ixtisoslash, cheklash koeffetsentlari hisob-kitobi va ayrim boshqa masalalar qiziqarli bo’lib, tegishli tanqidiy qayta ishlashdan keyin mamalakatimiz iqtisodiyoti sharoitida mintaqaviy muammolar tahlilida foydalanilishi mumkin.U.Ayzard qula komplekslarni tanlashga tahlilni mahalliy tabiiy resurslarni va resurslar bazasidagi ishlab chiqarishlarning turli uyg’unlashuvlarini hisobga olishdan boshlashni tavsiya qiladi.Kompleksning nisbiy harajatlari tahlili uchun barcha turdagi maxsulotlarni chiqarishda kerak bo’ladigan xom ashyo, oraliq maxsulotlar, elektr quvvati, ish kuchi, kapital va x.k. aniq vazni hamda miqdorini bilish kerak. Harajatlar-chiqarish tarmoqlararo matritsiasini qo’llash zarurligi ayni shunda ko’rinadi. Bu ma‘lumotlar kengaytirilgan tarmoqlararo matriyada birlashtiriladi. Endi nisbiy chiqimlar tahlili usullaridan foydalanish mumkin: transport, ish kuchi, elektr quvvati, yonilg’i va h.k. chiqimlardagi rayonma-rayon tafovuti, shuningdek ishlab chiqarishdagi chiqimlaridagi korxonalar ko’lamlari bilan shartlangan tavofut baholanadi. Bunda chiqimlarni qiyoslash ayrim korxonalar uchun emas, balki sanoat turli tarmoqlarining o’zaro bog’liq korxonalari va ishlab chiqarishlari uchun o’tkaziladi.Mintaqaviy sanoat kompleksi usulining afzalligi shundan iboratki, u chiziqli ishlab chiqarish funktsiyalarini qabul qilish hamda yirik ishlab chiqarish afzalliklaridan mavhumlash bilan bog’liq emas. Shu bilan mazkur usulning jiddiy kamchiligi ham bor, u resurslarning ko’rib chiqilayotgan hudud uchun cheklangan tabiiy, mehnat va boshqa turlaridan oqilona foydalanish muammosini hal etmaydi. Mintaqaviy tahlilga hozirgi iqtisodiy-matematik usullarni qo’llash yordamida U.Ayzard olgan natijalar ancha qiziqarlidir. Bular harajatlar-chiqarish, chiziqli dasturlash va gravitatsiya hamda imkoniyatlar modellari usullaridir.U.Ayzardning rayonlararo optimallashga nisbatan qo’llaniladigan chiziqli dasturlash usullarini bayon qilishi o’z chuqurligidan ko’ra ko’proq oddiyligi va ravshanligi bilan kishi e‘tiborini jalb qiladi. Simpleks usuli va ikkilanganlik nazariyasi boshlanishining hisoblangan metodikasi oddiy misolda tasvirlanadi hamda u mazkur masalalardan bexabar o’quvchiga ham tushunarlidir. Lekin, rayonlararo aloqalarning ancha murakkab modellari ko’rib chiqila boshlaganda iqtisodiy muammolar ortiqcha rasmiyatchilik bilan yoki kam ishonarli amaliy misollar bilan ko’mib boriladi. U.Ayzard rayon jamlada romadlarini eng yuqori darajada ko’paytirishni yoki transport, qayta ishlash va ishlab chiqarish chiqimlarini eng yuqori darajada kamaytirish bo’lishi mumkin bo’lgan mezonlar sifatida ko’rib chiqadi. Lekin ulardan birontasini ortiq darajada afzal ko’rmaydi.Mintaqaviy tahlilning ko’rsatib o’tilgan usullarini ko’rib chiqar va tavsiflar ekan, U.Ayzard ularni sintezlashga, ya‘ni joylashtirishning umumiy nazariyasini ishlab chiqishga o’tadi. Bayon qilingan barcha usullarni rasmiy tarxlarda mexanik tarzda birlashtirgani va bosh model sifatida goh harajatlar-chiqarish modelini, goh gravitatsion hamda imkoniyatli modellarini, goh sanoat kompleks tahlilini tanlagani va qolgan modellarni bosh modelga buysundirgani holda U.Ayzard birontasini ham ortiq darajada afzal ko’rmay, bu barcha konstruktsiyalarni teng qimmatli deb hisoblaydi. U asarini ancha umizsizlarcha bunday deb tugatadi: «biz ikkinchi masalani asosan yecha oldikmi yoki yo’qmi, bu shubha ostidadir».
Do'stlaringiz bilan baham: |