Hududiy ishlab chiqarish majmuasi


Hududiy ishlab chiqarish majmualarini joylashtirishda ijtimoiy iqtisodiy omillarning órni



Download 58,06 Kb.
bet4/8
Sana06.07.2022
Hajmi58,06 Kb.
#750666
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
hichm

Hududiy ishlab chiqarish majmualarini joylashtirishda ijtimoiy iqtisodiy omillarning órni


Jamiyatni inqilobiy qurish, tub iqtisodiy islohat ishlab chiqarishni tashkil qilish, turli shakllarini uyg’unlashtirish, kooperativ harakatini kuchaytirishning yangi shakllarini izlab topishni taqoza etadi. Boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish, iqtisodiyotni davlat tasarrufidan holi qilish, ishbilarmonlikni rivojlantirish va bozor munosabatlari rivojiga ko’maklashadigan boshqa tadbirlar iqtisodiyot samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Amalga oshirilishi xalq xo’jaligi iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini yuksaltiradigan eng muhim vazifalardan biri sifatida hozirgi bosqichda boshqarishni mahalliylashtirish, respublikalar boshqaruv organlarining umumdavlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini o’tkazishda birga harakat qilishini yo’lga qo’yish, shuningdek muhim xalq xo’jalik dasturlarida birga ishtirok etish tadbirlarini tizimini alohida ta‘kidlash kerak. Iqtisodiyot samaradorligini oshirishning eng muhim vazifalarini hal etish ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish, ijtimoiy vazifalar yechimini topish, boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida esa aholini ijtimoiy himoya qilishning zarur shart-sharoitlarini yaratish va xalq turmushi darajasini oshirish muammolari bilan bog’liqdir. Mehnat taqsimotining chuqurlashishi va kengayib borishi ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti bilan o’zaro bog’langan hamda shartlangan holda kechuvchi ob‘ektiv jarayon bo’lib, ko’p darajada uning tabiiy sharoitlari bilan-turli xil tabiiy boyliklar mavjudligi bilan belgilandi.Ana shu tabiiy boyliklarning makoniy tarqoqligi mehnat hududiy taqsimotining eng asosiy belgilovchi omillaridan biri tarzida namoyon bo’ladi. Ishlab chiqaruvchining (ishlab chiqarishning) rivojlanishi ishlab chiqarish unsurlarini, mehnat qurollarini, mehnat ashyolarini va jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan aholini makoniy joylashtirish bilan birga kechadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirish muayyan iqtisodiy sharoitlar hamda avvalo ishlab chiqarish usuliga bog’liq turli xil qonunlar bilan boshqariladigan yagona jarayon tarzida namoyon bo’ladi.Ishlab chiqaruvchi kuchlar joylashuvi qonuniyatlari, o’z navbatida, mazkur qonuniyatlarning aniq rejali amaliyotida ro’yobga chiqarilishidan iborat joylashtirish printsiplarining nazariy asosi xizmatini o’taydilar.
Iqtisodiy rayondagi ishlab chiqarishning barcha turlari sanoat markazlari va agrar komplekslarni shakllantiruvchi hamda ularni to’ldiruvchi va ularga xizmat ko’rsatuvchi turlarga tabaqalanadi. Iqtisodiy rayon xo’jaligini rivojlantirish to’g’risidagi takliflarni ishlab chiqishda uning hududida birinchi guruh tarmoqlarini rivojlantirish va joylashtirishni sanoat markazlari va agrar komplekslar o’zaklarini eng ko’p foyda mezoni bo’yicha shakllantirish tarzida rayon boshqaruv organlari rejalashtirishi mumkin. Masalan, Bokobodda O’zbekiston metallurgiya zavodining joylashtirilganligi, Yangier yoki Qarshida qurilish materiallari sanoatining rivojlanganlik sababini ularning iqtisodiy geografik o’rni orqali izohlash mumkin. Guliston yoki Termizning nisbatan sust rivojlanganligi ham ma‘lum darajada ularning geografik va geosiyosiy o’rinlariga bog’liqdir.Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart – sharoitlar, omillar hisobga olinadi. Lekin ma‘lum tarmoqni hududiy tashkil etishda barcha omillar emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal etuvchi rol o’ynaydi. Jumlandan, mashinasozlik tarmog’iga kiruvchi ba‘zi bir korxonalarni joylashtirishda xom ashyo (metall) ko’proq ahamiyatga ega bo’lsa, boshqasi uchun malakali ishchi kuchi muhim omil hisoblanadi. Endi yuqorida ko’rsatilgan asosiy omillarga suyanib ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga ta‘sir etuvchi omillarga qisqacha to’xtalib o’tamiz. Jamiyatni inqilobiy qurish, tub iqtisodiy islohat ishlab chiqarishni tashkil qilish, turli shakllarini uyg’unlashtirish, kooperativ harakatini kuchaytirishning yangi shakllarini izlab topishni taqoza etadi.Boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish, iqtisodiyotni davlat tasarrufidan holi qilish, ishbilarmonlikni rivojlantirish va bozor munosabatlari rivojiga ko’maklashadigan boshqa tadbirlar iqtisodiyot samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Amalga oshirilishi xalq xo’jaligi iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini yuksaltiradigan eng muhim vazifalardan biri sifatida hozirgi bosqichda boshqarishni mahalliylashtirish, respublikalar boshqaruv organlarining umumdavlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini o’tkazishda birga harakat qilishini yo’lga qo’yish, shuningdek muhim xalq xo’jalik dasturlarida birga ishtirok etish tadbirlarini tizimini alohida ta‘kidlash kerak. Iqtisodiyot samaradorligini oshirishning eng muhim vazifalarini hal etish ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish, ijtimoiy vazifalar yechimini topish, boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida esa aholini ijtimoiy himoya qilishning zarur shart-sharoitlarini yaratish va xalq turmushi darajasini oshirish muammolari bilan bog’liqdir. Mehnat taqsimotining chuqurlashishi va kengayib borishi ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti bilan o’zaro bog’langan hamda shartlangan holda kechuvchi ob‘ektiv jarayon bo’lib, ko’p darajada uning tabiiy sharoitlari bilan-turli xil tabiiy boyliklar mavjudligi bilan belgilandi.Ana shu tabiiy boyliklarning makoniy tarqoqligi mehnat hududiy taqsimotining eng asosiy belgilovchi omillaridan biri tarzida namoyon bo’ladi. Ishlab chiqaruvchining (ishlab chiqarishning) rivojlanishi ishlab chiqarish unsurlarini, mehnat qurollarini, mehnat ashyolarini va jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan aholini makoniy joylashtirish bilan birga kechadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirish muayyan iqtisodiy sharoitlar hamda avvalo ishlab chiqarish usuliga bog’liq turli xil qonunlar bilan boshqariladigan yagona jarayon tarzida namoyon bo’ladi.Ishlab chiqaruvchi kuchlar joylashuvi qonuniyatlari, o’z navbatida, mazkur qonuniyatlarning aniq rejali amaliyotida ro’yobga chiqarilishidan iborat joylashtirish printsiplarining nazariy asosi xizmatini o’taydilar. Hozirgi sharoitda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish quyidagi printsiplar bilan belgilanadi:
1. Ishlab chiqarishni barcha respublika va iqtisodiy rayonlar ishlab chiqarish apparati , tabiiy hamda mehnat rezervlaridan eng samarali foydalanish vazifalariga muvofiq ravishda rejali va kompleks joylashtirish;
2. Barcha respublika va xalqlarning tengligi hamda o’zaro yordami asosida iqtisodiy rayonlar o’rtasida ijtimoiy mehnat taqsimotini rivojlantirish:
3. Ishlab chiqarish va xom ashyo hamda maxsulotni tashishni oqilonalashtirishning barcha bosqichlarida ijtimoiy mehnatni tejash maqsadida sanoatning tegishli tarmoqlarini xom ashyo manbalariga yaqinlashtirish:
4. Respublika va iqtisodiy rayonlar xo’jaligini sanoat hamda qishloq xo’jaligining ular taraqqiyoti uchun eng qulay tabiiy va iqtisodiy sharoitlar mavjud bo’lgan tarmoqlariga ixtisoslashtirib, kompleks rivojlantirish;
5. Barcha respublika va iqtisodiy rayonlash iqtisodiy taraqqiyoti darajalarini baravarlashtirish;
6. Iqtisodiy rayonlash va mintaqalar o’rtasida ham ular ichida ham xalq xo’jaligini hamda hududiy-ishlab chiqarish aloqalarini iqtisodiy jihatdan eng oqilona tashkil etish;
7. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishda mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash talablarini hisobga olish;
8. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shahar bilan qishloq o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni tugatish va muhim tafovutlarni bartaraf etish;
9. Bozor iqtisodiyoti davrida qoloq rayonlarni iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini tezlashtirish.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishni oqilonalashtirish muammosining qo’yilishi umumiy qonuniyatlar va printsiplarni ta‘riflash bilan birga joylashtirishni belgilab beruvchi eng muhim omillar hamda shart-sharoitlarni ajratishni ham ko’zda tutadi.


Download 58,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish