ATX elektr ta’minot bloki.
ATX elektr ta’minot blokining turli razyomlarining standart ishlatilishi 6.6-6.7- jadvallarda keltirilgan. Simlar rangi kontaktlarni ishlashiga qarab farqlanadi. ATX spetsifikatsiyasiga, elektr ta’minot blokiga 3.3 V chiqish kuchlanishini uzatish bo‘yicha qo‘shimcha talab kiritilgan. Tizim plataga ATX elektr ta’minot bloki 20 kontaktli ulash joyi yordamida ulanadi.
6.6-jadval. Tizim platasiga ulanish uchun elektr ta’minlash ulanish joyi.
Kontakt
Simning rangi
|
Signal
|
Kontakt
|
Simning rangi
|
Signal
|
1 Olo‘v rang
|
+3,3 V
|
11
|
Olov rang
|
+3,3 V
|
2 Olo‘v rang
|
+3,3 V
|
12
|
Olov rang
|
-12 V
|
3 Qora
|
Er
|
13
|
Qora
|
Er
|
Qizil
|
+5 V
|
14
|
Yashil
|
PSOn
|
Qora
|
Er
|
15
|
Qora
|
Yer
|
Qizil
|
+5 V
|
16
|
Qora
|
Yer
|
Qora
|
Er
|
17
|
Qora
|
Yer
|
Oq
|
Power_good
|
18
|
Ko‘k
|
-5V
|
Siyoh rang
|
+5VSB
|
19
|
Qizil
|
+5 V
|
JO Sariq
|
+12 V
|
20
|
Qizil
|
+5 V
|
Odatdagi elektr ta’minot blokida 6.6-rasmdagi, pereferik qurilmalar uchun 2 ta elektr ta’minot ulanish joylari, disk yurituvchilar 2 ta ulanish joylari, bitta yordamchi va 12 V kuchlanish beruvchi bir ulanish joyi bo‘ladi.
6.7- jadval. Qattiq disklarni va boshqa qurilmalarni ulash uchun elektr ta’minlash ulanish joyi.
Kontakt
|
Simning rangi
|
Signal
|
1
|
Sariq
|
+12 V
|
2
3
4
|
Qora
Qora
Qizil
|
Yer
Yer
+5 V
|
Ozuqa blokini tanlayotganingizda uning maksimal quvvatiga emas, balki nominal quvvatiga e’tibor qaratishingiz kerak. Chunki ozuqa bloki nominalga teng bo‘lgan quvvatni barqaror ravishda uzoq vaqt zo‘riqmay hosil qilib berishi mumkin. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, ona plataga ulangan qurilmalar ozuqa blokining bitta yoki bir nechta alohida kanallaridan tok iste’mol qiladi. Ozuqa bloki mana shunday kanallarda har xil kuchlanishda tok hosil qilib beradi. Blokning asosiy qismi +12V kuchlanishli kanallar uchun ishlaydi. Mana shunday kanallarga protsessor, videokarta, vinchester va shu kabi asosiy komponentlar ulanadi. Shuning uchun, ozuqa blokida +12V kuchlanish hosil qilib bera oladigan kanallarning soni va umumiy quvvati ko‘proq bo‘lgani yaxshi.
Bugungi kunda oddiy uy yoki ofis kompyuterlariga o‘rtacha 400-500W quvvatli ozuqa bloklari zarur. Uy sharoitida yuqori grafikali o‘yinlarni o‘ynash uchun esa 450-550W quvvatli ozuqa bloki kerak bo‘ladi. Ba’zi kompyuterlarda ikkitadan videokarta bo‘lib, ular professional geymerlar yoki grafikada ishlovchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Bunday kompyuterlarga 600-700W quvvatli ozuqa bloklarini o‘rnatish kerak.
Ozuqa bloklarining turlari
Liniya simlarining ulanish usullariga ko‘ra ozuqa bloklari uch turga bo‘linadi:
1) Standart ozuqa bloklari. Bu oddiy va arzon ozuqa bloki bo‘lib, barcha kabellar u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan. Ya’ni, agar biror sabab bilan ozuqa blokini korpusdan yechib olsak, u bilan birga kabellar ham qo‘shilib chiqadi. Kabellarning to‘g‘ridan-to‘gri blokka ulanishi quvvat yo‘qotishlarining oldini oladi. Chunki, bilamizki, ikkita sim ulanganda, ulanish joyida kuchlanish kamayadi. Standart ozuqa bloklarida ana shunday ulanishlar bo‘lmaydi. Kamchiligi esa, kabellar tizim blokida chuvalashib ketadi, tartibsizlik hosil bo‘ladi. Bu esa havo aylanishiga xalaqit beradi.
2) Modulli ozuqa bloklari. Bunday bloklarda kabellar u bilan maxsus standart razyomlar orqali ulanadi. Ya’ni, kabellar alohida, blok alohida ajraladi. Bunday ozuqa blokidan foydalanilganida keraksiz kabellar kamayadi. Chunki, standart ozuqa bloklaridan chiqadigan hamma kabellar bir vaqtda ishlayvermaydi. Modulli bloklarning kamchiligi – kabellar blok bilan razyom orqali ulangani uchun, quvvatning bir qismi yo‘qotiladi.
3) Gibrid ozuqa bloklari. O‘z nomi bilan aytib turibdiki, u gibrid, ya’ni, unda standart va modulli ozuqa bloklarining foydali jihatlari jamlangan. Gibrid ozuqa bloklarida eng kerakli kabellar unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan, qo‘shimcha, keyinchalik ulanishi mumkin bo‘lgan kabellar esa razyom orqali ulanishi mumkin.
SISTEMA BLOKI: sistema bloki quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1. Ona PLata(MB-Mother Board). 2.Mikroprotsessor(CPU-Central Protsessor Unit). 3.Operativ(tezkor) xotira (RAM-Random Access Memory). 4.Qattiq disk(doimiy xotira) (HDD- Hard Disk Drive). 5. Videoxotira(Videokarta)(VGA-Video Graphic Adapter). 6 Blok Pitaniya (ATX). 7. Diskovot (DVD-RW, Floppy)....Qani Kettik: Qachonki kompyuterni yoqganimizda Blok pitaniyadan Motherboardga va HDD ga hamda Kuller(vintilyator)ga 12,5,3 voltli toklar keladi. Motherboardga kelgan tok yordamida Mikroprotsessor shu Motherboardning registorida(o'zini xotirasida) joylashgan BIOS dasturiga boradi va uni buyruqlarini bajara boshlaydi. BIOS asosan qurilmalarni tekshirish uchun ishlatiladi. Qurilmalar ishga soz xolatda ekanligini bilgach, Microprotsessor CMOS xotiradagi Qattiq diskni Operatsion tizim yuklanuvchi fayli BOOT.exe joylashgan sektoriga ko'rsatkich orqali qattiq diskga yetib boradi va operatsion tizimni ishga tushiradi.
Savol va topshiriqlar
Elektr ta’minlash bloki vazifasini ayting
Elektr ta’minlash blokining sifat ko’rsatkichlarini ayting
Elektr ta’minlash blokining kirish va chiqish kuchlanishi qancha?
Elektr ta’minlash blokining qanday turlarini bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |