Хudayberdiyeva ro’zixon abdupattayevna тa’lim xizmati muassasalarining hududiy joylashishi va rivojlanish xususiyatlari”


Ta’lim xizmatlari sohasini iqtisodiy-moliyaviy ta’minlashning asosiy yo’nalishlari



Download 2,12 Mb.
bet11/24
Sana23.07.2022
Hajmi2,12 Mb.
#841857
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
Disertatsiya ohiri 2555555555555555555 (2)

1. 3. Ta’lim xizmatlari sohasini iqtisodiy-moliyaviy ta’minlashning asosiy yo’nalishlari.
Mustaqil mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayot va milliy ma’naviyat sohalarida tub islohotlar tufayli yurtimizda obod va erkin faravon hayot asoslari barpo etildi. Ushbu maqsadlar uchun davlat byudjeti jami xarajatlarining qariyb 60 foizi yo‘naltiriladi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 4 trillion 100 million so‘m yoki 22,5 foiz ko‘p demakdir. Jumladan, ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirishga 34,3 foiz, sog‘liqni saqlash tizimiga 14,2 foiz mablag‘ sarflanadi.
Yaqin yillarda ta’lim sohasini rivojlantirishning asosiy vazifasi ta’lim muassasalarida yaratilgan moddiy-texnik bazadan samarali foydalanish, ularni tizimli asosda zamonaviy texnika va uskunalar bilan yangitdan ta’minlab borish, o‘quv jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya tizimini keng joriy etishdan iboratdir.
Istiqboli bo‘lgan yoshlarga ta’lim va tarbiya berishda, islohotlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha byudjetdan tashqari jamg‘arma tashkil etildi. Jamg‘armaning asosiy vazifasi ta’lim muassasalarini yangi o‘quv labaratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter texnikasi, o‘quv mebeli va anjomlari bilan jihozlash, o‘quv binolarini o‘quv ustaxona va labaratoriyalarini kengaytirish, sport zallari va maydonchalari va boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlarini moliyalashtirishni nazarda tutadi. San’at va madaniyat, musiqa yo‘nalishi sohalarida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.
2018-2019 yillarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan 27 ta istiqbolli loyiha bo’yicha 990 million AQSh dollarlik moliyalash manbai belgilandi. XXR hukumati, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki va Fransiya hukumati ushbu loyihalarni moliyalash uchun potensial xorijiy investorlar hisoblanadilar.
Ta’lim sohasini iqtisodiy-moliyaviy ta’minlashda pulli xizmatlarnining yo‘nalishlarini rivojlantirish va takomillashtirish uning imkoniyatlaridan unumli foydalanishda yangi istiqbolli yo‘nalishlarini yaratish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilishning hozirgi bosqichida investitsion faoliyatni amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish talab etilmoqda.
Mustaqillik yillarida davlat byudjeti harajatlarining tarkibi sifat jihatidan o‘zgardi. Hozirgi vaqtda davlat harajatlari tarkibida kuchli ijtimoiy siyosat va aholini ijtimoiy himoya qilishni amalga oshrishni, moliyalashtirish asosiy o‘rin tutadi. Natijada ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo’naltirilgan harajatlar ulushi izchil o‘sdi.
O‘tgan yillar davomida davlat byudjeti yalpi harajatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi kamayishiga qaramasdan, harajatlarning ijtimoiy yo’naltirilgani nafaqat saqlab qolindi, balki sezilarli darajada kuchaydi. Xususan yalpi harajatlar tarkibida ta’lim tizimi uchun harajatlar ko’paydi.
Ta’limni rivojlantirish va isloh etishga yo’naltirilgan yillik harajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etib bu tizimning davlat byudjeti harajatlaridagi ulushi 35 foizdan ortiqni tashkil etmoqda.
Moliyaviy manbalardan rejali foydalanishda ta’lim sohasida xizmatlar sifatini ta’minlashda umumta’lim maktablarining moddiy-texnik salohiyati muhim o‘rin tutadi. Ushbu vazifalar maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo‘ldi.
Ta’lim sohasini rivojlantirishning asosiy vazifasi ta’lim sohalarida yaratilgan moddiy texnik bazadan samarali foydalanish, ularni zamonaviy texnika va uskunalar bilan yangitdan ta’minlab borish, o‘quv jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot- kommunikatsiya tizimini keng joriy etishdan iboratdir.
2018-2020 yillar byudjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan barcha maktablarni o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish imkonini beradigan kompyuter sinflari bilan ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar oxiriga etkazildi.
Jahon banki, Osiyo taqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki va xorijiy hukumatlar, moliya tashkilotlarining jami 335,1 million dollor miqdordagi uzoq muddatli imtiyozli kreditlari, investitsiya va grantlari jalb qilindi.
Ijtimoiy sohani rivojlantirishda mavjud moliyaviy imkoniyatlardan keng foydalanish aholi turmush darajasini va faravonligini oshirishning istiqbolda ham yuksaltirish mamlakatimiz aholisi yashash tarzini rivojlangan davlatlar darajasiga yetishini ta’minlaydi.
Istiqbolda ijtimoiy sohaning ta’lim, xizmatlari infratuzilmasini ayniqsa qishloq joylarda sifat jihatidan yanada rivojlantirish, shuningdek, aholining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va sifatini yaxshilashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish izchil davom ettiriladi.
Ijtimoiy sohalarni istiqbolda yanada rivojlantirish uchun tahlillarga asosan ya’ni:
- sohani rivojlantirishda investitsiyalarni yanada ko‘proq jalb etish;
- hozirgi vaqtda davlat harajatlari tarkibida kuchli ijtimoiy siyosat va aholini ijtimoiy himoya qilishni amalga oshrishni moliyalashtirish;
- yalpi harajatlar tarkibida ta’lim tizimi uchun harajatlarni ko‘paytirish;
- ta’lim sohalarida xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida xodimlarini mehnatiga xaq to’lashni takomillashtirish;
- ta’lim tizimini sifat jihatidan yanada rivojlantirish, kabilar istiqbolda ham davlat tomonidan moliyalashtirish tizimida amalga oshiriladigan yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan uyg‘un ravishda olib borilishi, aholi turmush darajasini faravonligini kafolatlaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 apreldagi 343-sonli qarori bilan umumta’lim muassasalarida pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish hamda 2021 yil 27 apreldagi 243-son qarori bilan Byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish va ulardan foydalanish tartibga solinmoqda. Ta’lim tizimida o‘qituvchiga - 50%dan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqiga yo‘naltiriladi; direktorga - 10%gacha (jami summadan) bo‘lgan miqdorda moddiy rag‘batlantiriladi; qolgan qismi– maktabni boshqa xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirishga va moddiy-texnikasini mustahkamlashga yo‘naltiriladi. Xalq ta’limi muassasalari va tashkilotlari rahbarlariga jamg‘arma mablag‘larini erkin yo‘naltirish huquqi taqdim etildi.
Ta’lim tizimida byudjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish manbalari xalq ta’limi muassasalarining ko‘chmas mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim berishdan olingan daromadlar xalq ta’limi muassasalari faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan, boshqa mablag‘lar davlat ta’lim standartlaridan tashqari pullik ta’lim xizmatlarini tashkil etadi.
Homiylik mablag‘larini jalb etish yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish ishlarini amalga oshirishga ya’ni moddiy yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan sobiq bitiruvchilarning homiylik mablag‘larini jalb etish; Yirik korxona, tashkilot, tadbirkorlik subektlari, shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yish orqali moliyaviy imkoniyatlari etarli bo‘lgan ota-onalar tomonidan maktabga ko‘rsatiladigan homiylik yordamlari, xalqaro grantlar, xalqaro tashkilotlarning qonunda ta’qiqlanmagan homiylik yordamlari va boshqalarni kiritish mumkin.
Bugun yirik shaharlarimizdan tortib, chekka tumanlar, qishloq va ovullarimizda yangi-yangi zamonaviy bog‘chalar barpo etilmoqda. Qisqa vaqt, ya’ni to‘rt yil ichida respublikamizda bog‘chalar soni 3 barobar oshib, bog‘cha yoshidagi bolalarni qamrab olish darajasi 28 foizdan 54 foizga yetgani ana shunday amaliy harakatlarimiz natijasidir.
Maktab ta’limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlar jadal davom etmoqda.

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish