Хudayberdiyeva ro’zixon abdupattayevna тa’lim xizmati muassasalarining hududiy joylashishi va rivojlanish xususiyatlari”


-rasm Namangan viloyatidan Respublika OTMlariga Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturentlarning tumanlar kesimidagi statistikasi



Download 2,12 Mb.
bet9/24
Sana23.07.2022
Hajmi2,12 Mb.
#841857
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
Disertatsiya ohiri 2555555555555555555 (2)

3-rasm
Namangan viloyatidan Respublika OTMlariga Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturentlarning tumanlar kesimidagi statistikasi

Manba: Namangan viloyat statistika boshqarmasi materiallari
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimida xususan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib beradi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi.
Unda oliy o‘quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan.
Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Aholi fikrini o‘rgangan holda, sirtqi va kechki ta’lim shakllari qayta tiklandi, qabul kvotalari oshirilmoqda. Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida 2019/2020 o‘quv yili boshida jami 138, 1 ming kishi talabalikka qabul qilinib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 114, 5 ming kishini tashkil etgan (23, 8 ming kishiga, yoki 20, 6 foizga oshgan).
Keyingi yillarda O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutahassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi. Zero, mamlakatda malakali kadrlar salmog‘ining oshishi ilmiy-intellektual salohiyatning ortishiga xizmat qiladi.
Jahonning ta’limga asosiy e’tiborni qaratib, ulkan yutuqlarga erishayotgan Yaponiya, Daniya, Finlandiya, Koreya Respublikasi, Shvetsariya kabi mamlakatlarda ham oliy ma’lumotlilar salmog‘i anchagina yuqori ko’rsatkichda.
Shu xususida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ- 3775-sonli qaroriga muvofiq5: - alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish muddati kamida uch yil bo‘lgan bakalavriat hamda kamida bir yil bo‘lgan magistraturani joriy etish, bunda magistraturada mutaxassislar tayyorlashni ishlab chiqarish (amaliy, kamida bir yil) va ilmiy-pedagogik(kamida ikki yil) yo‘nalishlarga ixtisoslashgan dasturlar asosida tashkil etish;

  • oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish kvotalaridan tashqari xorijiy fuqarolarni suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilish amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi hamda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyoti joriy etiladi.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida quyidagilarga alohida e’tibor qaratilmoqda:

  • oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar, davriy jurnallar bilan ta’minlash, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam ravishda yangilab borish;

  • oliy ta’lim muassasalariga xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga sharoitlar yaratish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy natijalarini xalqaro miqyosda keng nashr etish, respublika yetakchi ilmiy jurnallarining bosqichma-bosqich yuqori impakt-faktorga ega bo‘lishini ta’minlash;

  • oliy ta’lim tizimida boshqaruv jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida optimallashtirish, mavjud axborot tizimlarini integratsiyalash, tahliliy ma’lumotlar tayyorlashning samarali tizimlarini joriy etish va h. k. Ta’lim, xususan, oliy ta’limga qaratilayotgan e’tibor natijasi o‘laroq, xalqaro reytingda intellektual salohiyat darajasidagi o‘rni mustahkamlanadi, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish va boshqa barcha tarmoqlarda ilmiy raqobat muhiti shakllanib, rivojlanish jarayonini tezlashtiradi. Ularning hududlar bo‘yicha joylashuvi ma’lum bir geografik ko‘rinish kasb etadi.


Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish