1-rasm
Namangan viloyati maktabgacha ta’lim muassasalarining sonini o‘zgarish dinamikasi
Manba: Namangan viloyat statistika boshqarmasi materiallari
3. Umumiy o‘rta ta’lim. Bunda o‘quvchilarga 5 –11-sinflar doirasida bilim va tarbiya beriladi. 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab, 11 yillik majburiy umumiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘tilishi jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi. Mamlakatimizda umumiy maktablar soni: XTV tasarrufidagi muassasalar 2019-2020 o’quv yilida 9942 та 2020-2021 йилда 10130 таni tashkil etadi, shundan bevosita nodavlat ta’lim muassasalari – 129 ta va boshqa vazirlik tasarufidagi muassasalari – 69 tanai tashkil qiladi
Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, shuningdek 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpia zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshirila boshlandi;
2019/2020-o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan o‘qitish muddatlarida amalga oshiriladi;
2-rasm
Namangan viloyati umumta’lim maktablari sonining o‘zgarish dinamikasi
Manba: Namangan viloyat statistika boshqarmasi materiallari
“2019 yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi Prezident maktabi, Ijod maktablari ish boshladi.
Ta’lim xizmatlarida maktablar to‘rining hududiy joylashuvi masalasi o‘ta muhim hisoblanadi. Chunki hududlar bo‘yicha maktablar sonining ko‘p yoki ozligi kelajakda yetishib chiqadigan kadrlar miqdorini ifodalaydi.
Shu o‘rinda alohida takidlash lozimki, hududlardagi maktablar to‘rining joylashuvida ularning soni bilan birga, quvvati (o‘rinlar soni, zamonaviyligi, texnik ta’minoti, katta-kichikligi) ham muhim ahamiyat kasb etadi. (1-ilova).
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Oliy ta’lim odatda, to‘rt besh va ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha uch yildan kam bo‘lmagan muddatda davom etadi. Mamlakat intellektual salohiyatini baholashda undagi mavjud oliy o‘quv yurtlarining soni va ularning faoliyati ham alohida ahamiyat kasb etadi. Mos ravishda, xorijiy oliy ta’lim muassalarining filiallari 2002/2003- o‘quv yilida 2 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2018/2019-o‘quv yilida 21 taga, , 2020/2021 o‘quv yilida xorijiy oliy ta’lim 30 taga yetdi (3-rasm) hamda yana shartnomalar tuzish davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |