Hub yoki switch? qaysi biridan foydalangan ma’qul? To‘g‘ri tanlov kerakmi? U xolda siz bu tarmoq qurilmalarining qay biri qay holatda ishlatilishi va ularning bir biridan farqini bilib olish foydadan holi bo‘lmaydi



Download 97,07 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi97,07 Kb.
#95413
Bog'liq
KTT556677 2


HUB yoki SWITCH? qaysi biridan foydalangan ma’qul? To‘g‘ri tanlov kerakmi? U xolda siz bu tarmoq qurilmalarining qay biri qay holatda ishlatilishi va ularning bir – biridan farqini bilib olish foydadan holi bo‘lmaydi. Umuman olganda orgtexnika bilan yaxshi tanish inson hub va switch xaqida ham bir qancha ma’lumotlarga ega bo‘lishi aniq.


Ammo aksari uning ichida, ya’ni portlarda qanday jaraynlar kechishi haqida yetarlicha ma’lumotga ega emaslar. Keling avval Hub – tarmoq qurilmasini ko‘rib chiqamiz.

Hub – bu bir kirish va bir qancha chiqishga ega bo‘lgan tarmoq qurilmasidir. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Agar tarmoqni OSI modeli bo‘yicha yetti pag‘onaga bo‘ladigan bo‘lsak, xab birinchi pag‘onaga to‘g‘ri keladi.

Hub’ni ishlash prinsipini ko‘rib chiqamiz. Hub 1 portga kelgan signalni nusxasini bir vaqtning o‘zida barcha portlarga junatadi. Shu vaqtda Hub’ga ulangan tarmoqning boshqa aktiv qurilmasidan ma’lumot junatiladi. Bunda shu portda signallarni yo‘qotilishi sodir bo‘ladi. Chunki Hub yarimdupleks rejimda ishlaydi. Bir portdan ham uzatib, ham qabul qilib olish imkoniyatiga ega emas. Hub asosan tarmoqning kichik segmentlarida qo‘llaniladi. Hub shu bilan birga xavfsizlik talablariga ham to‘liq javob bermaydi. U nusxalab yuborgan signal tarmoqdagi barcha kompyuter tarmoq adapteriga yetib kelishi mumkin. Bu esa ma’lumotga ruxsat etilmagan xolatda egalik qilishga olib keladi. Signalning nusxasini olib yuborish Hub ish faoliyatini sekinlashtiradi. Yuklanish ko‘payib ketadi. Natijada ma’lumotlar yo‘qolishiga olib keladi. Tarmoqda kompyuterlar soni oshib borgani sari Hub’ning FIK kamayib boradi.

Switch – bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq kommutatoridir. Kommutator OSI modelining 2 – pag‘onasiga mos keladi. Tarmoq administratori tili bilan Switch – bu kommutator, Bridge(most) deb ham ataladi. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Shu bilan birga kommutatorlarni bir – biri bilan bog‘lash uchun alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar xam mavjud bo‘lib, to‘liq dupleks rejimda ishlaydi. U ma’lumotni nusxasini barcha portlarga yubormaydi. Aksincha paketda qabul qiluvchining adresi bo‘yicha signalni jo‘natadi. Kommutator tarmoqdagi kompyuterlarning MAS adresini o‘zining xotirasidagi jadvalda bir qancha muddatga saqlab qoladi. Bu esa paketlarni uzatilish tezligi, ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi. Kommutator bufer xotirasida qabul qilgan signalni saqlab turadi. Kommutatorlar boshqariluvchi va boshqarilmaydigan turlarga bo‘linadi. Boshqariluvchi kommutatorning har bir portini aloxida segmentga biriktirish mumkin. Kommutator 48 portga ega bo‘lsa, uning juft raqamli portlarini 192.168.x.x ga, toq raqamli portlarini 172.57.x.x ga biriktirish mumkin. Yoki bo‘lmasa 10 – portni 20 – portga translyasiya qilish mumkin. Umuman olganda kommutatorlarning imkoniyatlari doirasi keng. Ularni turli soxalarda, turli maqsadlarda qo‘llash mumkin. Kommutatorlar yordamida WLAN hosil qilish mumkin. WLAN yordamida katta tarmoqlarni boshqarish yanada osonlashadi.

1.Tarmoqni fizik strukturalash

Kompyuterlar soni uncha ko‘p bo‘lmagan hol uchun (10 – 30 ta kompyuter) avvalgi ma’ruzalarda keltirilgan – umumiy shina, halqa, yulduzsimon va to‘liq bog‘lanishli tipik topologiyalardan biri asosida tarmoqni qurish mumkin bo‘ladi. Bu topologiyalarning hammasi birjinslilik xususiyatiga ega, ya’ni bunday tarmoq tarkibidagi kompyuterlarning barchasi bir biriga murojaat qilish borasida, bir xil xuquqqa egadirlar. Bunday xususiyat, ya’ni teng xuquqqa egalik, tarmoqqa yangi kompyuter ulashni, ularga xizmat ko‘rsatishni va ularning ekspluatatsiyasini osonlashtiradi.

Ammo bu teng xuquqlilik xususiyati kata tarmoqlar qurish paytida qulayliklar emas balki juda ko‘p noqulayliklarni, cheklashlarni keltirib chiqaradi. Ulardan asosiylari quyidagilar:

1.Kompyuter tarmoqlarining umumiy uzunligini cheklash.

2.Tarmoqqa ulanishi mumkin bo‘lgan kompyuterlar (stansiyalar, uzellar) sonini cheklash.

3.Kompyuterlar orasida yuzaga keladigan trafik intensivligini cheklash, ya’ni axborot almashinish tezligini cheklash.

Masalan ingichka koaksial kabel asosida qurilgan Ethernet texnologiya­sining 10Base-2 standartida bitta segmentdagi kabel uzunligi 185 m dan, unga ulangan kompyuter soni esa 30 tadan oshmasligi kerak. Agar kompyuterlar orasida axborot almashinish xajmi kata bo‘lsa, segmentdagi kompyuterlar soni 20 taga, ehtimol 10 tagacha kamaytirishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu hol tarmoqning umumiy o‘tkazish qobiliyati har bir kompyuterga etarli bo‘lishini ta’minlaydi.

YUqorida sanab o‘tilgan cheklashlarni olib tashlash uchun tarmoqni strukturalashning maxsus usullari va har-xil strukturalarni hosil qiluvchi maxsus qurilmalar va vositalar ishlatiladi, bular quyidagilardir: takrorlovchilar, konsentratorlar, ko‘priklar, kommutatorlar, marshrutizatorlar va shlyuzlardir. Tarmoqning alohida-alohida qismlari bo‘lgan segmentlarni o‘zaro bog‘lash shu xildagi qurilmalar yordamida amalga oshirilganligi uchun, ularni kommunikatsion qurilmalar deb ataladi.

Kommunikatsion qurilmalarning eng oddiysi bo‘lgan takrorlovchi (repeater), lokal kompyuter tarmog‘ining uzunligini oshirish maqsadida tarmoqning har-xil segmenntlarini fizik bog‘lashni amalga oshi­radi.Takrorlovchi tarmoqning bir segmentidan kelgan signallarni, uning boshqa segmentlariga uzatib beradi (8.1.-rasm). Takrorlovchi yordamida tarmoqning aloqa chi- zig‘i uzunligini oshirish, uzatilayotgan signalni sifatini yaxshilash bilan amalga oshiriladi, bunda signalning quvvati, amplitudasi va shaklini tiklash kabi vazifalar bajariladi.
8.1.-rasm. Takrorlovchi Ethernet tarmog‘ining uzunligini oshirish imkonini beradi.

Portlari soni ikkitadan ko‘p bo‘lgan (6 ta, 8 ta yoki 16 ta) va bir nechta segmentlarni o‘zaro bog‘laydigan takrorlovchi – konsentrator yoki xab deb ataladi. Konsentratorlar lokal kompyuter tarmoqlarining barcha asosiy texnologiyalari tarkibida qo‘llaniladi. Bu texnologiyalar quyidagilardir: setey - Ethernet, ArcNet, Token Ring, FDDI, Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, l00VG-AnyLAN.

Har qanday texnologiyaga tegishli bo‘lgan konsentratorlarning ishlashida o‘xshash tomonlari mavjud, bu ularning bir portlariga kelgan signallarni boshqa portlprida takrorlashlaridir. Biroq ular signallarni qaysi portlarida takrorlashlariga qarab bir-birlaridan ajralib turadilar. Masalan Ethernet konsentratori (8.2.-rasm, a) bir portiga kelgan signallarni o‘zining boshqa barcha portlarida takrorlab beradi. Token Ring konsentratori (8.2.- rasm, b) esa bir portiga kelgan signalni o‘zining halqa bo‘yicha keyin ulangan kompyuteriga boradigan portidagina takrorlab beradi.
8.2.-rasm. Har-xil texnologiyalarning konsentratorlari.

Konsentratorlar har doim tarmoqning fizik topologiyasini o‘zgartiradi, ammo uning mantiqiy topologiyasi esa o‘zgarmay qolaveradi.

Fizik topologiya deganda, kabellarning bo‘laklari yordamida hosil qilingagan bog‘lanishlar shakli (konfiguratsiyasi), mantiqiy topologiya deganda esa tarmoqda mavjud kompyuterlar orasidagi axborotlar oqimi yo‘llariningning shakli (konfiguratsiyasi) tushuniladi. Ko‘p hollarda tarmoqning fizik va mantiqiy topologiyalari bir xil bo‘ladi.

Tarmoqlarni konsentratorlar yordamida fizik strukturalash, tarmoqlarning uzunligini (yoki diametrini) oshirish imkoni bilan birga, ularning ishonchliligini ham oshirish imkonini ham beradi. Masalan agar, umumiy shina topologiyali Ethernet tarmog‘i tarkibida biror-bir kompyuter nosozlik tufayli, umumiy kabel orqali ma’lumotlarni uzluksiz to‘xtamasdan uzataversa, tarmoq ishlamay qolishi mumkin. Bunday paytda tormoq kayta normal ishlab ketishi uchun nosoz kompyuterning tarmoq adapterini qo‘lda uzib qo‘yish kerak bo‘ladi. Konsentratori bo‘lgan Ethernet tarmog‘ida esa, bunday muammoni avtomatik ravishda bartaraf etish mumkin bo‘ladi. Bunda konsentrator o‘zining nosoz kompyuter ulangan portini uzib qo‘yadi, ya’ni blokirovka qiladi, tarmoq esa o‘z ishini to‘htatmay davom ettiraveradi.

2.Tarmoqni mantiqiy strukturalash

Tarmoqni fizik strukturalash ko‘pgina jihatlardan foydali bo‘lsada , o‘rtacha va katta o‘lchamlardagi tarmoqlarni qurishni esa mantiqiy strukturalashsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Negaki tarmoqning har-xil segmentlari orasida uzatilayotgan trafikni taqsimlash muammosini,fizik strukturalash yordamida hal qilish mumkin emas. Katta tarmoqlarda axborotlar oqimining bir tekis bo‘lmasligi tabiiy holdir. Katta tarmoq ko‘pgina ishchi guruxlarining, bo‘limlarning, korxona filiallarining va boshqa administrativ tuzilmalarining nisbatan kichikroq tarmoq osti tarmoqlaridan ( subnet) iborat bo‘ladi.

Barcha fizik segmentlari ma’lumotlarni uzatish uchun birgalikda foydalaniladigan yagona muhit sifatida qaraladigan tipik topologiyali (shina, halqa yoki yulduzsimon) tarmoq tuzilishi, katta tarmoqdagi ma’lumotlar oqimi uchun to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, umumiy shinali tarmoqda ma’lumotlarni uzatish muhiti, ixtiyoriy ikki kompyuterlarni axborot almashinishi uchun ketgan hamma vaqt davomida egallab turilishi kerak bo‘ladi. Kompyuterlar sonini oshishi esa tarmoqning intensiv axborot almashinish imkoniyatini ancha cheklab qo‘yadi. 8.3. a – rasmda keltirilgan tarmoqning fizik tuzilishi alohida-alohida segmentlar ko‘rinishida bo‘lsa ham, axborot uzatish muhitiyagonaligicha qolgan. Negaki konsentratorlar Xaar qanday kadrni barcha segmentlarga baravar uzatib beradilar. SHuning uchun A kompyuterdan V kompyuterga yuborilgan kadr, 2-nchi va 3-inchi bo‘limlar kompyuterlariga kerak bo‘lmasada, u bu segmentlarga ham kelib tushadi. Bunda V kompyuter unga yuborilgan kadrni kabul qilib olmaguncha, boshqa kompyuterlar tarmoq bo‘ylab ma’lumotlarni uzata olmaydi. Bunday bo‘lishiga sabab tarmoqning mantiqiy strukturasi birjinsliligicha qoldi, ya’ni barcha kompyuterlarning axborot almashinish imkoniyatlari teng bo‘lib qolaveradi (8.3. b. – rasm).
8.3.-rasm. Tarmoqning fizik va mantiqiy strukturalarining ko‘rinishining bir xil emasligi.

Biror-bir segment kompyuterlari uchun yuborilgan ma’lu­motlarni, ya’ni trafikni, faqatgina shu segment chegarasidagina tarqatish (uzatish) – trafikni lokalizatsiyalash deb ataladi. Tarmoqni mantiqiy strukturalash deganda esa – tarmoqni lokalizatsiyalangan trafikli segmentlarga ajratish (bo‘lish) tushuniladi.

3. Ko‘prik qurilmasini ishlash prinsipi

Tarmoqni mantiqiy strukturalash uchun quyidagi kommunikatsion qurilmalar ishlatiladi: ko‘priklar kommutatorlar, marshrutizatorlar va shlyuzlar.

Ko‘prik (bridge) – tarmoqda barcha kompyuterlar tomonidan birgalikda foydalaniladigan ma’lumotlar uzatish muhitini mantiqiy segmentlarga ajratadi. Ko‘prik bir segmentdan boshqa segmentga axborotni uzatish kerak bo‘lsagina uzatadi, ya’ni axborotyuborilayotgan kompyuterning adresi o‘sha segmentga tegishli bo‘lsagina axborot ko‘prikdan o‘tadi, aks holda esa o‘tmaydi. 8.4.-rasmda yuqorida keltirilgan tarmoqdagi markaziy konsentrator o‘rniga ko‘prik qo‘yilib hosil qilingan tarmoq keltirilgan.

8.4.-rasm. Ko‘prik yordamida qurilgan tarmoqning mantiqiy strukturasi.

Bridge (ko‘prik) Ethernetni fizikli qilib bo‘ladi, ya’ni xatolarga ega bo‘lgan kollizni va paketlarga o‘xshash halaqit qiluvchidan ko‘prikdan nariga uzatilmaydi. Protokollar uchun ko‘prik ochiq, ya’ni u Ethernetga ishlaydigan hamma protokollarni uzatadi. Ishchi stansiya uchun ikki tarmoq bir tarmoq ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ko‘priklardan foydalanib Ethernet uzunligini uzaytirish mumkin. Tarmoqlarga o‘xshab, o‘sha uzatish tezligida ko‘prik ishlaydi. Ketma-ket ulangan ko‘priklar soni 7 ta bilan chegaralangan. Amaliyotda esa 4 tadan ko‘p bo‘lmagan ko‘priklar ulanadi.

Har bir lokal Bridge uzatuvchi yordamida ikki Ethernet - tarmoqlarga ulangan (bir nechta tarmoqlarni ulash qobiliyatiga ega ko‘priklar bor).

Ma’lumotlar paketlarini jo‘natadigan har bir tarmoq uchun Bridge barcha stansiyalar adreslari jadvalini tuzadi. Agar u tarmoqda joylashgan bo‘lib bridj orqali paket olgan bo‘lsa, paketining maqsadli adresi inkor qilinadi. Agar u erda bo‘lmasa, bunda paket boshqa tarmoqga jo‘natiladi. SHunday qilib, faqat ko‘prikni boshqa tomoniga adreslangan paketlar uzatiladi. Broadcasts va Multicasts har doim uzatiladilar. Ko‘prikning turiga qarab qo‘shimcha protokollar ishlatilishi mumkin, ma’lum bir stansiyalarga kirishni berkitib yoki ma’lum bir protokollarga uni ochishiga imkon yaratadi. Ko‘p darajali OSI modelida bridj daraja 2 da ishlaydi.

Har qanday normal stansiyaga o‘xshab, ko‘prik kompyuterlar o‘zi ulangan ikkala tarmoqli segmentlardan barcha bloklarni qabul qiladi va qabul qiluvchi va jo‘natuvchi adreslarni tahlil qiladi. Agar ko‘prikning ichki adresli jadvalida jo‘natuvchini adresi bo‘lmasa, bunda uni xotirasiga olib qo‘yadi. SHunday qilib, ko‘prik kompyuter to‘g‘risida va uning ko‘prikka nisbatan joylashgan o‘rni to‘g‘risida ma’lumotlarni saqlaydi. Agar qabul qiluvchini adresi ma’lum bo‘lsa va qabul qiluvchi jo‘natuvchi tomonida joylashgan bo‘lsa, bunda bridj ushbu paket ma’lumotlarini filtrlaydi.

Agar qabul qiluvchi boshqa tomonida bo‘lsa yoki jadvalda bo‘lmasa, bunda ma’lumotlar paketi keyingiga jo‘natiladi. Intellektual ko‘priklarni o‘zi eslab qoladi, qaysi paketlarni uzoqroq yuborish kerakligini, qaysinisini yuborish kerak emas. Boshqariladigan ko‘priklar ishlatilganda g‘o‘shimcha adresli filtrlarni qo‘llash mumkin. Ular boshqaruvchilar bo‘lib, qaysi adreslarga axborotni bridj yuborishi kerak, qaysilarga – kerak emasligini hal etadi.

Ko‘priklar kompyuterlar sinxronli turg‘un ulanishlari, er yo‘ldoshlari, radioto‘lqinlari, paketlar uzatishini jamoa tarmoqlari va tez yorug‘ to‘lqinli tarmoqlari (Masalan: FDD1) yordamida Ethernet – segmentlarini ulash mumkin


8.5-rasm. Turli xil texnologiyali tarmoqlarni ko‘prik yordamida ulash.

Ko‘priklar – bu to‘liq qiymatli, nisbatan unumdorli, xotirali kompyuterlari bo‘lib eng kamida Ikki tarmoqli chiqishlariga ega. Ular yuqori protokollarga bog‘liq emas (ya’ni TCP/IP Bilan parallel ishlaydi), va an’anaviy ishlatilgandan dasturiy ta’minotga qo‘shimcha xarajatlarni talab qilmaydi yoki dasturlar tuzishga ko‘priklar yordamida kengaytirilgan tarmoq o‘zida, bir butunlikni namoyon qilib, aniq adreslashganni talab qiladi. Bridge ma’lumotlar paketlarini MAC – adresini talqin qiladi. Ko‘priklarning keyingi tasniflari quyida keltirilgan.

· Buzilishga chidamliligi

Bridjdan foydalanganda halaqit qiluvchilar bir tomondan ikkinchi tomonga o‘tmaydilar. SHu sababli ko‘priklar bo‘lish uchun Kollisions – Domainen deb ataluvchilar ishlatiladi.

· Ma’lumotlarni himoyalash

·Uzellar oarsida bridj tomonlarining birida bo‘lib o‘tayotgan axborot almashuvi, ko‘prikning ikkinchi tomonida eshitish mumkin bo‘lmaydi.

· Ma’lumotlarni o‘tishini ko‘paytirish

· Ko‘prik bilan bo‘lingan tarmoqli segmentlarda har xil ma’lumotlar blokini bir vaqtda uzatish mumkin. SHunday qilib tarmoqning unumdorligi oshadi. Ammo bloklarni oralig‘ida saqlanishi tufayli bridjlar qo‘shimcha sekinlashtirishni sodir etadi va ko‘p yuklangan tarmoqlarda unumdorlikni pasayishiga olib keladi.

Ko‘prikning boshqa tasniflari – bu adresli jadvalni o‘lchamlari, filtrlash va uzatish tezligi. Adresli jadvalning o‘lchamlari qancha adreslarni (uzellar) bridj saqlay olishi mumkinligini ko‘rsatadi. Filtrlash tezligi – ko‘prik tomonidan bir sekundda oladigan maksimal paketlar sonini (packets per second, pps) ko‘rsatadi.

Maksimum yuklanganda va paket miqdori minimum bo‘lganda Ethernet – tarmoqda nazariy 14.880 paketlar bir sekundda yurishi mumkin. YA’ni 2 Port – Bridge ikkala portga bir sekundiga maksimum 29.760 paketlarni filtrlash mumkin. Bu ko‘rsatkichlarni barcha zamonaviy ko‘priklar nazariy tomonidan bajaradi. Uzatish tezligi ko‘prik qancha paketlarni bir sekundda boshqa tomonga jo‘natish muminligini ko‘rsatadi. Maksimum miqdori 14880 pps, chunki bunday tezlikda ikki segment maksimum yuklangan.

4. Kommutator qurilmasining ishlash prinsipi

Kommutatorning har bir porti o‘z segmentining oxirgi bog‘lamasi sifatida ishlaydi, ammo o‘zini MAS-manziliga ega emas. Kommutator portlariga manzillar zarur emas, chunki ular kadrlarni ushlashning noaniq deyiladigan ish tartibida ishlaydi, bunda portga keladigan barcha kadrlar ular qaysi manzilga yuborilishiga bog‘liq bo‘lmagan holda vaqtincha bufer xotirada saqlanadi. Kommutator noaniq ish tartibida ishlagan holda unga ulangan segmentlarda uzatiladigan butun trafikni nazorat qiladi va undan o‘tadigan kadrlardan tarmoqning strukturasini o‘rganish uchun foydalanadi.

Kommutatorning manzilli jadvalini avtomatik yaratilish jarayonini va undan 8.6-rasmda tasvirlangan oddiy tarmoq sifatida foydalanishni ko‘rib chiqamiz.

Kommutator ikki tarmoq segmentini bog‘laydi. 1-segmentni kommutatorning 1-portiga koaksial kabelning bir bo‘lagi yordamida ulangan kompyuterlar, 2-segmentni esa kommutatorning 2-portiga koaksial kabelning boshqa bo‘lagi yordamida ulangan kompyuterlar tashkil etadi.

Dastlabki holda kommutator qanday MAS-manzilli kompyuterlar uning portlaridan qaysi biriga ulanganligini bilmaydi. Bu holatda kommutator istalgan ushlangan va buferga joylashgan kadrni bu kadr olingan portdan tashqari o‘zining barcha portlariga uzatadi. Bizning misolda kommutatorda faqat ikkita port bor, shuning uchun u kadrlarni 1-portdan 2-portga va aksincha, 2-portdan 1-portga uzatadi. Takrorlagichdan kommutatorning bu tartibida ishlashi farqi u kadrlarni takrorlagichdagi kabi bitdan keyin bit emas, dastlab buferga joylashtirib keyin uzatadi. Buferga joylashtirish barcha segmentlarning ishlashi yagona ajratiladigan muhitni uzadi. Qachon kommutator bir segmentdan ikkinchi segmentga, masalan, 1-segmentdan 2-segmentga kadrlarni uzatishga harakat qilsa, u oddiy oxirgi bog‘lama sifatida 2- segmentdagi ajratiladigan muhitga ruxsat etishni, ruxsat etish algoritmi qoidalari bo‘yicha, mazkur misolda CSMA/CD algoritmi qoidalari bo‘yicha olishga urinadi.

8.6-rasm. Ko‘prik/kommutatorning ishlash qoidasi

Kommutator barcha portlarga kadrlarni uzatish bilan bir vaqtda kadr yuborgan bog‘lama manzilini o‘rganadi va uni o‘zining manzilli jadvalidagi u yoki bu segmentga tegishliliga haqidagi yozuvni amalga oshiradi. Bu jadval shuningdek, filtratsiya jadvali yoki marshrutizatsiya jadvali deyiladi. Masalan, kommutator 1-kompyuterdan 1-portga kadr olib o‘z manzilli jadvaliga birinchi yozuvni amalga oshiradi:

1 MAS-manzil — 1-port

Bu yozuv 1 MAS-manzilga ega bo‘lgan kompyuter kommutatorning 1-portiga ulangan segmentga tegishliligini bildiradi. Agar mazkur tarmoqdagi barcha to‘rtta kompyuter faollik ko‘rsatsa va bir-birlariga kadrlarni yuborsa, u holda kommutator har bog‘lamaga bir yozuvli - 4 yozuvdan iborat tarmoqning to‘la manzilli jadvalini tuzadi.

Kommutatsiyalash operatsiyalarini tezlashtirish uchun bugungi kunda barcha kommutatorlar buyurtmali maxsuslashtirilgan KIS lar kommutatsiyaning asosiy operatsiyalarini bajarish uchun optimallashtirilgan ASIC lardan foydalanmoqda. ASIC (Application-Specific Integrated Circuit) integral sxemasi tarmoq adapterlari va kommutatorlarda keng qo‘llaniladi, MAS pog‘onasi vazifasini va ko‘p sonli yuqori pog‘onali vazifalarni bajaradi. Bunday vazifalar to‘plamiga olisdagi (udalennogo) monitoring agentini qo‘llab-quvvatlash, kadrlarning navbatlash sxemalari, kompyuterni masofadan boshqarish vazifalari kiradi. Keng to‘plamli servis xizmatlari mavjud yirik tarmoqlar kommutatorlarida dasturlanadigan imkoniyatga ega protsessor ishlatiladi. Ko‘pincha bitta kommutatorda bir necha maxsuslashtirilgan KIS lar bo‘lib, ulardan har biri operatsiyalarning funksional tugallangan qismlarini bajaradi. Kommutatorning muvaffaqiyatli ishlashi uchun u protsessorli mikrosxemalardan tashqari, portlar protsessorli mikrosxemalar orasida kadrlarni uzatish uchun tezkor ishlaydigan almashish qurilmaga ega bo‘lishi kerak.

Hozirgi vaqtda kommutatorlarda almashish bog‘lamasi quyidagi sxemotexnik echimlar asosida quriladi:

- kommutatsion matritsa ko‘rinishida;

- “umumiy shina” sxemasi bo‘yicha;

- ajratiladigan ko‘p kirishli xotira ko‘rinishida.

Kommutatorlar unumdorligini baholash. Filtrlash tezligi va kadrlarning harakatlanishi kommutatorning asosiy ikki unumdorlik xarakteristikalaridir. Bu xarakteristikalar integral hisoblanadi, ular kommutatorning qay tarzda texnik ishlatilishiga bog‘liq bo‘lmaydi.

Filtrlash tezligi kommutator quyidagi sanab o‘tilgan kadrlarni ishlov berish bosqichlarini bajaradigan tezlikdir:

1. Kadrni o‘z buferiga qabul qilish;

2. Kadrni jo‘natish manzili uchun portni topish maqsadida kommutatorning manzilli jadvalini ko‘rib chiqish;

3. Jo‘natish porti va manba porti bitta mantiqiy segmentga tegishli bo‘lganligi sababli kadrni o‘chirish.

Deyarli barcha kommutatorlarning filtrlash tezligi to‘xtatilmaydigan hisoblanadi va kommutator kadrlarni ularning kelishi sur’atida o‘chirishga ulguradi.

Navbatdagi muhim xarakteristika harakatlanish tezligi hisoblanadi.

Harakatlanish tezligi kommutator quyidagi sanab o‘tilgan kadrlarni ishlov berish bosqichlarini bajaradigan tezlikdir:

1. Kadrni o‘z buferiga qabul qilish;

2. Kadrni jo‘natish manzili uchun portni topish maqsadida kommutatorning manzilli jadvalini ko‘rib chiqish;

3. Manzilli jadvalda topilgan jo‘natish porti orqali kadrni tarmoqqa uzatish.

Ham filtrlash tezligi, ham harakatlanish tezligi, odatda, sekundiga kadrlarda o‘lchanadi. Agar kommutator xarakteristikalarida qaysi protokol uchun va qanday kadr o‘lchami uchun filtrlash va harakatlanish tezliklarining qiymatlarini keltirilganligi aniqlanmasa, u holda bu ko‘rsatkichlar Ethernet protokoli va minimal o‘lchamdagi kadrlar, ya’ni 64 bayt uzunlikdagi kadrlar uchun berilgan hisoblanadi.

Kadrni uzatishning kechikishi kommutatorning kirish portiga kadrning birinchi bayti kelishi vaqtidan bu bayt uning chiqish portida paydo bo‘lishi vaqtigacha o‘tgan vaqt sifatida o‘lchanadi. Kechikish kadr baytlarini buferga joylashtirishga ketgan vaqtdan, shuningdek, kommutator kadrni ishlov berishi, ya’ni manzilli jadvalni ko‘rib chiqishi, filtrlash yoki harakatlantirish haqida echim qabul kirish/chiqish porti muhitiga ruxsatni olishga ketgan vaqtlardan yig‘iladi.

Kommutator kiritadigan kechikish qiymati uning ish tartibiga bog‘liq emas. Agar kommutatsiya konveyer usulida amalga oshirilsa, u holda kechikish, odatda, katta bo‘lmaydi va 5 dan 40 mksgachani, kadrlar to‘liq buferga joylashtirilganda esa 50 dan 200 mksgachani (minimal uzunlikdagi kadrlar uchun) tashkil qiladi.

Kommutatorlar ko‘pincha har bir port operatsiyalarni bajarish uchun ajratilgan protsessorlarni qo‘llaydi. Har bir port faqat so‘nggi vaqtlarda o‘zi ishlagan manzillar to‘plamini saqlaydi, shuning uchun turli protsessorli modullar manzilli jadvallarining nushalari mos tushmaydi.

Port protsessori xotirada saqlay oladigan MAS-manzillar maksimal sonining qiymati kommutatorning qo‘llanilish sohasiga bog‘liq. Ishchi guruhlar kommutatorlari, odatda, portga faqatgina bir necha manzillarni quvvatlaydi, chunki ular mikrosegmentlarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Bo‘limlar kommutatorlari bir necha yuzlab manzillarni, magistral tarmoqlar kommutatorlari esa bir necha minglab, odatda, 4000-8000 manzillarni qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Kommutatorlarni sozlash. Cisco Catalyst kommutatorini sozlash
Bizda Cisco Catalyst 2960 ili 3560 ili 3750 kommutatori bor. U quyidagi ko‘rinishda:

1-rasm. “48” portli kommutator.


Unda sekundiga 10/100 Ethernet megabitli 48 port bor. Bu portlardan tashqari, unda yana ikkita qo‘shimcha 10/100/1000 portlar (ya’ni 10da ham, 100 ham, 1000 da ham ishlaydigan) va SFP modullar o‘rnatiladigan ikkita joy bor. Jami bo‘lib kommutatorda 50 ta port bor.

Agar yon tomondan qaralsa, unda yana ikkita teshik borligini ko‘ramiz. Biri (1) elektr ta’minoti uchun (220 volt), ikkinchisiga (2) Ethernet ni ulash mumkin. Bu port kommutatorni birinchi marta sozlashda kerak bo‘ladi.

Quyida 2-rasmda shu kommutatorning yon tomondan ko‘rinishi keltirilgan:

Kommutator to‘plamida kelgan havorang kabelni olamiz. Uni kompyuterning COM portiga ulaymiz. Kompyuterda HyperTerminal dasturini ishga tushiramiz. Kommutator ulangan COM portni olamiz (odatda COM port), 9600 ma’lumotlarni uzatish tezligini o‘rnatamiz va kommutatorni yoqamiz.


Cisco Catalyst kommutatori birinchi marta ishga tushganda, unda bironta yozilgan konfiguratsiya bo‘lmaganligi uchun, setup dasturini ishga tushiradi, bu dastur ishni o‘zi ishga tushirmoqchi bo‘ladi, ammo u chalkashtirib yuborishi mumkin, shuning uchun ekranda quyidagi yozuv chiqsa,

u holda “n” ni bosib, setup dasturini ishini to‘xtatish va o‘zingiz kommutatorni boshidan sozlashingiz kerak. Bu juda oddiy:

“n” ni va keyin esa Enter ni bosing.
SHundan keyin quyidagi yozuv chiqadi:

switch>


Cisco Catalyst kommutatorining komanda rejimi. Keyin quyidagicha sozlashni boshlaymiz.

Birinchi ishingiz “imtiyozli rejim”ga o‘tasiz, buning uchun enable yozib, parolni kiritasiz. Jimlik qoidasiga ko‘ra parol yo “Cisco”, yo “cisco”, yoki hech narsa yozmasdan enter ni bosasiz.

switch>enable
Password:
switch#

bunda quyidagicha yozuv o‘zgardi, “switch#”. Bu esa imtiyozli rejimga o‘tganni bildiradi.


Ishni davom ettiramiz. Birinchi sozlashda kommutatorga telnet orqali o‘tishimiz kerak. Buning uchun Cisco da quyidagi ishlarni bajaramiz:

  • IP adresni berish

  • Kirish parametrlarini sozlash (login va parol berish)

Cisco kommutatori uchun IP adres VLAN 1 interfeysida beriladi (VLAN 1 interfeysi – virtual interfeys hisoblanadi).

Cisco kommutatorini sozlash uchun konfiguratsiya rejimiga o‘tish kerak. Bu “configuration terminal” buyrug‘ini berish bilan bajariladi. Bunday buyruqni berish qiyin. SHuning uchun “conf t” ni berish qulay.

switch# conf t
switch(config)#

switch(config)# - konfiguratsiya rejimiga o‘tganligini bildiradi.

IP adres ni beramiz:

switch(config)#interface vlan 1 (VLAN 1 interfeysining konfiguratsiya rejimiga kirish)


switch(config-if)#ip address 10.1.1.1 255.255.255.0 (ip adresni beramiz)
switch(config-if)#no shutdown (bu buyruq interfeysni yoqadi, jimlik qoidasiga ko‘ra u o‘chirilgan bo‘lishi mumkin)
switch(config-if)exit (interfeysni konfiguratsiya qilish rejimidan chiqish)
switch(config)#exit (konfiguratsiya rejimidan chiqish )
switch#

endi imtiyozli rejimga o‘tish uchun parol berish kerak

switch# conf t
switch(config)# enable secret parol_na_vxod_v imtiyozlinыy rejim
switch(config)# exit
switch#

kirish parametrlarini o‘rnatamiz

switch# conf t
switch(config)# line VTY 0 4
switch(config-line)# login
switch(config-line)#password parol_na_vxod
switch(config-line)#exit
switch(config)#exit
switch#

bo‘ldi. Cisco kommutatorini sozlashning birinchi seansi tugadi. Bajarilgan konfiguratsiyani saqlash qoldi. Bu “write mem” buyrug‘i bilan bajariladi.

switch# write mem
Building configuration
OK
switch#

saqlandi. Konsol kabelini sug‘urib olish, kommutatorga kompani qo‘yish va ushbu kommutatorga telnet orqali kirish mumkin. Bu kommutator bilan ishlash uchun ikkita parolni berish kerak – “kirish uchun parol” va “imtiyozli rejimga kirish uchun parol”.

Kommutatorni tez ishga tushirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

Quyidagi matni matn redaktoriga nusxa olish, unga o‘zining IP adresi va parolini berish va hosil bo‘lgan matnni qo‘yish kerak (sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali hyperterminal da “bosh kompyuterga jo‘natish” buyrug‘i).



conf t
interface vlan 1
ip address 10.1.1.1 255.255.255.0
no shutdown
exit
enable secret imtiyozli rejimga_kirish_uchun__parol
line VTY 0 4
login
password kirish_uchun_ parol
exit
write mem

exit
Download 97,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish