HTML (ing.Hypertext Markup Language — gipermatnli belgilash tili) - bu SGMLga (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro to'rda ishlatiladi.
Qisqacha tarixi
HTML tili taxminan 1991-1992 yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Bernars Li tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun xujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab bo'ldi. Bundan tashqari unda gipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qo'shimcha multimedia (rasm,tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qo'shildi.
Brauzerlar
Brouserlar - maxsus HTML tilida yaratilgan xujjatlarni o'quvchi kompyuter dasturi. Aynan brouserlar HTML tilida yaratilgan xujjatlarni formatlangan xolda ko'rish imkoniyatini beradi. Xozirda eng mahxur brouserlar bu Internet Explorer, Firefox, Opera va xokazolardir.
HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega:
Matn qismining mantiqiy rolini belgilash (matn sarlavhasi, paragraf, ro'yxat va hokazo).
Gipermatnlar yaratish. Bu ayniqsa juda qulay bo'lib o'zaro bog'langan hujjat sahifalari orasida navigatsiya qilishni yengillashtiradi.
Matnning rangi, qalinligi va boshqa shrift ko'rsatkichlarini belgilash.
ISO/IEC 15445:2000 - 15 may 2000
HTML 1.0 versiya rasmiy ravishda mavjud emas. HTML dastlab nostandart turli versiyalari mavjud bo'lganligi tufayli birinchi rasmiy versiya 2.0 dan boshlangan. 1995 yil Xalqaro O'rgimjak To'ri Konsortsiumi tomonidan HTMLning 3 versiyasi taklif qilindi. Ushbu versiyada juda ko'p yangiliklar, jumladan jadvallar yasash, rasmlarni matn bilan atrofini o'rash, matematik formulalar yaratish kiritildi, biroq u davrdagi brouserlarda bu imkoniyatlar realizatsiya qilinmadi. 3.1 versiya hech qachon taklif qilinmagan bo'lib, darxol 3.2 versiyaga o'tildi. Unda 3.1 versiyadagi ba'zi yangiliklar tushirib qoldirildi. Matematik formulalar boshqa MathML standartida aloxida ko'rsatildi. HMLning 4.0 versiyasida standartizatsiya kuchaytirildi, faqat maxsus brouserlarga oid teglar (m.
Kelajagi
HTMLning yangi versiyalari chiqmaydi. Uni XHTML (ing. Extensible HTML - kengaytirilgan HTML) almashtirishi lozim. Xozirda XHTML faqatgina HTML standartining sintaksisiga qatiyan rioya qilinishini talab qiladi xolos (masalan teglar albatta kichik xarflar bilan ko'rsatilishi, teg atributlari albatta qo'shtirniqqa olinishi, teglarni yopiq bo'lishi va xokazo) va boshqa imkoniyatlari bilan farqlanmaydi.