3. Simple Machines. Forum tashkil etish uchun juda qulay CMS. Unda foydalanuvchilar ro’yxatdan o’tishlari, mavzular yaratishlari, mavjud mavzularda o’z firklarini bildirish orqali qatnashishlari va boshqalarning fikrlarini to’ldirishlari mumkin. Bu CMS vBulletin kabi katta imkoniyat va kuchga ega bo’lmasa ham, oddiy darajadan yuqoriroq bo’lgan katta forum saytlarni bemalol boshqara oladi.
Forum uchun o’zbek tilini o’rnatish imkoniyati mavjud, ammo hozircha o’zbek tilidagi rasmiy CMS ishlab chiqilmagan. Tilni faqat dasturga qo’shimcha kiritish orqali o’zgartirish imkoni bor.
Bugungi kunda Simple Machines forum saytlar uchun yengil ishlashi, o’rnatilishi uchun ko’p joy talab qilmasligi va eng asosiysi bepul bo’lganli sababli ham ko’p sonli saytlarning tanloviga aylangan.
Simple Machines CMSni dasturning rasmiy sayti www.simplemachines.org orqali yuklab olishingiz mumkin.
4. DataLife Engine. Bu CMS Joomla! CMSga tuzilishi va amaliyotlarining bajarilishi jihatlaridan juda o’xshash. DLE ham Joomla! kabi katta portal saytlar uchun mo’ljallangan. Hozirga qadar men bu CMSni .uz domenida faqat havaskor webmasterlar tomonidan «yuklab olish!» mavzusidagi portallar uchun ishlatilganligining guvohi bo’lganman. Agar Siz ham yuklab olishlar uchun portal yaratish niyatida bo’lsangiz, DLE CMSni sinab ko’ring, balki Siz unda o’zingiz qidirigan jihatlarni topa olarsiz.
DataLife Engine CMSning o’zbek tilidagi versiyasini hozircha ko’rganim yo’q. Dasturni www.datalifeengine.net sayti orqali yuklab olishingiz mumkin.
Agar Sayt yaratishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz va o’z saytingiz uchun qaysi CMS to’g’ri kelishini bilmayotgan bo’lsangiz, saytingizning hajmi va u orqali foydalanuvchilar qanday ma’lumotlarni olishini rejalashtirayotganingizga qarab o’zingizga ma’qul bo’lgan CMSni tanlang.
CMS tanlash jarayonida faqat Siz tanlamoqchi bo’lgan CMSning shablonlariga, saytning tashqi ko’rinishini belgilaydigan jihatlarigagina emas, balki saytning yengil ishlashi, hostingingizda ko’p joy olmasligi (agar buning zarurati bo’lsa), qidiruv mashinalarida oson ro’yxatdan o’ta olishi, foydalanuvchilar uchun qulayligi, turli brauzerlarda bir hil ko’rinishi kabi muhim jihatlariga ham e’tibor bering.
Yuqorida sanab o’tilgan va boshqa CMS dasturlarning o’rnatilishi, boshqarilishi haqida keyingi maqolalardan o’qib olishingiz mumkin.