Hozirgi zamonning asosiy huquqiy tizimlari. Reja



Download 56 Kb.
bet1/4
Sana15.01.2017
Hajmi56 Kb.
#442
  1   2   3   4

Aim.uz

HOZIRGI ZAMONNING ASOSIY HUQUQIY TIZIMLARI.
Reja:
1.Hozirgi zamonning asosiy huquqiy tizimlari tushunchasi va turlari.

2.Musulmon va hind huquqiy tizimi.

3.O’zbekistonning zamonaviy huquqiy tizimi.
Huquqiy tizim -huquq tizimi va yurisdiksiyaviy ( huquqni muhofaza qiluvchi) organlar tizimidan tarkib topadi. Har qanday davlatning huquqiy tizimi jamiyatda muayayn huquq tartibotni o’rnatishga qaratilgan. Jahondagi mavjud huquqiy tizimlarni tasniflashda etnik, irqiy, ju-rofiy diniy tushunchalardan tortib to yuridik texnika va huquq uslubi bilan tugaydigan xidma xil omillardan foydalaniladi. R.David tomonidan berilgan huquqiy oilalar tasnifi eng ommaviysi bo’lib chiqdi. U din, falsafa, iqtisodiy va ijtimoiy tarkiblarni o’z ichiga olgan mafkura hamda huquq manbalarini asosiy tarkib sifatida qamrab oluvchi yuridik texnikadan iborat ikki mezoning qo’shib olib borilishiga asoslangan. R.David uch huquqiy oila: roman-german, ingliz-sakson va totalitar oilani ajratib ko’rsatishga asoslangan –oyani ol-a surgan.

Asosiy huquqiy oilalarni aniqlashda quyidagi o’zaro bo-liq mezonlarning uch guruhi muhim ahamiyatga molikdir. 1) huquqiy tizimlar tarixiy genezisi ( kelib chiqishi) 2) huquq manbalari tizimi; 3) huquqiy tizim tarkibi.

Roman –german huquqiy tizimi yoki kontinental huquq tizimi yevropada Rim, muqaddas diniy va mahalliy an’analar asosida yuzaga kelgan tizimlarni o’z ichiga oladi . U 12-16 asrlar mobaynida italyan, fransuz, nemis universitetlarida YUstinian qonunlari to’plami asosida Rim huquqini o’rganish natijasida tarkib topgan.Bu qonunlar ko’pchilik yevropa mamlakatlari uchun umumiy bo’lgan yuridik fanni shakllantirgandi. Bu ta’limotda kodekslar, maxsus qonunlar, ma’muriy farmoyishlar, vazirlar dekretlarining ahamiyati katta.Ammo urf odat huquqning mustaqil manbai mohityatini yo’qotgan.

Ingliz- amerika huquqiy tizimiga mansub davlatlarda sud pretsedenti, ya’ni sud’yalar tomonidan ularning qarorlarida ta’riflangan normalar huquqning asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi. Masalan Qirollik sudlari faoliyati davomida asta sekin to’planib borgan qarorlar jamlanmasi tarkib topgan va keyinchalik shu sudlar ulardan qo’llanma sifatida foydalana boshlagan. Bu huquqiy oilada «Sud himoyasi vositasi huquqdan muhimroq» degan ta’rifni kuzatish mumkin edi.

1787 yilgi Amerika Konstitutsiyasidan keyin AQSHda inglizlarga o’xshash presedent huquqini qonun chiqaruvchilik bilan qo’shib olib boriladigan dualistik tizim tarkib topdi. Sudlar tomonidan shunda ham sudlar qarorlariga ishora qilish mumkin bo’lganidagina Amerika huquqiy tizimiga kiradi.AQSHda Angliya huquqida bo’lmagan Kodekslar amal qilsada, xuddi Angliyadagidek, qonunni qo’lanilishi uni sharhlashning sud pretsedentiga bo-liq bo’ladi.

Lotin Amerikasi huquqiy o’z asosiga ko’ra,kodekslashgan huquq tizimi bo’lib, bu yerda kodekslar yevropa namunalari asosida tuzilgan. Bu huquqda urf odatlarning manba sifatidagi roli turli mamlakatlarda turli ko’rinishlarga ega. Masalan Argentinada Urugvayga qaraganda yuqoriroq.Argentina, Braziliya,Venesuela, Meksika federatsiyalardir. Demak, federatsiya bilan uning a’zolari o’rtasidagi vakolatlar chegaralanishi nazarda tutilishi lozim.SHuningdek, sud amaliyoti huquq manbai sifatida hisoblanadi.

Skandinaviya (SHimol) huquqiy oilasi roman-german, ingliz amerika huquqiy tizimlarining ayrim x’ususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan. Bu huquqiy tizimga Daniya, Islandiya, Norvegiya,Finlyandiya va SHvetsiya mamlakatlari kiradi. aniyadagi «Qirol Kristaining Daniya Qonuni»Mamlakat quqi tarixidagi eng muhim hujjatlardan biri hisoblanadi. Qonunchilik huquqning bosh manbai hisoblanadi. Dengiz va savdo bilan bo-liq odatlar huquq manba sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Islandiyada 930 yildan buyon ya’ni u tashkil topgandan buyon huquqiy urf odatlar keng rivoj topib keldi. Island huquqi manbalarining bugungi tizimini Konstitutsiyasi, Kodekslar, qirollar chiqargan ayrim qonunlar tashkil etadi.

Norvegiyadagi huquqiy urf-odatlarning yozma nusxalari 12 asrga to’-ri kelgan.Masalan 1150 yildagi «Gulating qonunlari», 1190 yildagi «Frostating qonunlari» hozirgi kunga qadar to’laligacha saqlanib qolgan. Norveg huquq tizimida qonun chiqaruvchi maqsadini aniqlashga yordam beruvchi huquqshunos olimlarning qonun moddalari sharhiga yoxud sud hukmlariga katta ahamiyat beriladi.

Finlyandiya huquqi tarixida shved davlatining 1734 yilgi Asosiy qonunlar to’plami muhim ahamiyatga ega.rus shved urushi natijasida Rossiyaga qo’shib olingan yerlarda ham shved fin qonunlari o’z kuchini saqlab qolgan.SHu bilan birga shimol davlatlarining 1870 yildan boshlangan o’zaro yaqinlashuv jarayoni ham Fin qonunchiligi rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi.1919 yilga kelib mamlkata SHimoliy davlatlar hamjamiyatiga rasmiy ravishda qo’shilgan.

SHvetsiyada hozirgi zamon huquqiy tizimiga 1734 yilgi qonun bilan asos solingan. Bu yerda urf odatlar va sud pretsedentlari ham manba hisoblanadi. Skandinaviya huquqiy oilasining o’ziga xos jihati huquq retsepsiyasining keng qo’llanilishidir. Masalan SHvetsiyada qabul qilingan muayayn bir qonun, agarda Norvegiya davlati uchun ma’qul deb topilsa, ya’ni parlamenti tomonidan ma’qullansa, ushbu qonun Norvegiyada ham kuchga kiradi.

O’zbekiston mustaqil davlat bo’lib, o’zining tizimiga ega. Huquq tizimini asosini va uning yangilanishini 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi qonun, O’z r Konstitutsiyasi va boshqa bozor iqtisodiga utish to’g’risidagi normativ huquqiy hujjatlar tashkil qiladi. Huquq tizimi jamiyat taraqqiyoti mahsuli sifatida hayot talablariga muvofiq ravishda o’zgarib boradi. Shu bilan birga huquq tizimini tashkil topish va rivojlanishi ob’yektiv holda bo’lib, uning huquqiy normalar, huquq institutlari va huquq sohalariga ajratish ham ob’yektiv harakterdagi tamoiylariga asoslanadi. Shuning uchun O’zbekiston iqtisodiy, siyosiy, madaniy va huquqiy sohada islohatlar o’tkazib uning tizimiga kiruvchi huquq sohalari yangilanib, rivojlanib bormokda.

O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo’lib, jaxonda rivojlangan davlatlar va sharqona milliy urf-odatlar asosida ko’pgina yangi qonunlar qabul qiladi. Jumladan mulk to’g’risida, davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish to’g’risida va boshqa bozor iqtisodiga utish bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina qonunlar. Bular O’zbekiston Respublikasining huquq tizimini umumiy va hsusiy huquqka bo’linishiga olib keladi. Burjuaziya huquq fanida uning huquq tizimi umumiy va hususiy huquqka bo’linadi. Huquqning bunday bo’linishiga qadimgi Rim olimi Ulpian asos solgan. Bu nazariya hozirgacha burjuaziya davlatlarida saqlanib, burjuaziya olimlarining fikricha huquqning bunday bo’linishi tabiiy bo’lib, shahs bilan davlat o’rtasidagi va hususiy mulkka asoslangan ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqqan. Umumiy huquq davlatga taalukli bo’lib unga davlat huquqi, jinoyat huquqi, ma’muriy huquq sohalari kiradi. Hususiy huquq alohida shahslarga taalukli bo’lib, unga fuqarolik huuki, oila va nikoh huquqi, savdo huquqi va boshqa huquq sohalari kiradi.

Sobiq sovet davlatida huquqning umumiy va hususiy huquqka bo’linishini tan olinmadi. Chunki, huquqning bunday bo’linishi hukmron ekspluatatorlar sinfiga hizmat qiladi deb Demak, huquq tizimi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tuzilishi bilan belgilangan, ob’yektiv harakterga ega bo’lgan bir turdagi ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchi huquqiy normalar huquq institutlari va huquq sohalaridan iborat. Har bir huquq sohasiga ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchi predmet va usullariga ega.

O’zbekiston Respublikasining asosiy huquq sohalari quyidagiarldan iborat.

Konstitutsiyaviy huquq bu huquq sohasi O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatini amalga oshiish shaklini, fuqarolarning huquqiy holatini, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi huquqiy normalarni, ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi shaklini Oliy majlis, Prezident va Vazirlar mahkamasi faoliyatini saylov tizimi, Proko’ratura, moliya va kredit, mudoffa va havfsizlikka oid huquqiy normalar yig’indisidir. Bu huquqning manbai mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, turli qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlardir.

Ma’muriy huquq O’zbekiston davlatini boshqarishni, uning organlarining tashkil topish tartibini, faoliyat va tamoiyllarini , davlat hizmatini utash shartlarini, davlatni boshqarishda fuqarolarning huquq va burchlarini urgatadi. Bu huquqning manbai O’zining ma’muiy huquqbuzarlik to’g’risidagi kodeksi, Prezident farmonlari, qaror, farmoishlari va boshqa normativ hujjatlardir.

Moliya huquqi - O’zbekistonda davlat pul muomilasini va moliyaviy foliyatini belgilash, kredet berish, sugo’rta, zayomlarni tarkatish va ularga yutuk berish, banklarga rahbarlik q’ilishga oid huquqiy nurmalar yig’indisidir. Moliya huquqining nurmalari O’zRning Kanisitututsiyasida byodjet to’g’risidagi qonunda banklar va bank foliyati to’g’risidagi qonunda va boshqa narmatuv huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan.

Fukoralik huquqi-aholining moddiy va manaviy ehtiyojlarini kondirish uchundavlat organlari, jamoat birlashmalari bilan fukoralar o’rtasidagi mulkiy (malum kimmatga ega bo’lgan buyum, ashyolar) va mulkiy bo’lmagan shahsiy (fukoraning nomi, shakni, kadr kimmati) munosabatlarini tartibga soladigan huquqiy nomalar yig’indisidir.

Fukoralik huquqining normalari O’zRning Konstututsiyasida, fukoralik to’g’risidagi qonunda va O’zRning Fukoralik Kodeksida ifodalangan.

Mehnat huquqi-hodimlarni mulkchilikni barcha shaklidagi korhonilar, muassasalar, tashkilotlarda va fukoralarning mehnat shartnomasi buicha ishlayotgan jismoniy shahslarning mehnat q’ilishga oid munosabatlarni urgatadi. Bu huquq nurmalari O’zRning Konistututsiyasida, O’zRning Mehnat Kodeksi bilan tartibga solinadi.

Yer huquqi-davlat mulki bo’lgan yerdan, undagi urmonlardan va boshqa boyliklardan foydalanish va uning samaradorligini oshirish munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy nomalar yig’indisidir. Bu huquq nurmalar O’zRning Konstitutsyasi, Yer Kodeksida va boshqa yer to’g’risidagi nomatuv huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Suv huquq ahloki va halk hujaligi uchun suvdvn to’g’ri foydalanish va suv ob’yektlarini holatini yaxshilash munosabatlarini urgatadi. Bu huquq normalari O’zRning Konstitutsiyasida, Suv kodeksida va boshqa suv to’g’risidagi qonunlarda aks ettirilgan.

Oila fuqarolarning nikohda bo’lish shartlarini, er-hotin, ota-onalar, bolalar va oilaning boshqa a’zolari o’rtasidagi shahsiy va mulkiy farzandlikka olish, vasiylik, bolalarni tarbiyalash, nikohni bekor q’ilish, fuqarolik holati aktlarini kayd q’ilish tartibini va boshqa oila munosabatlarini huquqiy normalar bilan tartibga soladi. Bu huquq normalari O’zRning Konsttutsyasida va O’zRning Oila Kodeksida mustahkamlangan.

Jinoyat huquqi -jamiyat uchun havfli bo’lgan qanday ijtimoiy havfli qilmishlar jinoyat ekanini aniqlaydi, jinoyat ekanini aniqlaydi, jinoyat sodir qilgan shahslarga jazo choralarini belgilaydi. Bu huquq sohasining manbai O’zRning Konstitutsiyasi O’zrning jinoyat kodeksidan iborat.

Jinoyatni ijro etish huquqi sudi tomonidan aybdor deb topilgan shahslarga nisbitan jinoiy jazo choralarini ijro etish, jazoni utash tartibi va shartlarini, mahkumlarni ahlokini to’zatish va ularning kayta tarbiyalaydigan huquqiy normalar yig’indisidir, Bu huquq manbai O’zRning jinoyatni ijro etish kodeksi va O’zRning Konstitutsiyasidir..

Jinoyat protsessual huquqi- sud , proko’ratura, tergov, surishtiruv organlari, advokatura va fuqarolar uchun jinoiy ishlarni ko’rish tartibii urgatadi. Bu huquq normalari O’zRning Konstitutsiyasida va O’zRning Jinoyat protsessual kodeksida aks ettirilgan.

Fuqarolik protsessual huquqi-sud tomonidan fuqarolik ishlarini ko’rayotganda taraflarning huquq va burchlarini belgilaydigan huquqiy normalar yig’indisidir. Bu huquq normalari O’zRning Konstitutsiyasida va O’zRning fuqarolik protsessual kodeksida aks ettirilgan .

Hujalik protsessal huquqi- hujalik sudi tomonidan har hil shakldagi mulkka ega bo’lgan korhonalar, jamoa hujalklari, hususiy korhonalar hamda O’zbekiston Respublkasi boshqa davlatlar o’rtasidagi hujalik nizolarini tartibga soladi. Bu huquq normalari O’zRning Konstitutsiyasida va O’zRning hujalik protsessual kodeksida mustahkamlangan.

Huquq tizimda har bir huquq sohasining paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining obyektiv qonuniyat lari bilan belgilanadi. Masalan; hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiga utish davrida hususiy mulk huquqi, savdo huquqi, hujalik huquqi, hujalik protsessual huquqi va boshqa yangi sohalari kiradi. Protsessual hukklarga jinoiy, fuqarolik va hujalik protsessual huquqi va boshqa yayengi huquq sohalari kiradi. Protsessual huquqlarga jinoiy, fuqarolik va hujalik protsessual huquq sohalari kiradi, Moddiy va protsessual huquq sohalari bir biri bilan o’zviy bo’lhdir.

Huquq tizimida halkaro huquq alohida urinni egallaydi, u biron davlatning huquq tizimiga kirmaydi. Halkaro huquq turli ijtimoiy sistemadagi davlatlar o’rtasidagi tinch-totuv yashash tamoiylariga va ular o’rtasidagi diplomatik va boshqa turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.

Xalkaro huquqning sub’yekti faqat davlatlar bo’ladi. Bu huquqning manbai turli halkaro shartnomalar, bitimar, konvensiyalar va boshqa halkaro normalar hisoblanadi. Halkaro huquqning halkaro umumiy va hususiy sohalari mavjud. Halkaro dengiz huquqi, halkaro havo huquqi, halkaro kosmos huquqi va boshqa huquq sohalari muhim rol uynaydi.




Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish