Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi



Download 265,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/25
Sana08.06.2022
Hajmi265,76 Kb.
#643614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
515-сон 26.08.2020. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Favqulodda vaziyatlar chog‘ida jamoat tartibini va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash.
Tibbiy yordam xizmati bilan birgalikda favqulodda vaziyatlarda nobud bo‘lgan aholini hisobga
olish.
FVDT funksional quyi tizimining:
Jamoat tartibini saqlash xizmati;
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi


O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi obyektlari joylashgan mintaqalardagi radiatsiyaviy,
kimyoviy va bakteriologik vaziyatning nazorat qilinishini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining qaroriga
binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining avariya-qutqaruv xizmati kuchlari va
vositalarini, muhandislik-sapyor bo‘linmalarini, kimyoviy xizmat bo‘linmalarini, maxsus texnika va
moddiy resurslarni favqulodda vaziyatlar mintaqalariga yetkazishda harbiy-transport aviatsiyasining
qatnashishini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan favqulodda vaziyatlarning oldini
olish va ularni bartaraf etish uchun idoraviy mansub obyektlarda favqulodda vaziyatlar yuzaga
kelishi xavfi to‘g‘risida axborot almashinuvini amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
Favqulodda vaziyatlarning xususiyatini hisobga olib zarar ko‘rgan aholiga tezkor tibbiy xizmat
ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish, zarar ko‘rganlarga tezkor tibbiy
xizmat ko‘rsatish.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalariga dori vositalarining shoshilinch yetkazib berilishini
ta’minlash.
Zarar ko‘rgan va transportda tashish mumkin bo‘lmagan kasallarni hisobga olish va ularning
favqulodda vaziyatlar zonalaridan evakuatsiya qilinishiga doir ishlarni muvofiqlashtirish.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi
vositalar zaxiralarini yaratish hamda ularni zarur darajada saqlash.
Aholini favqulodda vaziyatlar chog‘ida dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishga o‘qitish va
tayyorlashning metodik asoslarini ishlab chiqish.
Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlanganlarni O‘zbekiston
Respublikasi hududiga evakuatsiya qilish tadbirlarining tibbiy ta’minotini amalga oshirish.
Tashish mumkin bo‘lmagan jabrlanganlarga chet elda tibbiy yordam berish tadbirlarini
amalga oshirishda xorijiy davlatning tegishli tibbiyot muassasalariga ko‘maklashish.
Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlarda halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning
ro‘yxatini yuritish.
Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga malakali va
ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni, shuningdek, ularning tibbiy reabilitatsiyasini
ta’minlash.
Respublika hududida favqulodda vaziyatlarda jaroxatlangan va xalok bo‘lgan chet el fuqarolari
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berish.
Obyektlarning sandrujina (postlari) soni, tarkibi va moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlanish
me’yorlarini O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqish.
O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan birgalikda sanitariya drujinalari va postlarini dastlabki
tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyorlash.
Respublika hududidagi sanitariya-epidemiyaga oid ahvolni kuzatish, nazorat qilish va
prognozlashtirish.
Sanitariya-epidemiologiya sohasida potensial xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, respublika
hududidagi yuqumli kasalliklar tabiiy o‘choqlari ustidan epidemiologik monitoring va epidemiyaga
qarshi profilaktik tadbirlar majmuini amalga oshirish.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni
o‘tkazishga oid ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalarida sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, fizik omillar,
bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tashxisi bo‘yicha
laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish
va tahlil qilishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.


Tibbiy profilaktika bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning amalga
oshirilishini ta’minlash.
FVDT boshqaruv organlari va aholini favqulodda vaziyatlar mintaqalaridagi sanitariya-
epidemiyaga oid ahvol to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimining:
Tibbiy yordam xizmati;
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatini tashkil etish va
faoliyatiga rahbarlik qilish.

Download 265,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish